Mavzu: Xalq hunarmandchiligi texnologtyasi bo’limini o’qitishni tashkil etish.
Reja:
1.Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o’rgatish.
2.Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan asbob uskunalar
Maqsad: Talabalarda xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar va xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan asbob uskunalar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
Natija: Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar xaqida va
xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan asbob uskunalari xaqida bilimga ega bo’ladilar
Teskor savol:
1.Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar.
2.Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan asbob -uskunalar.
1-ilova.
1. Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o’rgatish metodikasi
Metodologik va tarixiy asoslar. O’zbek xalќining ko’p asrlik tarixidan ma`lumki, xalќ Amaliy bezak san`ati va hunarmandchilik boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy ќismini tashkil etadi. O’zbek diyorida vujudga kelib, gullab-yashnagan amaliy san`at bemisol va betakrorligi bilan dunyoga mashhur bo’lib kelmoќda. Bunday kamolot va taraќќiyot bosќichlari ћaќida fikr yuritadigan bo’lsak, o’zbek amaliy san`ati turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya`ni ibtidoiy jamiyatga borib tarќalishni guvoћi bo’lamiz.
Xalќ amaliy san`ati kishilarning ma`naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruћiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun o’zbek xalќi amaliy san`ati kishilarni badiiy axloќiy, umuminsoniy ruћda tarbiyalaydi.
O’zbek xalќ san`ati ќadimiyligi, ћamda boy madaniyati bilan butun dunyoga mashur. Uning er yuzasi va tuproќ osti ќismi ulkan bir tarixiy muzey. Samarќand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farѓona va boshќa shaћarlardagi ћar bir tarixiy obida, ћar bir xalќ amaliy san`ati namunasi bobokalonlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas, teran mazmunli va tarixan bebaћo san`at asarlari jaћon madaniyatining durdonalaridan bo’lgan badiiy va ma`naviy merosini tashkil etadi.
Asrlar davomida orttirilgan va madaniy boyligimiz, xususan, sho’ro tuzumi davrida o’zbek milliy xalќ amaliy bezak san`atining eng ko’p rivojlangan turlaridan ganchkorlik, naќќoshlik, yoѓoch oymakorlik, toshtaroshlik, suyak oymakorligi, kandakorlik, pichoќchilik, zargarlik, kashtachilik , zardo’zlik, gilamchilik kabi turlarning o’ziga xos tomonlari, bajarish texnologiyasi, ћaќiќiy asl nomlari, o’ziga xos maktablari, uslublari yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin yo’ќolib ketish xavfi ostida ќoldi. Bugungi kunda mustaќil mamlakatimizda xalќimizning asrlar boyi yaratgan meћnati natijasida yaratgan amaliy bezak san`atini ko’z ќorachiѓidek saќlash, ќadrlash, ulardan amaliy foydalanish, yoshlarga o’rgatish orќali ularning estetik didini o’stirish ћamda yuksak madaniyatli kishilar ќilib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Abu Rayћon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Nosir Xisrav, Alisher Navoiy, Kamoliddin Beћzod, Bobur kabi jaћon mashћur olim, shoir va musavvirlar xalќimizni go’zallikka intilishga chaќirgan.
Bobomiz Amir Temur «ћunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar yordamiga tayanib matematika, geometriya, me`morchilik, astronomiya, adabiyot, tilshunoslik, tarix, musiќa, tasviriy san`at va ћattotlik kabi rivojlantirishdagi katta aћamiyat berdi». Shaћarlarni ћar tomonlama chiroyli va uluѓvor ќilishga intildi. Jumladan, tosh ћamda ѓisht yo’llar, keng katta ravon ko’chalar ќurgan.
Bir-biridan maxobatli binolar soldirgan. Samarќandning Registon maydoniga Uluѓbek, Sherdor va Tilla Ќori madrasalari, Shoxi Zinda va Go’ri Amir ansambl maќbaralari, Bibixonim masjidi, Buxoroda Ismoil Samoniy maќbarasi, Toshkentdagi Ko’kaldosh madrasasi, Shaћrisabzdagi Oќ Saroy va boshќalar bugungi kunda dunyoga mashћurdir.
Amir Temur va Temuriylar davrida xalќ san`ati ћunarmandchiligi ќolaversa madaniyati yuksak darajada rivoj topdi. Temurning amri bilan turli mamlakatlardan ustalar, me`morchilar olib kelinib ajoyib takrorlanmas binolar ќurish va boѓu-roѓlar barpo etildi.
|
Dostları ilə paylaş: |