28
etish choralarini koʻradi, surishtiruv tugaganidan keyin uch kun
ichida N-1 shakldagi aktlarni tasdiqlaydi
va jabrlanuvchi yoki
uning manfaatlarini ifodalovchi shaxs, mehnatni muhofaza qilish
xizmati rahbari (muhandis, mutaxassis), davlat texnik mehnat
inspektoriga yuboradi.
N-1 shakl dalolatnomasi
bilan qayd etilgan baxtsiz
hodisalar korxona tomonidan hisobga olinadi va jurnalda qayd
etiladi.
Mehnatni
muhofaza
qilish
xizmati
(muhandis,
mutaxassis) rahbariga yuborilgan tergov materiallari bilan N-1
shaklidagi hisobot 45 yil davomida korxonada saqlanadi.
Maxsus surishtiruv:
- ikki yoki undan ortiq xodimlar bilan bir vaqtda sodir boʻl-
gan guruhli baxtsiz hodisalar:
- halokatli baxtsiz hodisalar:
- jiddiy baxtsiz hodisalar sodir boʻlganda oʻtkaziladi.
Ish beruvchi bir guruh ishchilarnioʻlimga
olib kelgan va
jiddiy baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida darhol quyidagi organlarga
xabar berishi shart:
• davlat texnik mehnat inspektoriga:
• yuqori
turuvchi organga;
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat (Toshkent shahar)
mehnat boshqarmasiga:
• baxtsiz hodisa sodir boʻlgan hudud prokuraturasiga;
• agar xodim komandirovraga kelgan boʻlsa
yuborgan
tashkilotga (alohida punkt);
• Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabat-
lari vazirligiga.
Viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri)
buyrugʻi asosida guruhli oʻlimga olib kelgan va ogʻir baxtsiz ho-
disalar
maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi.