O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (Da`vat bosqichi)



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə56/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   194
1709 (3)

1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (Da`vat bosqichi)
(5 minut)

1.1. Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mashg’ulot muammoli ma`ruza shaklida borishini ma`lum qiladi



Tinglashadi, yozib borishadi.



2-bosqich.
Asosiy (Anglash bosqichi)
(50 minut)

2.1. Talabalar e`tiboriga muammoli masalani taqdim etadi.
2.2. Talabalarni muammoli masalani echishga da`vat etadi.
2.3. Muammoli masalani hal etish orqali birinchi o’quv birligini bayon etadi.
2.4. Talabalarga muammoli savol bilan murojaat etadi.
2.5. Muammoli savolni hal etilishi asosida ikkinchi o’quv birligi mazmunini ochib beradi.
2.6. Talabalarga muammoli vaziyat taqdim etadi.
2.7. Muammoli vaziyatni hal etilishi asosida uchinchi o’quv birligini bayon etadi.
2.8. Mavzu yuzasidan yakuniy xulosalarni taqdim etadi.

Muammoli masala, savol va vaziyatni hal etish orqali o’z tasavurlarini aniqlashtiradi va boshqalarniki bilan taqqoslaydi. O’z tasavvurlarini boyitadi.
Tinglaydilar, munozaralarda ishtirok etadilar.

3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)
(25 minut)

3.1. Mavzu boyicha yakuniy xulosalarni shakllantiradi.
3.2. Talabalarning mashg’ulot yuzasidan fikr va mulohazalirini bilish maqsadida “Besh minutlik esse” yozishlarini tashkil qiladi.
3.2. “Besh minutlik esse”larni o’qitish orqali talabalarning umumiy tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3 «T-jadval» grafik-organayzeri savollarini talabalarga tarqatadi.
3.4. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
3.5. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

“Besh minutlik esse” yozishadi. O’z fikrlarini boyitadi va to’ldiradi.

«T-jadval» grafik-organayzeri savollariga javob yozadi


Topshiriqni yozib olishadi.



1-ilova


Ishlab chiqarish ta`limining buyum (predmet) sistemasi.Bu sistema yarim kustar ishlab chiqarish sharoitida vujudga kelgan va tamom ila qo’l kuchi va qoloq texnologiyaga asoslangan edi.
Buyum sistemasi paydo bo’lgan dastlabki davrda, ya`ni hunarmandlar texnologiyaining mazmuni etarli darajada ob`ektiv texnik analizdan o’tkazilmagan davrda mazkur sistema stixiyali tarzda qo’llanilar edi, ya`ni ta`lim tahlid qilish (hunar o’rganish) xarakterida bo’lar edi.
Bu sistemaga muvoffiq shogird buyumlarini muayyan izchillikda texnologiya jarayonlarini murakkablashib borishi tartibida tayyorlash kerak edi. (oddiy operatsiyalash murakkab operatsiyaga).
Bu sistemaning ijobiy tomoni shundan iborat ediki shogird buyumni tayyorlash jarayonini boshidan oxirigacha turli hajmida egallab olishi kerak edi. U o’z texnologiyaini pirovord maqsad ana shu tayyorlangan buyum deb bilardi va unda texnologiyaga qiziqish uyg’otardi.
Buyum sistemasining kamchiligi shundan iborat ediki, hunar o’rganayotgan shogird usullarini va operatsiyalarini o’rganib olish uchun ancha uzoq vaqt talab qilinardi, bu esa o’sib borayotgan ishlab chiqarishga zid bo’lib tushar edi. Shunday qilib hunarmandchilik ishlab chiqarishning muayyan bosqichlari buyum sistemasi unversal ishchi (hunarmand) bilan xarakterlanadigan ishlab chiqarish talab va maqsadlariga javob berar edi.

2-ilova

Ishlab chiqarish ta`limining operatsiya sistemasi.
Bizga ma`lumki hunarmadchilik texnologiya o’rnini egallagan manfaa ishlab chiqarish texnologiya qurollarining tex rivojlanishi va takomillashtirilishi bilan xarakterlanadi.
Bu davrda kelib ishlab chiqarish jarayonining bir qancha alohida elementlari (operatsiyalarga) inson texnologiyaini esa alohida usullariga bo’lib, yuborib, va uning natijasida texnologiya unumdorligi keskin o’sdi. Bu sistema ta`limning mazmuni shundan iborat shogird har qanday buyum tayyorlash jarayonida qo’l keladigan qator tinii, eng muhim operatsiyalarni o’zlashtirishning o’z ichiga oladi. Bu sistemani injener D.K.Sovetkin raxbarligida Bauman nomli Moskva oliy texnika bilim yurti xodimlari ishlab chiqqan.
Afzalligi: operatsiya sistemasi tufayli ishlab chiqarish texnologiyasini to’g’ri tushunishi uchun shart-sharoit yaratadi, ta`limni yangi izchil (oddiy opepatsiyalardan –murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, bu esa texnologiya ko’nikmalarini va moslamalari bo’lishiga,asosiy operatsiyalarni o’zlashtirib olishga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. (ma`lum vaqt ichida ko’proq buyum ishlab chiqarishga erishiladi).Bu sistemaning kamchiligi shundan iboratki o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladigan kam sonli operatsiyalar tayyorlanadigan buyumning ajralgan holda bajariladi.

3-ilova

Ishlab chiqarish ta`limining operatsion kompleks sistemasi.
Bu sistema 30 yillarda kam mexonizatsiyalashtirilgan sotsealistik ishlab chiqarish sharoitida yaratildi. Uning avvalgi sistemasidan farqi shundaki, u yoshlarni kasblar hajmida texnologiyaga tayyorlash printsipi asosida ko’rilagan..Bunda ta`lim ikki bosqich: dastlabki 3-5 texnologik operatsiyani boshqarishni mashq qilishi yo’li _ilan dastlabki ko’nikma va malakalarni hosil qiladi, ilgari o’rganiladigan operatsiyalarni biror texnologiya ob`ekti (ko’pincha foydali texnologiya mahsuloti) ishlash _ilan, birlashtirishdan iborat bo’lar edi.

4-ilova



Ishlab chiqarish ta`limining buyum operatsiya sistemasi.
O’tgan asrning 90 yillarida professional ta`limning taniqli namoyondasi S.A.Vladimirskiy rus ishlab chiqarish ta`limi sismtemasini (Sovetkin) takomillashtirib undagi qator nuqsonlarni bartaraf qiladi.
Bunda buyumlar shunday yo’sinda tanlab olinadiki, birinchisini yasashda eng engil (3-5) operatsiya o’zlashtiriladi, navbatdagilarni tayyorlashda anchagina murakkab ko’p operatsiyalar o’rganiladi..Ko’nikma va malakalarni hosil qilishda maxsus mashqlarga e`tibor bermaslik bu sistemaning samaradorligini birmuncha pasaytiradi.
Mashg’ulotning birinchi darslaridanoq o’z ichiga bir necha operatsiyalar olgan buyumlar tayyorlash o’quvchilarda bu operatsiyalarning mazmuni haqida to’g’ri tasavvur bo’lmasligiga olib kelar edi. Shuning uchun ham bu sistema keng tarqalmadi.

5-ilova

Ishlab chiqarish ta`limining metodik-sistemasi.
Ishchilar tayyorlashning bu sistemasini Amerikalik injener Teyner yaratgan.
Mashina industriyalarning gurkirab o’sishi, kapitalistlarning ishchilar texnologiyaini intensivlash hisobiga maksimal foydaga intilishi texnologiya jarayonlarining haddan tashqari bo’linib ketishiga olib keladi.
Ishchi endi bir qator alohida yoki bitta operatsiyani bajarish o’rniga mashinani boshqarishi va unga xazmat ko’rsatishdan iborat cheklangan miqdorda spetsifik jismoniy texnologiya usullarini bajarish kerak bo’lib qoladi.Bunday xarakterdagi texnologiya usullarini va uni tashkil etuvchi ish xarakatlarini faqat mahsus mashq jarayonidagina o’zlashtirish mumkin..Shuning uchun motorli-mashq sistemasi deb yuritiladi. Bu sistema ko’pgina nuqsonlarga qaramay yosh ishchilarni texnologiyaga o’rgatishni muayyan qiymatga ega, hamda ishlab chiqarish texnologiyai, texnologiya unumdorligi va ish harakatlariga bo’linishiga, ishchini esa mashinaning qo’shimcha (kuliga) aylantirishga olib keladi.

6-ilova

M.M.I. ishlab chiqarish sistemasi.
Fan- yutuqlarini professional tayyorgarlikka xizmat qildirish uchun MMI ishlab chiqarish ta`limi sistemasi ishlab chiqildi va o’quvchilarni amaliy tayyorlashni 4 davri belgilandi.
Maxsus trenirovka an`analaridan foydalanib amalga oshiriladigan texnologiya harakatlarini va texnologiya usullaridagi trenirovka mashqlari.
Texnologiya operatsiyalarini bajarishdagi trenirovka mashqlari.
Buyumni tayyorlashda ilgari o’zlashtirilgan texnologiya operatsiyalarini uyg’unligini o’rganish.
O’quvchi buyumni tayyorlashga ketadigan mustaqil davri.
Barcha ta`lim davrining 4 bosqichiga bo’linishi texnologiya jarayonlarini elementlarga sunniy ravishda bo’linishiga olib keladi.
Bundan tashqari MMI qo’llagan texnologiya usullarining maxsus apparaturalaridan mexanik ravishda trenirovka qilinishi qo’pol, nozik bo’lmagan malakalarning shakillanishaga olib keladi.Bu sistemaning asosiy kamchiliklaridan _il bittasi shundan iboratki mexnat jarayonlarini ongli ijodiy tarzda o’zlashtirish bo’lmay, mexanik trenirovka birinchi o’rinda qoyiladi. Shunga qaramay MMI sistemalarini ko’pgina va qiymatili progressiv jixatlar keyingi sistemalarda ishlab chiqarish ta`limini operatsion kompleks sistemasida foydalaniladi.

Besh minutlik esse”.
Yozma topshiriqning ushbu turida talabalardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: mazkur mavzu boyicha ular nimalarni o’rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so’raladi.

Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin