159
bu formulada,
const
-ma‘lum konstanta,
- erituvchining dielektrik konstantasi,
-
Van-der-Vaals kuchlariga oid kattalik (konstanta),
- koagulyatsiyani amalga
oshiruvchi ionning zaryadi,
-
Bolsman doimiysi,
- elektron zaryadi,
-
elektrolitning koagulyatsiyalanish konsentratsiyasi.
Liofob kolloidlarning agregativ barqarorligiga oid struktur-mexanik omillar
haqidagi tasavvurlar (P.Rebinder) quyidagidan iborat: kolloid zarracha sirtida
iviqsimon struktura qavat hosil boʻlib, bu qavat yupqalanishga qattiq qarshilik
koʻrsatadi; buning natijasida kolloid zarrachalarning
Van-der-Vaals kuchlari
ta‘sir etadigan masofaga qadar oʻzaro yaqinlashishi qiyinlashadi. Demak,
struktur-mexanik jihatdan qaraganda kolloidlarning koagulyatsiyasi zarracha
sirtining liofilligiga ham bogʻliq.
Kolloid sistemaning agregativ barqaror boʻlishiga
―kengaytiruvchi bosim(p)‖
,
suyuqlik qovushqoqligining katta-kichikligi, zarracha
sirtiga yaqin turgan
chegara suyuqlik qavatining polimolekulyar xossalari katta ta‘sir koʻrsatadi.
Agregativ barqarorlik omillaridan biri zarrachaning solvatlanishidir.
Agregativ barqarorlik omili sistemaning termodinamik xossalaridan kelib
chiqadi. Bunda asosiy vazifani sistemaning entropiya omili oʻtaydi. Dispers
sistemaning ma‘lum bir sohasida entropiya omili
koagulyatsiya jarayoniga
qarshilik koʻrsatishi mumkin.
Sferik (fazoviy) omillar haqida quyidagicha mulohaza yuritish mumkin.
Barqaror kolloid sistemalar hosil boʻlishi uchun dispers faza sirtida
stabilizatorning adsorbsion qavatlari boʻlishi kerak. Bir zarrachaning
adsorbsion qavati ikkinchi zarrachaning adsorbsion
qavatini qoplashi
natijasida sistemaning erkin energiyasi ortadi; bu holda ikkala zarracha bir-
biriga qarshilik koʻrsatadi, ya‘ni ular birlashmaydi. Agar stabilizator sifatida
polimer ishlatilgan boʻlsa, oʻzaro itarilishda entropiya omili ma‘lum
ahamiyatga ega boʻladi.
Bir soʻz bilan aytganda, dispers sistemalarning barqarorligi,
bu dispers
fazaning zarrachalarini dispers muhitning hajmida bir xilda tarqalishi va ularning
orasidagi oʻzaro ta‘sir kuchlarini vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay qolishidir.
Dostları ilə paylaş: