Sanitariya-gigiena talablari. Texnologiya ta`limi metodikasi” o’quv texnologiyai gigienasi bilan ham bog’liq bo’lib, u o’quv ustaxonalarida o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda o’qitish hamda tarbiyalashning sanitariya-gigiena sharoitlarini o’rganadi. Har bir gigiena sharoiti yaratish (yorug’lik, ozodalik, ventilyatsiya), o’quvchilarning ish o’rnini to’g’ri tashkil etishga, zarur asboblardan, texnologiya usullaridan foydalana bilishga o’rgatish – kasb ta`limi o’qituvchisi amalga oshirishi va hayotga tatbiq etishi lozim bo’lgan asosiy masalalardir.
Ustaxonalar uchun mo’ljallangan bino o’quv-pedagogika, sanitariya-gigiena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirishi kerak.
O’quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari O’quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko’ra, 70-90 m2 ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo’ladi. Ular ta`lim muassasasida ortiqcha shovqin bo’lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan bir oz nariroqda quriladi.
O’quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga ega bo’ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun`iy shamollatiladigan bo’lishi me`yorda tabiiy va sun`iy yoritilgan ish o’rni bo’lishi, havo temperaturasi qishda 14-160S, yoz davrida esa 200S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug’likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug’lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O’quv ustaxona devorlari silliq bo’lib, yorqin boyoqlar bilan shipi oq boyoqlar bilan boyalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta`minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e`tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan boyoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob`ektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o’rtasida yaqqol farq bo’lishini ta`minlaydi.
5 – ilova
“Besh minutlik esse”. Yozma topshiriqning ushbu turida talabalardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: mazkur mavzu boyicha ular nimalarni o’rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so’raladi.