•
Tashuvchilar tomonidan reyslarning ulanishi ta’minlanmaganida.
•
Xizmat ko’rsatish klassi yoki havo kemasi tipi almashishida.
•
Yo’lovchi yoki oila a’zosi o’limida.
Boshqa sabablar oqibatida qaytarib berish, ixtiyoriy hisoblanadi va ushbu bilet
yozib berilgan tarif qoidalari bo’yicha amalga oshiriladi. Bu holda to’liq qaytimga
faqat birinchi, biznes, to’liq yillik va tejamkor klassning ekskursiya tariflari bo’yicha
umid qilish mumkin. Nazardan qochirmaslik kerak, ko’pchilik imtiyozli tariflar
bo’yicha ixtiyoriy qaytim umuman amalga oshirilmaydi. Shuning uchun biletni
qaytarib berish qoidalari haqida turist keyingisini sotib olishgacha qiziqib ko’rishi
kerak.
Ayni paytda bilish kerak, tashishni sotar ekan aviakompaniya agenti ma’lum
komission mukofot oladi. Qaysikim, qaytarish chog’ida yo’lovchiga qaytib berishi
zarur. Shuning uchun ham aviabiletni faqat yozib bergan Agentlikgina qaytarib olishi
mumkin. Ko’pchilik imtiyozli tariflar uchun aviabiletni qaytarishga vaqt cheklovlari
mavjud. Albatta, bular haqida yaxshisi biletni sotib olguncha batafsil bilib olish
kerak. Ko’proq tarqalgan shartlar: uchishgacha kamida 7 kun, uchishgacha kamida 24
soat. Odatda, uchishdan keyin (reysga kelmagan hollarda) imtiyozli tarif bo’yicha
bilet qaytib olinmaydi.
Normal tariflar uchun (birinchi, biznes va to’liq yillik ekonomklassga) odatda
uchish kunidan boshlab, bir yil ichida qaytarishni amalga oshirish mumkin.
O’rinli bir savol tug’iladi: aviabiletni sotib olinayotganda viza kerakmi? Shak-
shubhasiz, aviabilet sotib olayotganda turist ma’lum muddatga borayotgan
mamlakatiga kirish uchun albatta vizaga ega bo’lishi kerak. Ayni paytda vizasiz ham
aviabilet sotib olish mumkin, faqat “ u yoqqa va qaytishga”, lekin bu holda
sayohatchi ariza yozishi kerak va pasport nazoratidan o’tolmasa, o’zgaruvchan tarif
sanksiyasi bo’yicha jarima undirilishiga e’tirozi yo’qligini bildirishi zarur.
Agar u qo’nishsiz, to’g’ri marshrut bo’yicha sayohatga otlanayotgan bo’lsa,
faqat borayotgan mamlakati vizasi kerak. Agar turistik marshrutga uchinchi
mamlakatga qo’nib o’tish kiritilgan bo’lsa, 48 soatdan oshmagan reyslar tutashuv
oralig’ida unga uchinchi mamlakat vizasi kerak emas. Ammo bu holda uni
tranzit
200
zonani tark etishga haqi yo’q. Borilayotgan yo’lda 24 soat va undan ko’proq to’xtash
mavjud bo’lsa, uchinchi mamalakatdagi viza olish zarur.
1 yil va undan ko’proq muddatga o’qish uchun safar rejalashtirilayotgan bo’lsa,
turist 1 yilga ochilgan viza va o’quv muassasi taklifi originali bilan 1 yildan ziyod
muddatga o’qish uchun “bir tomonga” aviabilet sotib olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: