Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Mishyak sulfid zolining konduktometrik titrlanishi



Yüklə 5,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/187
tarix15.12.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#140892
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   187
O zbekistоn respublikasi оliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi r

77-rasm. Mishyak sulfid zolining konduktometrik titrlanishi: 
1-kaliy gidroksid 
bilan titrlash egrisi; 2-bariy xlorid bilan titrlash egrisi. 
Demak, KOH ishtirokidagi 1-egri chiziqning minimumga ega boʻlishini 
koʻrishimiz mumkin. Ushbu minimumning mavjud boʻlishini quyidagicha 
tushuntirish mumkin. Kaliy gidroksidning dastlabki qoʻshilgan holatida, 
mitsellaning adsorbsion qavatidagi qarshi ion 
ning 
ioniga almashinishi 
kuzatiladi. Va bu, oʻz navbatida, 
va 
ionlaridan deyarli ionlashmagan 
molekulasining hosil boʻlishiga olib keladi. Natijada, yuqori harakatchanlikka ega 


153 
boʻlgan vodorod ionlarining miqdorini kamayishi hisobiga, sistemaning elektr 
oʻtkazuvchanligi pasayib ketadi. Ammo, ishqorning keyingi safar yana 
qoʻshilganligi sababli va vodorod ionlarining toʻliq almashinishi hisobiga zolning 
elektr oʻtkazuvchanligi yana ortadi. Egri chiziqning minimumiga toʻgʻri keluvchi 
ishqorning miqdoriga qarab, zoldagi bogʻ hosil qilgan vodorod ionlarining soni 
haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Bariy xlorid eritmasi bilan titrlashdagi 2-egri chiziqning maksimumga ega 
emasligini, shuningdek, toʻgʻri chiziqli hamda egri chiziqli ikkita qismdan 
iboratligini koʻrish mumkin. Demak, 
eritmasi bilan titrlangan sistemada suv 
hosil boʻlmaydi va shu sababli elektr oʻtkazuvchanlik kamaymaydi. Bunda dastlab 
sistemadagi elektr oʻtkazuvchanlik, qoʻshilgan elektrolit miqdoriga nisbatan ham 
yuqori boʻladi va ma‘lum vaqtdan keyin egri chiziqning oʻsish jarayoni toʻgʻri 
chiziq koʻrinishida davom etadi. Bu holat sistemadagi 
ionlarining 
ionlari 
bilan toʻliq almashinishidan dalolat beradi va shuning hisobiga elektr 
oʻtkazuvchanlik oʻsishdan toʻxtab bir me‘yorga keladi. Buni egri chiziqning toʻgʻri 
chiziq koʻrinishiga kelishi bilan izohlash mumkin. 
Xulosa qilish mumkinki, bariy xloridning konsentratsiyasini oshirilishi egri 
chiziqning toʻgʻri chiziq koʻrinishida oʻsishda davom etishini ta‘minlaydi, xolos. 
Demak, yuqori adsorbsion potensialli bariy xlorid bilan titrlash natijasida 
mitsellaning adsorbsion qavatidagi 
ionlarini mitselladan toʻliq chiqarib olinish 
imkoni boʻladi. 
Agar titrlash davomida qarshi ionlarni mitselladan toʻliq chiqarish mumkin 
boʻlsa, demak diffuzion yoki adsorbsion qavatdagi qarshi ion faqat fizikaviy 
kuchlar ta‘sirida harakatlanayotgan boʻladi. Chunki ionlar kimyoviy bogʻ tabiatiga 
koʻra mitselladagi adsorbsion yoki diffuzion qavatlarda mavjud boʻlsa, ularni 
chiqarib olish juda qiyin yoki umuman mumkin boʻlmaydi. 

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin