5.5. Xoldinglar va moliya-sanoat guruhlari tarkibiga
kiradigan qurilish tashkilotlari
Ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotlarni ayriboshlash hamda
zamonaviy bozor munosabatlari sharoitlarida xizmatlar ko’rsatish asosida o’rta va
kichik biznesning yirik tashkiliy
-
xo’jalik tuzilmalari yuzaga keladi.
Kichik va o’rta tuzilmalar mamlakat iqtisodiyotida raqobatbardosh muhitni
yaratadi, ishlab chiqarishning egiluvchanligi, mobilligi va samardorligini
ta’minlaydi hamda ilmiy
-
texnik yutuqlarga erishishni va ulardan unumli
foydalanishni yo’lga qo’yadi.
Yirik tashkiliy tuzilmalar faoliyatning alohida sohalari, alohida regionlari va
umuman mamlakat miqyosida ishlab chiqarishda moliyalashtirishni tartiblash
bo’yicha tizimlarni shakllantirishga imkon yaratadi. Ular bu ishni mustaqil
ravishda olib borishlari va uning amalga oshirilishini davlat tomonidan shart –
sharoitlashi mumkin. Amaliyot tasdiqlaydiki, ustuvor tarmoqlar qatorida moddiy,
moliyaviy, ishchi kuchi resurslarining katta hajmini kontsentratsiyalaydigan yirik
xo’jaliklarning yaratilishini texnologiyaning o’zi iqtisodiy jihatdan qulay qilib
71
qo’yadi. Bunday tarmoqlarga quyidagilar tegishlidir: metallurgiya, energetika,
temir yo’l transporti, aloqa, qurilish va boshqa bir qancha tarmoqlar. Xorij
amaliyoti shundan guvohlik beradiki, boshqaruvning yirik va kichik tashkiliy
tuzilmalari uyg’unlashuvi noma’lum (aniq bo’lmagan) vaziyatlarda tizimlar ishlash
qobiliyatini qo’llab
-
quvvatlash imkonini beradi va boshqa xo’jalik sub’ektlari
bonkrotlashuvi bilan bu tizimlarning foyda oluvchilar qatorida saqlanib qolishiga
zamin yaratadi.
Mustaqillikka erishgunga qadar mamlakat amaliyotida sekin o’zgarishga
qaratilgan texnika va texnologiyalardan, raqobatsiz ishlab chiqarishga ega bo’lgan
tizimdan, boshqarishning asta-sekin o’zgaruvchan shakl va uslublariga asoslangan
holda tarkib topgan boshqaruv tuzilmalaridan foydalanib kelindi.
Ishlab chiqarishni kontsentratsiyalash orqali tadbirkorlik guruhlari vujudga
kelishiga zamin yaratiladi, bu guruhlarda boshqaruvning yirik, o’rta, kichik
tuzilmalar o’rtasida egalik qilish huquqlari va kontraktli munosabatlar yo’lga
qo’yiladi. Ularda moliyaviy nazorat o’rnatiladi va bir vaqtning o’zida ishlash
uchun ancha imtiyozli sharoitlar yaratiladi. Bu esa ishlab chiqarishda uchrab
turadigan to’xtab qolishlar yoki sustkashliklarni qisqartirishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda ahamiyatli tarzdagi investitsion resurslarni kreditlarsiz
kontsentratsiyalashning iloji yo’q (yoki kam ehtimolga ega). Buning natijasida
sanoat tuzilmalarining tashqi moliyaviy manbalar va ssudali kapitallar bozoriga
bog’liqligi doimiy ravishda o’sib boraveradi.
Turli tuzilmalarlarni guruhlarga birlashtirish natijasida ko’p jihatlar bo’yicha
yutug’larga erishish mumkin, qachonki, agar bu birlashmada menejment yuqori
darajaga ko’tarilgan bo’lsa. Ilmiy-ishlab chiqarish, moliyaviy va savdo-sotiq
salohiyatlarining kontsentratsiya qilinishi xo’jalik birligi guruhiga kiradigan har bir
a’zo tashkilot va korxona (yoki sub’ekt)ning ancha maqsadli yo’nalishda faoliyat
yuritishiga imkon yaratadi.
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning guruhlarga birlashishi
quyida ko’rsatilgan qo’shimcha ustunliklarga erishishni ta’minlaydi:
|