O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


asrda Osiyodan kalamushlarni migrasiyasi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə59/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

asrda Osiyodan kalamushlarni migrasiyasi Yevropada vabo tarqalishiga va
Yevropa aholisining 2-3 qirilishiga olib kelgan.
Boshqa tomondan, hozirgi zamon “migrasiyasi”ga texnika yutuqlari ta’sir etdi.
Avval boshdagi oddiy g’ildirakli harakatlanish vositalari (arova, telegalar, faetonlar,
kolyaskalar) o’rnini keyinchalik yelkanli va eshkakli kemalar, avtomobillar,
poyezdlar, dirjabllar, samolyotlar egalladi. Ular odamdan tashqari, boshqa
organizmlarni ham tashuvchi vositalarga aylandilar. Shunday qilib, tabiiy
to’siqlardan oshib o’tildi. Bu o’z navbatida shunga olib keldiki, har bir mamlakat
tasodifan bostirib kelgan begona organizmlarning sanitariya (biologik) tajovuzini
boshdan kechirayapti. Shak-shubhasiz, turistlarga ergashib kelayotgan hamma
o’simlik va hayvonlarning hammasi ham tushgan joyda mustahkam o’rnashib
qolmaydi. Hammasi ham mahalliy iqtisodiyotga va odamlarga zararli emas.
Rossiyalik ekspert-biolog Yelena Volkova “xavfli zararkunanda samolyotda sizning
chemodoningizda o’tib kelishi va ekologiyaga ulkan zarar yetkazishi mumkin” deb
hisoblaydi.
Ammo, biroq bu jarayon yorqin dinamik aks va o’tkir xarakter kasb etadi.
Dunyoning turli regionlarida ekologik sistema yangi tabiiy agressorlar hisobiga
bosim his eta boshladi. Deyarlik yuz yillik inson faol harakati davomida biologik
turlarni tabiiy taqsimlanishida buzilish ro’y berdi, qaysikim, ilgari bir-biriga hyech
qachon teginmagan va ajralgan bo’lgan. Aytaylik, inson butun dunyo bo’ylab, 
qishloq va o’rmon xo’jaligi uchun o’simlik tashib, tarqatadi, bog’larni bezaydi, 
bu esa 10-30 emas, o’n minglab turlardir.
7.2. Sayohat chog’ida biologik xavf-xatar sharhi
Samolyot bortida, turistlarning chemodonlarida, avtomobil g’ildiraklarida yoki
poyezd salonida ilashib kelinadigan begona o’tlar, ayniqsa katta zarar yetkazadi. Ular
dalalarni bosib ketadi, hosildorlikni pasaytiradi, tuproqdagi ozuqa moddalarni so’rib
oladi, namni yo’qotadi. Ekinni qisib qo’yadi, zararli hashoratlar uyasiga aylanadi.
Bundan tashqari, zararkunandalarni ommaviy ko’payishiga, tarqalishiga sharoit
123



yaratadi. Hosilni yig’ishtirib olishni qiyinlashtiradi. Yovvoyi o’tlarda ko’paygan


zararli hashoratlar keyin madaniy o’simliklarga o’tadi.
Suv begona o’tlari odatdagi muhitdan yangi yashash joyga o’tganda, tabiiy
dushmanlarini bo’lmasligi mumkin. Lekin ular ekologik va suv rejimini buzib tez
sur’atda tarqaladi. Misol uchun, Kanada yovuz o’ti, suv chumasi 1836 yilda 
Yevropaga kema tubida suzib kelgan, besh yildan keyin esa Angilyaning butun daryo
va kanallarini qoplab olgan, kemachilikka halaqit bera boshlagan. Rossiyaga yovuz
o’t akvariumlarda ko’paytirish uchun olib kelingandi, endi esa bu begona o’t
mamlakatning barcha suv havzalarini qoplab olgan.
Madaniy ekinlarda parazit yashovchi begona o’tlar bor. Ko’proq tarqalgani
zarpechak (povilki): uning na tomiri, na yaprog’i bor, o’simlik tanasiga chirmashib,
uni o’rab olib, shirasini so’raveradi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, ayrim
begona o’tlar inson va hayvonlar uchun xatarli, ya’ni zaharlashi mumkin. Ekspertlar
biladi, agar bug’doyga kampirchopon, eshakmiya, qorakuya va boshqa shunga
o’xshash zaharli o’tlar urug’lari aralashib qolsa, un qorayib ketadi, tez buziladi, ta’mi
achchiq bo’lib, odam zaharlanishi mumkin. Omixta yemga zaharli o’tlar urug’lari
aralashib qolsa, hayvonlar zaharlanadi. Shuning uchun, bagajlarda zaharli o’tlar
urug’lari ilashib kelmasligi uchun xushyor bo’lish kerak. Aks holda ular nafaqat
inson salomatligiga, balki butun mamlakat dehqonchiligiga xavf tug’dirishlari
mumkin. “Biz tahlikali dunyoda yashayapmiz, kasallikni navbatdagi paydo bo’lishi
vaqti va joyi hamma vaqt noma’lum bo’lmasada, biz uning oldini olishga hyech
bo’lmaganda kamayishi, tarqalmasligiga erishishimiz ehtimol, deb yozadi
Ye.Volkova. – Gap misli ko’rilmagan darajada soni ortib boradigan biror-bir
organizm haqida borayapti. Ekologik portlash kuchli shovqin ko’tarmaydi, asta-
sekin sezdirmasdan kechadi. Ular sust rivojlanib, sust o’chishi mumkin. Lekin oqibati
juda sezilarli bo’ladi, ba’zan ulkan maydonga halokatli ta’sir qiladi”.
Xuddi shunday portlashga 150 yil avval Amerikadan Grelandiyaga tarqalgan
fitoftorlar misol bo’la oladi. Qaysikim, kartoshka hosilini nobud qildi, aholi o’rtasida
ocharchilik keltirib chiqardi, iqtisodiyotning agrar sektoriga zarar yetkazdi.
124



Qo’shimcha qilish kerak, oziq-ovqat zahiralariga, o’rmon va qishloq


xo’jaligiga zarar yetkazuvchi xavfli organizmlarning ulkan miqdori mavjud. Misol
uchun, O’rtayer dengizi meva pashshasi apelsin, mandarin, limon, olma va yana 70
dan ko’proq o’simliklarga ziyon keltiradi. Ba’zan hosil yo’qotilishi 100 % tashkil
qiladi. Kapro qo’ng’izi bug’doy, roj, arpa, so’li, javdar, sholi va boshqa
o’simliklarning doniga zarar yetkazadi, un, yorma, ovshoq va boshqa mahsulotlarni
kukunga aylantiradiki, ularni zaharligi tufaylim mollarga yem qilib berish ham
mumkin emas.
Mevaxo’r hashoratlar hujumidan tashqari, o’simliklarni turli xil xavfli
kasalliklar ham zararlaydi. Zamburug’lar soya, kartoshka poyasi rakini keltirib
chiqaradi, dub vilti, bug’doy boshog’i kuyasi, askoxitoz xrizantemni paydo qiladi.
Bakteriya, viruslari va nematodlar ham mudrab turishmaydi. Makkajo’xori 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin