Oʻrganish va tahlil qilish usullari Shikastlanish sabablarini tahlil qilish baxtsiz hodisalarning
oldini olish choralarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Shikastlanish sabablarini oʻrganish uchun asosan statistik (guruhli va topografik) va monografik usullar qoʻllaniladi.
Statistik usul bilan shikastlanish darajasi ikki koʻrsatkich -
chastota koeffitsienti va ogʻirlik koeffitsienti orqali baholanadi.
Chastota koeffitsienti (K
ch
) miqdoriy koʻrsatkich boʻlib,
hisobot davrida 1000 ta xodimga toʻgʻri keladigan baxtsiz
hodisalar sonini tavsiflaydi:
K
ch
= n / R ‧1000
bu yerda: n - baxtsiz hodisalar soni,
R - xodimlarning oʻrtacha soni.
Ogʻirlik koeffitsienti (K
o
) hisobot davridagi bitta baxtsiz ho-
disa uchun nogironlik kunlarining oʻrtacha sonini koʻrsatadi:
K
o
= D / n
bu yerda: D - mehnatga layoqatsiz kunlar soni.
Guruhli usul. Surishtiruv materiali ma’lum xususiyatlarni
hisobga olgan holda guruhlarga boʻlinadi, masalan, kasb, ish turi
va davomiyligi, yoshi, kun va yil vaqti, harakatlanuvchi tarkib-
ning turi, zararning xususiyati va boshqalar.
Topografik usul. Baxtsiz hodisalar sodir boʻlgan joyda
ularning sabablari oʻrganiladi. Baxtsiz hodisalar soni ATK reja-
siga, alohida belgilar bilan bilan belgilanib chiqiladi. Bu ayniqsa
xavfli ish joylari va ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash im-
konini beradi.
Monografik usul. Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar
chuqur tahlil qilinadi, texnologik jarayon, bajarilgan operatsiya-
lar, ish joyi, sanitar-gigiyenik sharoitlari, jihozlar, himoya vosita-
lari, baxtsiz hodisa sodir boʻlgan holatlar batafsil oʻrganiladi.