O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

B2G bozorining xos xususiyatlari 
 
Bularga quyidagilar kiradi : 

Haridlar qilish uchun qarorni qabul qilish murakkab va 
bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan jarayoni ; 

Tenderli sotib olish tizimi; 

Moliyaviy sharoitlarning o‘ziga xosligi va murakkabligi, 
shuningdek, xarid qilish mexanizmlari ; 


146 

Davlat idoralari va ularga xizmat ko‘rsatadigan kom-
paniyalar o‘rtasidagi munosabatlarning izchilligi ; 

Katta ko‘lamligi; 

Barcha o‘zaro ta’sir jarayonlarida ma’muriy resursni jalb 
qilish ; 

Haridorni motivatsiya omillari birinchi darajali; 

Ma’sul shaxslarning yashirin individual motivlari (martaba 
o‘sishi, pul mukofotlari, boshqaruvni tan olish va boshqalar) jid-
diy ta’sir ko‘rsatadi ; 

Qaror qabul qilishning asosiy omillariga asoslangan yet-
kazib beruvchilar takliflari o‘rtasida raqobat ham mavjud. 

B2G bozori quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 

Davlat ehtiyojlari uchun sotib olish jarayoni qonuniy tart-
ibga solinadi. 
Talab va taklif o‘rtasidagi munosabatni tashkil qilishning 
asosiy usuli – bu tizimli xaridlari, uning mohiyati tanlangan 
sotuvchidan yechimlarning to‘liq to‘plamini sotib olishdir. 
Bozor subyektlari
B2G bozoridagi korxonalarni tasniflash ularning bozorda 
bajaradigan funksiyalariga asoslanadi: 
Davlat buyurtmachilari

Asosiy vositalarni yangilash zarurati bo‘lgan 
ishlab chiqarish 
va ilmiy-texnik muassasalar 
. Bunday tashkilotlar davlat dasturlari 
tomonidan moliyalashtiriladi. 
Xususiy korxonalar – buyurtmachilar


Ishlab chiqarish 
vositalarini yangilash zarurati bo‘l-
gan 
xususiy va sanoat ishlab chiqarishlari va ilmiy-texnikaviy 
korxonalar 
. Ular yirik korxonalarga (kuchli ishlab chiqarish in-
fratuzilmasi), o‘rta va kichik (ishlab chiqarish ko‘lami ancha 
kichik) ga bo‘linadi. 

Bosh pudratchilar
. Ishlab chiqarish texnologiyasiga ixti-
soslashgan yirik 
kompaniyalar. Bunday 
pudratchilar 
keng 
ko‘lamli texnik muammolarni kompleks hal qilish uchun za-
rurdir. Ular malakali mutaxassislar, yuqori malakali xodimlar va 
umumiy dizayn yechimlarini ishlab chiqish bilan ajralib tu-


147 
radi. Ayniqsa, murakkab muammolarni hal qilish uchun ular 
subpudratchilar va yetkazib beruvchilarning yordamiga murojaat 
qilishlari mumkin . 

Vositachilar
. Logistika sohasiga ixtisoslashgan xorijiy 
korxonalar va filiallar (asosan chet eldan texnik mahsulotlar yet-
kazib berish bo‘yicha). Ular mahsulotlarning tor doirasi bilan 
shug‘ullanadigan va keng assortimentga ega keng ixtisoslashgan 
vositachilarga bo‘lingan . 

Mahalliy ishlab chiqarish korxonalari 
. Bunday kom-
paniyalar odatda turli xil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 
yuqori ixtisoslashgan xizmatlar (masalan, dizayn, yuqori tex-
nologiyali 
mahsulotlarga texnik 
xizmat 
ko‘rsatish ) 
bilan 
shug‘ullanishadi. 

Xorijiy ishlab chiqarish korxonalari
. Oldingi holatda 
bo‘lgani kabi, ushbu kompaniyalar sanoat uskunalarini ishlab 
chiqaradilar, subpudratchilar va yetkazib beruvchilar sifatida 
ishtirok etishlari mumkin, ammo bozorda ko‘pincha vositachilar - 
distribyutorlar orqali ishlaydi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin