O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə57/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

necha qoidalarini taklif qilish lozim.
Birinchidan, chet elga jo’nab ketishdan oldin kishi oila a’zolari, yaqin
odamlari bilan kod so’z haqida kelishib olishi zarur, qaysikim, u biror kulfatga
duchor bo’lsa, aytishi kerak. Gap shundaki, trafekirlar ko’pincha o’z qurbonlariga
hammasi yaxshi ekanligini xabar qilib, uydagilariga xat yozish yoki telefon qilishga
imkon berishadi, lekin yozuvni yoki so’zlashuvni nazorat qilib turadilar, tasodifan
aytilgan “bu yerda issiq”, “qora non istayman” va boshqa so’zlar odamni boshiga
kulfat tushganini, erkinlikda emasligini, qarindoshlari huquq-tartibot organlariga
murojaat qilishlari zarurligini bildirishi mumkin. Shundan keyin tegishli organlar
hukumatlararo tuzilgan jinoyatchilikka qarshi kurash haqidagi bitim doirasida yoki
Interpol orqali ishga kirishadilar.
119





Ikkinchidan, qarindoshlardan aniq bo’lgan joyni yashirmaslik kerak, bu
kulfatda qolgan kishini aniqlash imkonini beradi. Shunday bo’lgan, ayol Rossiyaga
ketyapman deb aytgan, o’zi esa Turkiya yoki Birlashgan Arab Amirliklariga jo’nab
ketgan. Bundan tashqari, qalbaki hujjatlar bilan mamlakatga kirishga rozilik
bermaslik kerak. Misol uchun, trafikerlar qurboni bo’lgan ayol, o’zbekistonlik
elchixona va “O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasidan vatanga qaytish uchun
yordam olgan – unga qaytishga sertifikat va avia bilet berishgan. Biroq BAA chegara
xizmati ayol ilgari mamlakatga yolg’on hujjatlar bilan kelganini aniqlagan. Bu jiddiy
huquq buzarlik hisoblanadi. Oqibatda u qamoqqa olinadi va sudga beriladi.
Uchinchidan, mamlakatga kelgan kishi puli, pasport nusxasi, qaytishga biletni
aeroport, temiryo’l yoki avtostansiya saqlash kamerasida qoldirishi kerak va bu haqda
kutib oluvchilarga lom-mim demasligi zarur. Chunki bu hujjatlar lozim paytida unga
o’z maqomini legallashtirishga va mamlakatdan chiqib ketishiga imkon beradi.
To’rtinchidan, o’z pasportini hyech qanday shart bilan duch kelgan odamga
bermaslik kerak. Agar o’sha odam pasport registrasiya, anketa to’ldirish va boshqa
byurokratik yumushlar uchun zarurligini aytsa, ularni o’zim vositachisiz hal etaman
deb javob berish lozim. Agar u odam xiralik qilaversa, uning bilan gaplashishdan voz
kechish yoki yaqin atrofdagilardan yordam so’rash zarur.
Beshinchidan, ishlab topilgan pullarni uyga bank transfertlari orqali jo’natish
lozim. Ularni mahalliy bankda saqlamaslik kerak. Chunki, trafikerlar kuch bilan,
qo’rqitish bilan hiyla ishlatib odamni uning hisobidan pulni olishga majbur qilishlari
mumkin. Boshqa hollarda bu vosita bilan ular pulni olisholmaydi.
Oltinchidan, agar odam trafikerlar qurboni bo’lsa, tahdidlardan qo’rqmaydi,
ularni qonundan tashqari nolegallar ekanligini bilib, mahalliy hokimiyatga yordam
so’rab murojaat qiladi. Bunday paytda ayniqsa, esdan chiqarmaslik kerak, o’sha
mamlakatdagi O’zbekiston vakolatxonasiga darhol murojaat qilish zarur.
Mazkur choralar odamlar trafiklar to’riga ilinib qolganda nima qilishlari
kerakligiga mo’ljallangan.
Tur firmalar safarni nazorat qilishlari va fuqarolar o’z vataniga sog’-salomat
qaytishlari uchun qayg’urishlari kerak.
120





Kalit so’zlar: tranzit, transfer, reys, immigrasiya, viza, date of expiry,
aviakompaniya, turpaket, vizaning sovet konsepsiyasi, trafik, biznes-komandirovka,
xususiy viza, kod so’zlari.
Nazorat savollari:
1. Huquqiy rejim nima7
2. Turist begona mamlakatda bo’lganida qanday huquqlarni pesh qilishi
mumkin?
3. Tranzit va transfer nima?

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin