Tayanch tushuncha va iboralar
Kristall sirt va eritma oʻrtasida qoʻsh elektr qavat hosil boʻlishi, potensial aniqlovchi
ionlar,
Gеlmgоls vа Pеrrеn nazariyalari,
Gеlmgоls vа Pеrrеn qoʻsh elеktr qаvаtining
tuzilish sxеmаsi,
Gui vа Chеpmеn nаzаriyasi,
Gui va Chepmen qoʻsh elektr qavatining
tuzilish sxemasi,
Shtern nazariyasi,
Shternning qoʻsh elektr qavatining tuzilish sxemasi,
qoʻsh elektr qavat tuzilishining hozirgi zamon nazariyalari, termodinamik potensial,
elektrokinetik potensial.
13-§. KOLLOID ZARRACHALARNING TUZILISHI HAQIDAGI
147
MITSELLYAR NAZARIYA. KOLLOID ERITMALARNING ELEKTR
OʻTKAZUVCHANLIGI.
13.1‒§. Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqidagi mitsellyar nazariya.
Mitsella yadrolarining tuzilishi.
Har qanday kоllоid sistema, shuningdek,
gidrоzol ham dispers faza va dispersiоn muhitdan tashkil tоpadi. Gidrоzollarda
dispersiоn muhit suv, dispers faza esa
mitsellalar
deb ataluvchi kоllоid
disperslikdagi qattiq zarrachalardir.
Kolloid zarracha kolloid dispers holatdagi oz eriydigan modda-agregatdan
iborat boʻlib, bunga potensial yaratuvchi ionlar yopishib yadroni hosil qiladi.
Elektrolit ionlari zolni barqaror qilib turadi, shuning uchun ham bu elektrolit
ionli
stabilizator
deb ataladi. Demak, kolloid zarracha atrofida ionlar adsorblangan
murakkab sistemadan iboratdir. Zarracha agregati yoki yadro yuzlab va minglarcha
atom, ion yoki molekulalardan iborat neytral kristall tuzilishdagi modda boʻlib, uni
ionlar qurshab turadi.
Yadro adsorblangan ionlar bilan birgalikda
granula
deb ataladi. Bu zarracha,
ya‘ni granula ma‘lum zaryadga ega boʻlgani uchun uning atrofiga qarama-qarshi
zaryadli ionlar yigʻiladi, granula har doim ma‘lum zaryadga ega boʻladi. Granula
va uning atrofidagi qarshi ionlardan iborat sistema
mitsella
deb ataladi va u
elektroneytral boʻladi. Mitsellani qurshab olgan suyuqlik
intermitsellyar suyuqlik
deyiladi.
Rossiya olimlaridan A.Dumanskiy, K.Peskov, S.Lipatov, A.Frumkin va chet
el olimlari Fayans, Kroyt va boshqalar qoʻsh elektr qavat haqidagi ta‘limot asosida
kolloid zarrachalarning mitsellyar tuzilishi nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya
faqatgina liofob (gidrofob) zollargagina taaluqli hisoblanadi.
Har qanday liofob kolloid eritma ikki qismdan iborat: mitsella va
intermitsellyar suyuqlik. Mitsellalar alohida kolloid zarrachalar boʻlib, ular zolning
dispers fazasini tashkil etadi. Intermitsellyar suyuqlik esa zolning dispers muhiti
boʻlib, u faqat erituvchigina boʻlmasdan, unda erigan va mitsella tarkibiga
kirmaydigan boshqa moddalar (elektrolitlar va noelektrolitlar) ni ham oʻz ichiga
oladi.
148
Mitsella tarkibiga kristall strukturali yoki amorf tuzilishli yuz minglab va
millionlab molekula yoki atomlardan iborat yadro, solvatlangan ionlardan iborat
qoʻsh elektr qavat va qarshi ionlardan iborat diffuziya qavatlari kiradi. Shunday
qilib, yadro qoʻsh elektr qavat bilan birga mitsella deb ataluvchi kolloid zarrachani
tashkil qiladi.
Mitsella elektr maydonida boʻlmaganida elektroneytraldir. Tashqi elektr
maydoni ta‘sirida mitsella adsorbsion va diffuziya qavatlari chegarasidan ajraladi.
Mitsellaning yadrosi adsorbsion qavat bilan birgalikda granula hisoblanib, biror
elektrod tomonga harakatlanadi. Diffuzion qavatdagi qarshi ionlar boshqa elektrod
tomonga harakat qiladi. Ayni zolning olinish reaksiyasida ishtirok etuvchi
elektrolit ionlari yoki kolloid eritmadagi har qanday boshqa elektrolit ionlari qarshi
ionlar boʻla oladi.
Kolloid zarrachaga zaryad beruvchi va kolloid sistemani barqaror qiluvchi
elektrolit ionli-stabilizator hisoblanib, bunday elektrolit qoʻsh elektr qavat hosil
qiluvchi ionlarni beradi. Yuqorida aytilgan fikrlarni sxema tarzida quyidagicha
ifodalash mumkin:
Granula, ya‘ni kolloid zarracha = yadro + adsorbsion qavat
Mitsella = granula + qarama-qarshi zaryadli ionlar
Zol = mitsella + intermitsellyar suyuqlik
yoki
Bular hammasi qoʻshilib zolni tashkil etadi.
Misol uchun AgI zolining
tuzilishini koʻramiz (75-rasm).
149
a)
{
}
b)
{
}
Dostları ilə paylaş: |