O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


Mehnatni muhofaza qilish holatini monitoring qilish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
Mehnatni muhofaza qilish holatini monitoring qilish 
 
Mehnatni muhofaza qilishni davlat boshqaruvi Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsi-
yasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muho-
faza qilish, shuningdek, ilmiy asoslangan standartlar, qoidalarni 
ishlab chiqish va qabul qilish yoʻli bilan mehnatni muhofaza 
qilishni ta’minlash uchun zarur boʻlgan talablar darajalarini 
belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan 


14 
holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi 
shikastlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olish boʻyicha 
respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning 
bajarilishini nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushma tashkilotlari 
bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha 
tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyalashtiradilar. 
Korxona ma’muriyati yoki u vakolat bergan boshqaruv organi 
korxonaning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha standartlar, 
qoidalar va normalar talablariga, shuningdek, jamoa shartnoma-
sida nazarda tutilgan majburiyatlarga muvofiqligini ta’minlaydi. 
Korxona xodimlari respublikaning tegishli qonun hujjatlari va 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarida, jamoa shartnomalarida belgilan-
gan mehnatni muhofaza qilish standartlari qoidalari talablariga 
rioya qilishlari shart. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonun 
hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga keng rioya etilishi 
ustidan davlat nazorati va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ushbu organlar 
toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq ish yurituvchi maxsus vakolatli 
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 
bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabat-
lari vazirligi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha 
asosiy boshqaruv organi etib belgilangan. Respublika Bandlik va 
mehnat munosabatlari vazirligining oʻz vakolatlari doirasidagi 
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha qabul qilgan qa-
rorlari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar vazirliklar, idoralar, 
korporatsiyalar, birlashmalar, mahalliy davlat hokimiyati organ-
lari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi 
majburiydir.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin