Uzoq yillar davomida chet el fuqarolarini sobiq SSSR territoriyasi bo’ylab
harakatlanishi yechimi mushkul muammo bo’lib keldi. Bu murakkablik, xususan,
g’arb va sovet vizalari konsepsiyalari farqidan kelib chiqardi. G’arb vizasi
konsepsiyasi xalqaro amaliyotda mamlakatga taщrif buyurgan turistni uning
territoriyasi bo’ylab bemalol erkin harakatlanishiga imkon beradi (yopiq
rayonlar
bundan mustasno). Sovet vizasi konsepsiyasi esa uzoq yillar cheklanganicha qoldi:
xorijiy turist amalda SSSRga emas, Moskvaga viza olardi. Boshqa respublikalarga
bormoqchi bo’lsa, masalan, O’zbekistonga, qo’shimcha ruxsat kerak bo’lardi.
1988 yil martidan boshlab, sobiq SSSRda ma’lum ijobiy tendensiyalar sezila
boshladi. Birinchidan, Ittifoq turritoriyasida chet ellik fuqarolarni bo’lishining yangi
qoidalarida ular safar oldidan xabardor qilib qo’yish sharti bilan erkin
harakatlanishiga huquq berildi (ruxsat olishga emas). Ikkinchidan, yopiq zonalarni
qisqartirish sari qadamlar qo’yildi, 1991 yilda ular butun SSSR territoriyasining 6
%ini tashkil qildi.
O’zbekistonda
g’arb vizasi konsepsiyasi amal qilayapti. Xorijiy fuqarolar
O’zbekistonga faqat kirishga ruxsat – o’zbek kirish vizasi bo’lgan taqdirdagina
haqiqiy pasport yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat bo’yicha
tashrif buyurishlari
mumkin. Albatta, tegishli mamlakat bilan O’zbekiston o’rtasida, boshqa kirish-
chiqish tartibi belgilangan bo’lsa, uning yo’rig’i boshqa. Bunday vizalar
O’zbekistonning chet eldagi diplomatik mahkamasi tomonidan beriladi yoki tashqi
ishlar vazirligining qo’shimcha ruxsati bo’lsa, turist uni O’zbekistonga kelgan
punktida olishi mumkin (aeroport, temiryo’l vokzali).
Shubhasiz, davlat quyidagi sabablarga ko’ra, chet ellikni O’zbekistonga
kirishini rad etishi mumkin:
- davlat xavfsizligi manfaatlarini ta’minlash yoki jamoat tartibini saqlash
uchun;
- agar u O’zbekiston fuqarolari v boshqa shaxslarning qonuniy huquqlari va
manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo’lsa;
116
- agar O’zbekistonga avvalgi kelganida ular tomonidan qonun buzarlik
holatlari sodir etilgan bo’lsa, xususan valyuta, bojxona va boshqa huquqiy-me’yoriy
hujjatlarga doir qonun buzarlik;
- agar u kirish chog’ida tavsiyanoma berilganida o’zi haqida yolg’on ma’lumot
bergan yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo’lsa.
Bir qator hollarda, ikkitomonlama xalqaro bitimlarga ko’ra, O’zbekistonga
vizasiz kirish ko’zda tutiladi. Xalqaro amaliyotga keladigan bo’lsak, vizasiz
almashinish juda ko’p mamlakatlar o’rtasida keng tarqalgan: misol uchun, Daniya –
89 mamlakat bilan, Italiya – 65, Finlyandiya – 75
mamlakat bilan vizasiz
almashinishga ega.
O’zbekiston nolegal migrasiyani yoqlamaydi, shuning uchun ham unga yo’l
qo’ymaslikni barcha choralarini ko’rayapti. Shu munosabat bilan chegarada ham,
mamlakat ichkarisida ham milliy va chet ellik fuqarolarni harakatlanishi jiddiy
nazorat ostiga olingan. Bu muammolarning barchasi odamlar xavfsizligi bilan
bog’langan.
Xususan, O’zbekistoning immigrasiya rejimini buzganlik uchun huquqiy
javobgarlik mavjud. Bu haqda O’zRJKning 223-moddasida – “Chetga
noqonuniy
chiqish yoki O’zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirish”da belgilanadi:
“O’zbekiston Respublikasida belgilangan tartibni buzib, chetga chiqish yoki
mamlakatga kirish – minimal ish haqining 50 barovaridan 100 boravarigacha jarima
yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi”.
Bundan tashqari, 224-modda “O’zbekiston Respublikasida bo’lish tartibini
buzish”da yozib qo’yilgan: “Xorijiy fuqaro yoki fuqarosiz
shaxslar tomonidan
O’zbekiston Respublikasida bo’lish tartibining buzilishi, ya’ni yashashga huquq
hujjatisiz yoki haqiqiy emas hujjatlar bilan yashayotgan, belgilangan ro’yxatdan
o’tish tartibiga rioya qilmagan, propiskasi, harakatlanish yoki yashash joyi tanlash,
bo’lish muddati o’tgandan keyin chiqib ketishdan bosh tortgan, O’zbekiston
Respublikasi territoriyasi orqali tranzit o’tishga rioya qilmaganlikka teng buzishlarni
ma’muriy chora qo’llanilgan, tavba-ta’zarrudan so’ng ham davom ettirganda – 1
yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
117
Bundan ko’rinib turibdiki, immigrasiya rejimi boshqa mamlakatlarda singari
O’zbekistonda ham qat’iy hisoblanadi va davlatning
ichki milliy barqarorligiga
tahdid solinishiga yo’l qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: