zarar eng kamtorona hisoblar bo’yicha yiliga kamida 10 mlrd dollarga yetarkan.
Lekin u yoki bu mamlakatlarda ekologik sistemani vayron bo’lishidan qancha tabiiy
iqtisodiy zarar ko’rilayotganini hali hyech kim hisoblab chiqqani yo’q. Bu muhitni
tiklashga ketadigan vaqt va mablag’ning ham hisobi yo’q.
Ba’zan davlatlar sanitariya epidemiyasining oldini olish maqsadida hayvonlar
kasalligi (mollar qutirishi, oqsil) bosh ko’targan mamlakatlardan turistlarning
kelishini taqiqlab qo’yadilar. Chunki inson kasallanganlarga qo’l tekizmagan
bo’lsada, uning kiyimlari va buyumlarida xavfli mikroorganizmlar bo’lishi mumkin.
Ayrim fikrlarga
ko’ra, vizani rad etish yoki mamlakatga kirishga ruxsat berilmagan
10-15 % hollarda sabab davlat organlarining biologik agressiyadan xavfsirashlari
ekan.
Shubhasiz, har bir turmarshrutni rejalashtirishda turist chegarani kesib o’tishda
bilib, bilmasdan biologik tahdid olib o’tishi mumkinligi
hollarini hisobga olishni
nazardan qochirmaslik kerak. Shuning uchun turoperator ro’yxat tuzishi kerak:
- tashib o’tilishi ta’qiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, o’simlik va hayvon
materiallari, organizmlar;
- bagajni sanitariya ishlash bo’yicha tadbirlar;
- turist kirishi maqsadga muvofiq emas joyni aniqlash (epidemiya).
Poxod oldidan tur yetakchisi uchun sanitariya tahdidi
ehtimolini aniqlab, jadval
tuzishi mumkin (7.1-jadvalga qarang). Keyin qaytishda mamlakatda ehtimoli bo’lgan
biologik xavfning oldini olish choralarini ko’radi. Bu tahdidlar bilan sayohatga
chiqmoqchi bo’lgan har bir kishi tanishishi shart.
7.1-jadval
Turizmda sanitariya tahdidini aniqlash
Dostları ilə paylaş: