75
tegishli bo’lgan savollar albatta Davlat antimonopol siyosati
bilan kelishiladi va
ushbu Komitet tomonidan nazorat qilinadi.
MSGlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza; shartnoma; MSG tarkibiga kirganligini tasdiqlovchi yuridik shaxslar
haqidagi guvohnoma nusxasi (notarius tomonidan tasdiqlangan); tashkiliy loyiha;
Antimonopol komitetning xulosasi.
MSGda boshqarishning asosiy jihatlari-ishtirokchilar ichidan markaziy
kompaniya
tarkibini
ajratib
olish.
Ishtirokchilar
markaziy
kompaniya
majburiyatlari bo’yicha mas’uliyatni o’z zimmalariga olishga majburdirlar.
MSGlari ishtirokchilariga ma’lum imtiyozlar (engilliklar) o’rnatiladi. MSGlarning
faoliyati shartnoma orqali reglamentlashtiriladi. MSG ishtirokchilari
vakillarining
yig’ilishida MSGni boshqaruvchilar Kengashi saylanadi, bu Kengash MSG
faoliyatini boshqarish bo’yicha ko’plab savol va masalalarni yechadi.
Turli huquqiy dalolatnomalar bilan rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan MSGlar
uchun quyidagi imtiyozlar ko’zda tutiladi:
1) Aktsiyalarning davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga berish;
2) Guruhlar ishtirokchilari qarzlarini hisobga olish;
3) Davlat kafolatlarini taqdim etish;
4) Imtiyozli kreditlar berish;
5) MSG ishtirokchilariga amortizatsiya
muddatini va amortizatsiya
ajratmalari jamg’armasini mustaqil ravishda aniqlash huquqini berish;
6) O’zaro birlashgan muvozanat holatini bilish huquqini taqdim etish.
Bu imtiyozlar aytarlik darajada amalga oshirilmayotgan bo’lsada, lekin ular
boshqa ijobiy omillar qatorida tashkilot faoliyatining bu shaklini rivojlantirishga
shart-sharoitlar yaratadi.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyotning boshqa
sohalarida bo’lgani singari qurilishda ham qimmatli qog’ozlarni investitsiyaning
har xil turlariga, turli ishlarga va tarmoqlarga investitsiyalash
hamda tadbirkorlik
bo’yicha taxminiy harakatlarni minimallashtirish orqali bir
-
biriga bog’liq
bo’lmagan ishlab chiqarish (ko’p tarmoqli kompaniyalar yaratish)ni bir vaqtning
76
o’zida rivojlantirish va ishlab chiqarilayotgan buyumlarning assortimentlarnini
kengaytirish bo’yicha ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash
yuzaga keladi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash tovarlarning ortiqcha ishlab
chiqarilishi to’g’risida ogohlantirish vositasi bo’la olmasada,
lekin u yuzaga
keladigan oqibatlarni yengilashtirishga xizmat qila oladi.
Diversifikatsiya so’zini keng ma’noda ishlab chiqarilishi firmaning asosiy
faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan mahsulotlarning yangi turlari bozorida ushbu
firma faoliyat sferalari sonini kengaytirishga yo’naltirilgan marketing strategiyasi
turi sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: