113
sexlarida aniqlangan nosozliklar bartaraf etiladi. Gaz ballonli
transport vositalarining notoʻgʻri gaz uskunalari bilan ishlashiga
va gaz sizib chiqishiga, shuningdek, nosoz uskunalari boʻlgan
binolarga avtotransport vositalarining kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Gaz ballonli avtomobilni texnik xizmat koʻrsatish uchun
qoʻyganda ventilni yopish, ta’minot tizimidagi barcha gazni
chiqarish va keyin oʻt jldirgichni oʻchirish kerak. Avtomobilni
gaz ballonlarning ochiq klapanlari bilan uzoq vaqt davomida
qoldirish taqiqlanadi. Gaz ballonli transport vositalarini kapital
ta’mirlash uchun topshirishda birinchi navbatda barcha gazni
toʻliq chiqarish, ballonlarni yechib olish va saqlash uchun
topshiriladi.
Uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish (kundalik bundan
mustasno), rejali ta’mirlash va diagnostika bilan bogʻliq barcha
turdagi ishlar alohida maxsus jihozlangan xonada bajarilishi
kerak. Gazli transport vositalari umumiy liniyalar boʻylab faqat
benzinda harakatlanishi kerak. Gazsimon yoqilgʻida ishlash
taqiqlanadi. Gaz ballonli transport vositasida yongʻin sodir
boʻlganda dvigatel ishlayotgan vaqtda asosiy va ventil klapan-
larni yopish, tirsakli val aylanishlar sonini oshirish va tizimida
ventildan karbyuratorgacha qolgan gazni tez ishlatib yuborish,
yongʻinni karbonat angidrid va kukunli oʻt oʻchirgichlar, qum
yoki suv oqimi bilan oʻchirish, gaz silindriga koʻp miqdorda suv
sepish kerak boʻladi.
Dostları ilə paylaş: