O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Ish joyidagi instruktaj 3 turli boʻladi.
Dastlabri instruktaj. Toʻgʻridan-toʻgʻri ish joyida ishchi-
larni qabul qilishdan oldin yoki ish turi oʻzgarganda oʻtkaziladi. 
Uni usta (sex boshligʻi) yoki malakali ishchi oʻtkazadi. Amaliyot 
oʻtashga yuborish ustaxona boshligʻining yozma buyrugʻi bilan 
rasmiylashtiriladi, unda oʻqish muddati va mashgʻulotlarni doi-
miy ravishda nazorat qilish majburiyatini olgan mas'ul shaxs (us-
ta) koʻrsatiladi. Dastlabki instruktaj ish joyidagi jurnalda hujjat-
lashtiriladi:
Davriy instruktaj. Kasbi va malakasidan qat’iy nazar 
hamma ishchilar har 6 oyda oʻtadilar.
Davriy instruktajning maqsadi ma’lum bir davrdan keyin 
asosiy va boshqa tez-tez bajariladigan ishlarni xavfsiz bajarish 
boʻyicha xodimning bilimlarini yangilash va toʻldirishdir.
Davriy instruktaj individual yoki guruhga (bir hil kasb va 
muayyan ish turlari uchun) korxona amaliyotidan kelib chiqqan 
holda, aniq misollarni tahlil qilgan holda oʻtkazilishi mumkin.


20 
Biror bir sababga koʻra (ta’til, kasallik, xizmat safari va h. 
k. ) belgilangan vaqtda instruktaj olmagan ishchilar ishga borgan 
kunida koʻrsatma oladilar.
Davriy instruktaj ham ish joyidagi instruktaj jurnalida ras-
miylashtiriladi.
Navbatdan tashqari instruktaj. Ishlarni xavfsiz olib 
borish boʻyicha ishchilarga navbatdan tashqari instruktaj 
quyuidagi holatlarda oʻtkazilishi kerak: 
- ishlab chiqarish jarayonini oʻzgartirilganda, bir turdagi 
uskuna boshqasiga almashtirilganda va hokazo, buning natijasida 
mehnat sharoitlari oʻzgaradi; 
- sexda, uchastkada, brigadada baxtsiz hodisa sodir boʻlgan-
da; 
- agar mehnatni xavfsiz olib borish boʻyicha yangi qoidalar 
va koʻrsatmalarning kiritilishi bilan bogʻliq qoʻshimcha talab-
larni ishchilar e’tiboriga yetkazish zarur boʻlganda; 
- ishlab chiqarish qoidalari va koʻrsatmalari buzilganda.
Ishchilarga navbatdan tashqari instruktaj bevosita rahbarlar 
(ustalar) tomonidan dastlabki va davriy instruktajlar bilan bir xil 
tarzda amalga oshirilishi kerak. Navbatdan tashqari instruktaj 
jurnalda qayd etilib rasmiylashtiriladi, lekin sababi koʻrsatilgan 
holda hujjatlashtiriladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin