O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

3. 2. ATPda zararli moddalar
ATPda qoʻrgʻoshin radiatorlar va benzin baklarini yamash-
da, shuningdek, akkumulyator plastinalarini ishlab chiqarish va 
ta’mirlashda ishlatiladi.
Qoʻrgʻoshin bilan zaharlanish faqat surunkali shaklda qayd 
etiladi. Akkumulyator boʻlimlarida 18 yoshgacha boʻlgan oʻs-
mirlar, shuningdek, ayollarning mehnati taqiqlanadi. REChK - 
0,01 mg/m

, 1-xavf klassi.
Tetraetil qoʻrgʻoshin (TEQ) - kuchli va eng xavfli zahar - 
sof shaklda ishlatilmaydi, ammo antidetanator boʻlgan etil 
suyuqligida qoʻllaniladi. TEQ nafas olish yoʻllari va teriga tezda 
kirib boradi. REChK - 0,0005 mg/m

, 1-xavf klassi.
Etil benzin tetraetil qoʻrgʻoshin (TEQ) kabi zaharlanishni 
keltirib chiqaradi. Etil benzin qonga soʻrilib, markaziy asab 
tizimiga ta’sir qiluvchi umumiy salomatlik buzilishiga olib kela-
di. Oʻtkir zaharlanish belgilari bir necha soat yoki sutkadan ke-
yin aniqlanadi. Surunkali zaharlanishni keltirib chiqaradi. Ogʻir 
va oʻtkir zaharlanishda xushdan ketish, reflektorli nafas olish-
ning toʻxtashi, oyoq-qoʻllarning titrashi, balgʻamli yoʻtalish ku-
zatiladi. Zaharlanishning surunkali shakli nevrasteniya, vegetativ 
nevrozlar bilan kechadi. REChK - 100 mg/m

, 1-xavf klassi.


42 
Uglerod oksidi CO rangsiz, hidsiz va ta’msiz gazdir. Ugle-
rod oksidi inson tanasiga kirib, kislorodni olib oʻtishga qodir 
boʻlmagan karboksigemoglobinni hosil qiladi, buning natijasida 
kislorod ochligi paydo boʻladi. Oʻtkir zaharlanish CO konsentra-
tsiyasi 2,5 mg/l dan yuqori boʻlgan havoni ingalatsiyalashda yoki 
CO konsentratsiyasi 1,8 mg/l dan yuqori boʻlgan muhitda 1 soat 
boʻlganda kuzatiladi. REChK - 20 mg/m

, -x4avf klassi 
Quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: markaziy asab 
tizimining buzilishi, xotira, diqqatni yoʻqolishi, funksional nev-
rozlar, falaj, retinal qon ketishlar. CO miqdori 0,65 mg/l boʻlgan 
xonada uzoq vaqt ishlaganda xotirani yoʻqotish sodir boʻladi. 
Havodagi CO ning katta konsentratsiyasi hayot uchun xavflidir.
Surunkali zaharlanish past konsentratsiyali uglerod oksidli 
joyda tez-tez va uzoq vaqt nafas olish natijasida yuzaga keladi. 
Surunkali zaharlanish belgilari bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, 
uyqusizlik, letargiya, xotira buzilishi, uyquchanlik boʻlishi 
mumkin.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin