O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


lashtiruvchi (sezgirlashtiruvchi), kanserogen



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

lashtiruvchi (sezgirlashtiruvchi), kanserogen, mutagen, rep-
roduktiv funksiyaga ta’sir qiluvchi.


38 
Koʻpgina xavfli moddalar umumiy toksik ta’sirga ega. 
Bularga aromatik uglevodorodlar va ularning amido-nitro 
hosilalari (benzol, toluol, ksilen, nitrobenzol, anilin va boshqa-
lar) kiradi. Simoborganik birikmalar, tetraetil qoʻrgʻoshin, fos-
fororganik moddalar, xlorli uglevodorodlar (toʻrt xlorid uglerod, 
bixleretan va boshqalar) juda zaharli hisoblanadi.
Kislotalar, ishqorlar, shuningdek, xlor, ftor, oltingugurt va 
azot oʻz ichiga olgan birikmalar (fosgen, ammiak, oltingugurt va 
azot oksidi, vodorod sulfidi va boshqalar) yalligʻlantiruvchi ta’-
sirga ega. Kontaktda ular yalligʻlanish reaksiyasini keltirib chi-
qaradi va nafas olish organlari, teri va koʻzning shilliq pardalari 
birinchi navbatda ta’sirlanadi.
Sensibilizatsiya qiluvchi moddalarga inson tanasiga nisba-
tan qisqa ta’sir koʻrsatgandan soʻng, uning ushbu moddaga oʻta 
sezgir boʻlishiga olib keladigan moddalar kiradi. Keyinchalik, 
hatto qisqa muddatli ushbu modda bilan aloqa qilish bilan, odam 
oʻtkir reaksiyalarni boshdan kechiradi, bu koʻpincha terining 
oʻzgarishiga, astmatik hodisalarga va qon kasalliklariga olib 
keladi. Bunday moddalar simob, platina, aldegidlarning (formal-
degid) ba'zi birikmalaridir.
Kanserogen moddalar Inson tanasiga kirgandan keyin xatarli 
oʻsmalarning rivojlanishiga sabab boʻladi. Bularga polisiklik 
aromatik uglevodorodlar, 7,12-dimetil benzoatratsen, 3,4-benzo-
piren, 1,2-benzatratsen, aromatik aminlar, asbest changlari kiradi.
Mutagen faollikdagi zaharlar organizmning pusht va soma-
tik hujayralarining genetik apparatiga ta’sir qiladi. Etilenamin, 
uretan, organik peroksidlar, xantal gazi, etilen oksidi, formalde-
gid, gidroksilamin va boshqalar mutagen faollikka ega.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin