O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


-mavzu. Turizmda biologik xavfsizlik masalalari va



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə58/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

7-mavzu. Turizmda biologik xavfsizlik masalalari va 
sanitariya nazorati
Reja:
7.1. Biotibbiyot xavfsizligi umumiy jihatlari
7.2. Sayohat chog’ida biologik xavf-xatar sharhi
7.3. Davlat sanitariya xavfsizlik siyosati
7.4. Turistlar va turfirmalar uchun bioxavfsizlik qoidlari
7.1. Biotibbiyot xavfsizligi umumiy jihatlari
Hozirgi davrda xalqaro va ichki turizm mamlakatga nafaqat ijobiy
imkoniyatlar, masalan, moliyaviy va valyuta tushumlari, aholini band qilish va ishlab
chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish, investisiya kiritish va yuqori
texnologiyalarni qo’llanishga olib kelayapti, balki salbiy ta’sir ham ko’rsatayapti.
Gap ijtimoiy-madaniy yoki siyosiy ta’sir haqida bormayapti, balki nazoratsizlik
oqibatida sayohat industriyasining biologik sistemaning buzilishiga sabab bo’ladigan
oqibatlari haqida borayapti. Tahdid:
- sanitariya-biologik va
121



- tibbiy xususiyat tug’diradi.


Sanitariya-biologik tahdid deganda, tabiat qishloq xo’jaligi muhitiga begona
biologik agressorlarni olib kirilishi, ularga qarshi mazkur joyda immunitet yo’qligi va
ishlab chiqarilmasligi tushuniladi.
Bu nozik ekologik sistemani (hatto turhun) ko’proq vayron qiluvchi dahshatli
manba hisoblanadi. Unga qarshi hozircha biror chora yo’q. Tibbiy tahdid deganda
virusli epidemiya tarqalishi, lekin unga qarshi ko’p hollarda hali insoniyat profilaktik
va davolash choralarini ishlab chiqmagan hollar tushuniladi.
Transport vositalari va kommunikasiya taraqqiyoti tufayli insonni qisqa vaqt
ichida olis masofalarga sayohat qilish imkoniyati paydo bo’ldi. Buning uchun ozgina
kuch sarflanadi, xolos. Bir vaqtning o’zida inson o’zi istamagan holda yuqumli
kasalliklar, spora va viruslarni taraqatuvchiga aylandi. Ya’ni, ilgari yashash joyi
cheklangan floralar va faunalarga endi tarqalish imkoni tug’ildi. Shuni aytish kerakki,
tirik organizmlar o’zining million yillik taraqqiyoti mobaynida yashash va o’z
ko’rinishini saqlab qolish qobiliyatiga muvaffaq bo’ldi. Bu genetik darajada
saqlangan (tabiiyki o’zgaruvchanlik va tanlash asosida).
Hayvonlar, o’simliklar, qo’ziqorinlar, bakteriyalar, viruslar biologlarning
ta’kidlashicha, tabiatda ma’lum mavqyeini, ma’lum evolyusion oraliq davrni
egallaydi. Ayni paytda tabiiy to’siqlar, qaysikim geografik (joy relyefi, suv
kengliklari, tog’lar va boshqalar), iqlimiy (harorat, namlik, bosim), biologik (odatdagi
ovqat yo’qligi, tabiiy dushmanlar mavjudligi) kiradi. Shunday sharoit yaratadiki, bu
organizmlar o’z muhitni mustaqil ravishda tashlab ketisha olmaydi. Yangi
territoriyalarni egallab, qisqa muddatda moslashib keta olsalarda, bunday imkon
yo’q.
Biologlar bilishadi, organizmlarning o’zi o’z turi uchun iloji boricha katta
kengliklarni egallashga intilishadi va turli usullardan foydalanadi. Masalan, o’simlik,
shamol, suv, hashoratlar, hayvonlar, qushlar evaziga ko’chirishi mumkin. Biroq bu
barcha “transport” baland tog’ cho’qqilari, okeanlar, dengizlar to’siqlarini oshib
o’tishga qodir emas. Lekin tarixdan ma’lumki, tirik organizmlar ulkan masofalarni
bosib o’tib, boshqa territoriya ekologiyasi o’zgarishiga sabab bo’lgan. Aytaylik, XV 
122






Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin