O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r
11.2-§. Choʻkish va oqib chiqish potensiallari. Koʻpgina kolloid eritmalarni tekshirish natijasida kolloid zarrachalarining
zaryadi zolning tabiatiga bogʻliqligi aniqlangan edi. Metall oksidlari va
gidroksidlarning zollari musbat zaryadli, kumush, oltin, platina, oltingugurt,
metallsulfid va silikat kislota zollari manfiy zaryadli boʻladi.
Kolloid zarrachalar zaryadning ishorasi zolning qanday usulda olinishiga ham
bogʻliq boʻladi. Masalan,
ga KBr ta‘sir ettirib AgBr zoli olishda KBr dan
ortiqroq miqdorda qoʻshilsa, hosil boʻlgan zol manfiy zaryadli,
dan
ortiqroq miqdorda qoʻshilganda esa zol musbat zaryadli boʻladi. Kolloid
zarrachalar zaryadning ishorasi qanday boʻlishidan qat‘iy nazar, kolloid eritma
elektroneytral boʻladi; kolloid zarrachalarning zaryadi eritma ichidagi qarshi
ionlarning zaryadi bilan muvozanat holatini saqlab turadi.
Dispers sistemalarda uchraydigan elektrokinetik hodisalar jumlasiga
elektroforez va elektroosmosdan tashqari, yana quyidagi ikki hodisani ham kiritish
mumkin (68-rasm):
Ogʻirlik kuchi ta‘siri ostida kolloid eritmadagi qattiq faza choʻkkanida qattiq
faza bilan suyuqlik chegarasida elektr potensial paydo boʻladi (
Dorn effekti ).
U choʻkish potensiali deb ataladi. Bu hodisa elekroforezga qarama-qarshi
hodisa deb qaraladi, chunki, elektroforezda elektropotensial ta‘siridan qattiq
jism zarrachalari harakatlangan boʻlsa, choʻkish potensiali yuzaga chiqishida
fazalarning bir-biriga nisbatan harakati natijasida elektr potensial hosil
boʻladi;
Agar suyuqlik bosim ta‘siri ostida kapillyar naydan oqib chiqsa, suyuqlikning
chiqish joyida elektr potensial
«oqib chiqish potensiali» paydo boʻladi
(
Kvinke effekti ).