27
ga sabab boʻlgan sabablarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbir-
larning amalga oshirilishini nazorat qilish: korxonaning yuqori
xoʻjalik organi, kasaba uyushma qoʻmitasi yoki ishchilar organi,
kasaba uyushmalarining davlat texnik mehnat inspektori tomo-
nidan amalga oshiriladi.
Jabrlanuvchi yoki uni koʻrgan guvoh har bir ishlab
chiqarish baxtsiz hodisasi toʻgʻrisida darhol boʻlim (sex)
boshligʻiga xabar berishi kerak. Shundan soʻng:
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻr-
satish va uni tibbiyot boʻlimiga yoki boshqa tibbiy muassasaga
yetkazishni tashkil etish;
surishtiruv komissiyasi ishi boshlanishidan oldin, ish muhi-
tini va asbob-uskunalarning holatini baxtsiz hodisa sodir boʻlgan
paytdagidek saqlab qolishi (agar bu atrofdagi ishchilarning hayo-
ti va sogʻligʻiga tahdid solmasa va shikastlanishga olib kelmasa);
baxtsiz hodisa sodir boʻlgan korxona (sex) rahbari voqea
toʻgʻrisida ish beruvchini va kasaba uyushma qoʻmitasini yoki
korxona xodimlarining boshqa vakillik organiniga darhol xabar
qilishi shart.
Ish beruvchining buyrugʻiga binoan kasaba uyushma qoʻ-
mitasi yoki ishchilarning boshqa vakillaridan iborat
komissiya
Dostları ilə paylaş: