66
chuqurlashuvini aks ettiradi, shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi foydani yanada oshirish maqsadida raqobatning o’sishiga olib keladi.
Ixtisoslashtirishning o’sishi tashkilotlar va korxonalarning ishlab chiqarish
aloqalari nafaqat kooperatsiyalashtirish shaklida kengaytirishni, balki moddiy-
texnik ta’minot shaklida ham kengaytirishni oldinga suradi. Kooperatsiyalashtirish
ma’lum maqsadga mo’ljallangan mahsulotlar bo’yicha
korxonalar va tashkilotlar
orasidagi ishlab chiqarish aloqalarini qamrab oladi. Ta’minot bo’yicha aloqadorlik
(ta’minlash bo’yicha aloqalar) kooperatsiyalashtirish aloqalaridan farqli o’laroq
hamma ishlab chiqarish aloqalarini ya’ni barcha materiallar, konstruktsiyalar,
jihozlar, yoqilg’i, energiya va umuman iste’molchi foydalanadigan barcha
narsalarni yetkazib berishni qamrab oladi. Kooperatsiyalash – bu ishlab chiqarish
bo’yicha korxonalar aloqalarining ancha murakkab bo’lgan shakli bo’lib, uni
shakllantirish uchun birinchi navbatda ta’minot aloqalaridan ham muhimroq
bo’lgan yuqori darajadagi rejalashtirish va tashkil etish ancha zarur bo’ladi.
Qurilishda kooperatsiyalash deganda xo’jalik jihatdan mustaqil bo’lgan,
investitsion jarayonlarda ishtirok etadigan tashkilotlar va korxonalar o’rtasidagi
tashkiliy jihatdan mustahkam bo’lgan ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi.
Amaliyotda bunday aloqadorlik yoki bog’liklik
tashkilotlar va korxonalar
tomonidan qurilish ob’ektlarini bevosita qurish bo’yicha bajariladigan ishlarni
birgalikda bajarish, shuningdek, jihozlar, materiallarni birgalikda yetkazib berish
va birgalikda xizmatlar ko’rsatishni amalga oshirish bilan o’zining ifodasini topadi.
Qurilishda kooperatsiyaning zarur bo’lishi korxonalar yoki ob’ektlarni
tiklash uchun turli ishlab chiqarish jarayonlarining ko’p sonliligi, qurilishda ishlab
chiqarishning texnologik va tashkiliy jihatdan murakkabligi
va umuman butun
investitsion jarayon bilan izohlanadi. Shuning uchun ob’ektlarni qurishda ko’p
sonli tashkilotlar va korxonalar ishtirok etadi. Ko’p tashkilotlar – ob’ektlarni
tiklashda ishtirok etuvchilarning bir vaqtning o’zida qurilish maydonida ish
bajarishi hamda ularning texnologik va tashkiliy jihatdan puxta kelishuv asosida
ish yuritishnini talab etadi. Shu sababli qurilishda ishlab chiqarishni
kooperatsiyalash buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi hamda boshqa
67
tashkilotlar o’rtasida ishlab chiqarish-xo’jalik hamkorligini
yaratish asosida olib
boriladi.
Qurilishda tashkil etuvchanlik roli bosh pudratchiga tegishli bo’lib, qurilish
ishlab chiqarishida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarning ishlarini
koordinatsiyalash bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladi. Bosh pudratchi
subpudratchi tashkilotlarning xo’jalik faoliyatiga aralashmasdan turib, yillik va
operativ rejalar, ishlarni ishlab chiqish grafigi, boshqarishning avtomatik sistemasi
asosida tegishli qurilish va montaj ishlarining bajarilish muddatini va kerma-
ketligini tartiblashtiradi.
Ishlarning kelishuvga muvofiq va o’z muddatida
bajarilishiga shuningdek,
qurilish ishtirokchilari va jihozlar hamda materiallarni yetkazib beruvchi
tashkilotlar o’rtasida shartlashilgan tartib – intizomni kuchaytirish, hamda o’z
vaqtida va sifatli bajarilgan ishlarni iqtisodiy jihatdan rag’batlantirish yuli bilan
ham erishiladi.
Qurilishda kooperatsiyaning darajasi qurilish jarayonining uzluksizligi va
ritmikligi hamda qurilish - montaj ishlarini bajaruvchi tashkilotlarning mavjud
bo’lgan ishlab chiqarish quvvatidan to’liq
foydalanishi, ularning moddiy
-
texnika
bazasi va mehnat resurslari bilan baholanadi.
Kooperatsiyaning eng yuqori darajasiga kombinatsiyalash jarayonini
jadallashtirish va birlashmalarni yaratish hisobiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: