11. 3. Avtomobillar, agregatlar va dvigatellarni yuvish
Avtomobillarni, agregatlarni, ehtiyot qismlarni yuvishda
quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
- yuvish maxsus ajratilgan joylarda amalga oshirilishi
kerak;
123
- mexanizatsiyalashgan avtomobil yuvish uchun ishinig ish
joyi suv oʻtkazmaydigan kabinada joylashishi zarur;
- ochiq shlangni (qoʻlda) yuvish posti elektr bilan ta’min-
langan qurilmalardan ajratilgan joyda boʻlishi kerak;
- yuvish joyida (postida) elektr simlari, yorugʻlik manbalari
va elektrodvigatellar germetiklangan boʻlishi kerak;
- yuvish moslamalari past kuchlanishli elektrda ishlashi
kerak (42 V dan yuqori boʻlmagan).
220 V kuchlanishli yuvish moslamalarini ishlatish quyidagi
holatlarda ruxsat beriladi:
- mexanik va elektr blokirovkalash moslamalari joylashgan
shkaf eshiklarini ochilganda, ularni toʻxnashi:
- ishga tushirish moslamalari va simlarni gidroizolyatsiya
qilish;
- korpuslar, kabinalar va jihozlarni yerga ulash.
Avtomobil qismlarini yuvishda quyidagi shartlarga rioya
qilish kerak:
- etilli benzinda ishlaydigan dvigatellarning qismlarini faqat
kerosin yoki boshqa neytrallashtiruvchi suyuqliklarda tetraetil-
qoʻrgʻoshin qoldiqlari
zararsizlantirgandan keyin yuvish
mumkin;
- ishqorli eritmalarning konsentratsiyasi 2-5 foizdan osh-
masligi kerak;
- ishqorli eritma bilan yuvilgandan soʻng, issiq suv bilan
yuvish majburiydir;
- ogʻirligi 15 kg dan ortiq boʻlgan agregatlar va qismlar
yuvish stantsiyasiga mexanik ravishda yetkazib berilishi va
yuvilishi kerak.
Avtomobilni tozalash va ehtiyot qismlarni yuvish uchun
benzin ishlatish taqiqlanadi.
|