O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
 
 
4 4 6 6 6
 
Kapital mablag’lar ajratadigan 
korxonalar, investorlar 
moliyaviy holati 
Bino va inshootlarni 
kapital ta’mirlash 
uchun investitsiya 
ajratuvchi 
korxonalarning 
moliyaviy ahvoli 
Qurilishda pudrat 
ishlari bozori. 
Qurilish korxonalari 
o’rtasidagi raqobat 
Qurilish materiallari 
yetkazib beruvchi 
korxonalar. 
Qurilish 
materiallari, 
konstruktsiyalari, 
buyumlari chiqarish 


177 
7 8 
 
 
 
 
 
 
12.3 - rasm. Qurilishda o’tkazish mumkin bo’lgan ishlab
chiqarish diversifikatsiyasi 
Diversifikatsiya maqsadlaridan kelib chiqqan holda uning mumkin bo’lgan 
natijalari haqida bashorat qilish, foyda va sarf-xarajatlarning nisbatlarini oldindan 
hisoblash, korxona faollari va ishchilari sonini oldindan aniqlash mumkin.
Mezon (kriteria) ko’rsatkichlari tizimidan foydalanish qurilish korxonasi 
mutaxassislariga ishlab chiqarish diversifikatsiyasi tufayli erishish mumkin bo’lgan 
natijalarni oldindan baholash imkonini beradi. 
O’tkaziladigan ishlab chiqarish diversifikatsiya variantini tanlash uchun 
qurilish korxonalarining marketing yondashuvdan foydalanishi ancha maqsadga 
muvofiqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har qanday korxona o’zining bir yoki 
bir-nechta tovarlariga bo’lgan talab-ehtiyojning pasayishiga to’qnash keladi. 
Bunday vaziyatda konyukturaning pasayish sabablarini tahlil qilish va yangi 
maqsadli bozorlarni izlab topish yo’li bilan sotiqni yana o’z o’rniga qo’yish yoki 
tovar xarakteristikasini o’zgartirish orqali ko’zlangan maqsadga erishish 
mumkinligini aniqlash zarur bo’ladi.
Qurilish 
korxonalari 
ishlab chiqarish 
diversifika-
tsiyasi: 
a) bog’langan 
turdagi; 
b)
bog’lanmagan 
turdagi 
Loyiha-qidiruv 
hamda injiniring 
ishlari va xizmatlari 
Qurilish texnikasi, 
ofis va ishlab 
chiqarish joylari va 
ombor-xonalarni 
arendaga berish 
Milliy 
iqtisodiyotning
boshqa sohalaridagi 
ishlab chiqarish 
turlari 
Uy-joy-kommunal 
xo’jaligi xizmati 
sohasi 
Avtotransport 
xizmati: yuklarni 
tashish, 
avtotransportni 
таъмирлаш ва 
техник хизмат 
кўрсатиш 


178 
Marketingning vazifasi – bu tovarni takomillashgan yondashuv asosida 
taklif qilish evaziga talab-ehtiyojning pasayishini to’xtatishdan iboratdir.
Axborot olishning hamma ijobiy tomonlariga ega bo’lgan marketing 
qidiruvlari axborot olish manbalari ichida eng qimmati deb hisoblanadi. 
Ko’plab qurilish korxonalarini moliyaviy mablag’lar yetishmaydigan 
sharoitlar faqat eng muhim axborotlarni olish zururiyatigina ularni bunday axborot 
manbayiga murojat qilishga majbur etadi.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini o’tkazishning yuzaga kelishi va uning 
bozor imkoniyatlarini baholash ko’plab variantlarning vujudga kelishiga olib 
keladi, bu variantlar ichidan qurilish korxonasi imkoniyatlari ko’proq darajada mos 
keladigan faqat bitta variantni tanlash zarur bo’ladi.
Diversifikatsiya variantini nazariy tanlash (asoslash) quyidagi tartibda olib 
boriladi.
Qurilish korxonasi ishlab chiqarish va qurilish buyumlarni ishlab chiqarishni 
“X” buyumlarni ma’lum deb hisoblaydi. “X” buyumlarni ishlar va xizmatlar 
namenklaturasiga kiritish uning maqsadlariga va mavjud bo’lgan resurslariga 
muvofiq keladi, ya’ni korxonaning ishlab chiqarish bazasi, tarkibi shchi
-
xodimlarning saviyalari “X” buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini 
bersa, mavjud bo’lgan moliyaviy mablag’lar va xo’jalik aloqalari ishlab 
chiqarishni zarur bo’lgan resurslpar bilan ta’minlash va yangi mahsulot sotilishini 
tashkillashtirib beradi. Diversifikatsiyaning bunday variantini yangi bozorning 
ahamiyati va o’ziga xos jihatlarini o’zlashtirish nuqtai nazaridan o’rganish taqoza 
etiladi. Diversifikatsiyaning ushbu variantini amalga oshirish imkoniyatlarini 
quyidagi tartibda olib boriladi: 
-
 
talab-ehtiyoj o’rganiladi va bashorat qilinadi; 
-
 
yangi bozor o’zlashtiriladi (bozorni segmentlash amalga oshiriladi); 
-
 
maqsadli segmentlar o’rnatiladi; 
-
 
bozorda chiqarilayotgan buyum turi joylashuvi (pozitsiyasi). 
Ishlab chiqarilgan “X” buyumlarni bozorga olib chiqishni ko’zda tutgan 
qurilish korxonasi tomonidan bozorning hozirgi va kelgusi ko’lamini aniq 


179 
bahlanishi taqoza etiladi. Bozorning hozirgi holatini baholash uchun korxona 
bozorda o’zinikiga o’xshash buyumlarning mavjudligini aniqlamog’i va ulardan 
har birining sotilish hajmini baholashi zarur bo’ladi. 
Qurilish korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan “X” yangi buyumning 
bozorda sotilishi o’suvchan bo’lishliligi taxminiy xarakter kasb etadi. SHuning 
uchun marketing bo’limi mutaxassislar oldida yangi yuozor perspektivasini 
aniqlash masalasi ko’ndalang turadi. 
Salohiyatli xaridorlarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini qoniqtirish uchun 
korxonaning samarador xizmat ko’rsata olish holatini aniqlashda marketing 
xizmatini bozorni segmentlashtirish protsedurasi yordam beradi. Bozorni 
segmentlashtirish ma’lum parametrlarga tayangan holda uni (bozorni) 
iste’molchilarning aniq guruhlariga ajratish orqali amalga oshiriladi, bunda ulardan 
har biri uchun alohida ishlar, tovarlar yoki xizmatlar va mos ravishda marketing 
komplekslari talab etilishi mumkin. 
Korxona bozorni segmentlashtirishda mumkin bo’lgan turli parametrlardan 
foydalanishi mumkin. Bozorni segmentlashtirish uchun asosiy parametr sifatida 
iste’molchilar manfaatini, iste’mol qilinish jadalligini, iste’molchilar maqolini 
yoqlaydigan daromadlar mavqeini (darajasini) olish mumkin. 
Segmentlashtirish korxona o’z mahsuloti bilan chiqish ko’zda tutilgan 
bozordagi turli segmentlarning imkoniyatlarini ochib beradi. So’ngra korxonaga 
qancha segmentlarni egallash va ular ichidan eng ma’qullarini aniqlash zarur 
bo’ladi. 
Korxona bozorni egallashning uchta usulidan foydalanishi mumkin: 
nodifferentsial marketing, differentsiallashgan marketing, kontsentratsiyalashgan 
marketing. Birinchi vaziyatda qurilish kooxonalari segmentlarning farqlanishini 
inobatga olmaydi va butun bozorga birdaniga bir xil takliflar bilan murojaat qiladi. 
Ikkinchi vaziyatda korxona bir nechta segmentlarga chiqishni ko’zda tutadi va 
ularning har biri uchun alohida takliflar ishlab chiqadi. Uchinchi vaziyatda esa 
katta bozorda katta bo’lmagan hissaga kontsentratsiyalanishni kuchaytirish o’rniga 
firma takliflarni bitta yoki bir nechta sub’nkovlarning katta hissasiga 


180 
kontsentratsiyalashtiradi. Oxirgi variant chegaralangan resurslarga ega bo’lgan 
korxonalar uchun kancha qo’l keladi. Bir vaqtning o’zida kontsentratsiyalashgan 
marketing yuqori darajadagi taxmin (xavf-xatarga yuz tutish) bilan bog’langandir, 
chunki tanlangan segment raqobatchilarning ko’payib ketishi tufayli ko’zlangan 
umidlarni oqlamasligi mumkin. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin