Fanni o‘qitishdan maqsad – Birinchidan, fazoviy jismlarning geometrik tasavvuridan uning planimetrik tasviri (chizmasi)ga o‘tish qonuniyatlarini tadqiq qilish va o‘rganish. Fazoviy jismni tekislik ustida tasvirlash, ya’ni u to‘g‘risida planimetrik tasavvur hosil qilish uchun geometrik modellashtirish jarayoni qonuniyatlarini o‘rganish.
Ikkinchidan, fazoviy jism elementlarining o‘zaro munosabatlarini uning planimetrik tasviridan qayta fazoviy holatiga ko‘chirib o‘tish qonuniyatlarini tadqiq qilish va o‘rganish. Fazoviy jism to‘g‘risida aniq geometrik tasavvur hosil qilish uchun modeldan fazoga otish qonuniyatlarini o‘rganish.
Uchinchidan, fazoviy jismga taalluqli bo‘lgan geometrik masalalarni uning tekis tasviri ustida yechish usullarini tadqiq qilish va o‘rganish hisoblanadi.
Fanning vazifasi - Talabalarga chizma geometriya fanini nazariy jihatdan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari jarayonida chuqur o‘rgatish asosida olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.
“Chizma geometriya” fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:
- chizma geometriya fanining ilmiy-nazariy asoslari;
- markaziy va parallel proyeksiyalash usullarining qonuniyatlari;
- parallel proyeksiyalarda pozitsion va metrik masalalarni yechishning asoslari va yechish algoritmlarining umumiy printsiplari;
- markaziy proyeksiyalarda pozitsion va metrik masalalarni yechishning asoslari va yechish algoritmlarining umumiy printsiplari;
- aksonometrik proyeksiyalar nazariyasi va turlari;
- fazoviy, geometrik va tabiiy jismlarni sirt yoki tekislikda tasvirlashning nazariy asoslari va amaliy tatbig‘i;
- egri chiziq va sirtlarning hosil bo‘lish qonuuniyati;
- fanning bo‘lajak mutaxassis uchun ilmiy va amaliy ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi. - markaziy va parallel proyeksiyalash usullarida geometrik shakl va sirtlarning proyeksiyalarini tuza olishni;
- markaziy va parallel proyeksiyalash usullarida pozitsion va metrik masalalarni umumiy va xususiy usullarda yecha olishni;
- egri chiziqlarning hosil bo‘lishi va ularning grafik tarzda chiza olishni;
- qirrali, chiziqli, aylanish, tors va boshqa sirtlarning hosil bo‘lish qonuniyatlarini va ularning proyeksiyalarini tuzishni;
- geometrik shakllar va sirtlar o‘rtasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni tekshira olishni;
- aksonometriya nazariyasini chuqur o‘zlashtirib yaqqol tasvirlar yasashda ulardan keng foydalana olish;
- obyektlarning shaxsiy va tushuvchi soyalarini yasay olishni;