O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə7/42
tarix24.11.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#133658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
ADILOV BI

Interaktiv(inglizcha “Inter”- “bu o‘zaro”, “act” - harakat qilish) ya’ni birov bilan dialog vaqtida ularning suhbat rejimida bo‘lish ma’nosini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda u faol metoddan farqli ularoq, o‘qish jarayonida talabalarning faqat o‘qituvchi bilangina emas, balki ko‘proq o‘zaro muloqatda bo‘lishini taqozo etadi. Interaktiv shaklni o‘quv jarayonida foydalanishda o‘qituvchining roli keskin o‘zgaradi. O‘qituvchining o‘rni mashg‘ulot davomida talabalarning maqsadga erishish yo‘nalishidagi faoliyati yo‘nalishiga qo‘shilib ketadi. Ammo o‘qituvchi bu erda ham mashg‘ulot planini ishlab chiqadi (bu odatda interaktiv mashqlar va vazifalar bo‘lib, ularni ishlash vaqtida talaba materialni o‘rganadi).
O‘qituvchi endi bu jarayonda markaziy figura bo‘lib qolmay, balki jarayonni boshqaruvchi, uni tashkil qiluvchi va maslaxatlar beruvchi sifatida ishtirok etib, ayni vaqtda ko‘zlangan dars rejasining bajarilishini hamda vaqtni nazorat qiladi. Bu usulda ham o‘qituvchi tomonidan vazifalar avvaldan tayyorlanadi va savollar shakllantiriladi. Ishtirokchilar bir biridan tortinmay, o‘zlarining va boshqalarning sotsial tajribalarga murojat qiladilar. Ziddiyatlarni hal qilish uchun ular bir-biri bilan muzokara qiladilar, berilgan vazifani birgalikda hal qilishga urinadilar va yechimini topishga erishadilar. Ta’limning bunday shakli ayni vaqtda o‘qituvchidan nihoyatda aniqlik va xushyorlikni talab qiladi. Aks holda dars natijasiz tugashi va talabalarni sovutib, samarasiz yakunlanishi mumkin. Agar bunday holatga yo‘l qo‘yilsa uni qayta tiklash juda qimmatga tushishini aytishning hojati bo‘lmasa kerak.
Boshqacha qilib aytganda interaktiv ta’lim bu o‘qitish jarayonida talabalarning o‘zaro va o‘qituvchi orasida ro‘y beradigan dialogik xarakterdagi ta’limdir.
Ta’limning interaktiv shaklining vazifalari quyidagilardan iboratdir:
-talabalarda qiziqish o‘yg‘otish;
-o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish.
Interakiv mashg‘ulotning ish prinsiplari:
-mashg‘ulot – leksiya bo‘lmay balki umumiy ishdir;
-xamma ishtirokchilar yoshi, sotsial statusi(xuquqiy xolati), tajribasi va ish joyiga qaramasdan ular o‘zaro tengdirlar;
-har-bir ishtirokchi har-qanday masala bo‘lmasin unga nisbatan o‘z shaxsiy fikriga egadir;
-shaxsni bevosita tanqid qilishga o‘rin yo‘q (tanqid faqat g‘oyaga nisbatan aytilishi bo‘lishi mumkin);
Bu aytilganlar harakatni boshqarish emas balki fikrlash uchun axborotdir xolos. Ammo o‘qituvchi darsga interaktiv shakli asosida tayyorgarlik ko‘rayotganda shunga ham e’tiborni qaratishi kerakki, u konkret mavzuni tushuntirish uchun bitta usulga yopishib olmasdan ayni vaqda o‘qitishning bir necha usullaridan birgalikda foydalanish imkoniyatlari paydo bo‘lishi mumkinligini nazarda tutishi va hisobga olishi kerak. Ulardan vaziyatga qarab samarali foydalanish o‘qituvchining tanlash ixtiyorida qoladi.
Interaktiv metodlarni grafika fanlari, xususan chizma geometriya va chizmachilik darslarida qo‘llanish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa kutilganday samara beradimi? Bu savolga javob olish uchun birinchi galda chizma geometriya va chizmachilik fanlarining o‘ziga xos xususiyatlarini esga olib ularni tasavvur qilaylik.
Chizma geometriya fani fazoviy geometrik shakllarni tekisliklarda to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash (eslatma: amaliyotda qiyshiq burchakli va egri chiziq yo‘nalishi bo‘yicha proyeksiyalash usullari xam mavjud) asosida tasvirlash va bu tekis shartli tasvirlar bo‘yicha ularning orasidagi pozitsion (o‘zaro tegishlilik) va metrik (o‘lchash bilan bog‘lik masalalar) munosabatlarni grafik yo‘llar bilan aniqlash hamda avvaldan berilgan geometrik shartlarga asosan egri chiziq va sirtlarni konstrutsiyalash usullarini o‘rgatadi. Bu o‘z navbatida yo‘naltirilgan fazoviy tasavvurni talab qiladi.
Bizga ma’lumki, elementar geometriya(planimetriya va stereometriya) bo‘yicha masalalar yechganimizda ularni tekislikdagi chizmalari bo‘yicha yasashlarni amalga oshiramiz. U erdagi chizmalar tekislikda shartli tasvirlangan mono chizmalar bo‘ladi. Lekin bunday masalalarni kompleks chizmalardagi geometrik shakllarning ikkilamchi shartli tasvirlari yordamida hal qilganimizda to‘g‘ri burchakli proyeksiyalashning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq ma’lum to‘siqlarga duch kelamiz. Chizma geometriyada asosan geometrik shakllarning ikkilamchi shartli tasvirlari bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, ortogonal proyeksiyalarda tekislikka perpendikulyar tushirish kerak bo‘lsa qator yasashlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Chizmada tekislik uni aniqlovchi elementlar orqali tasvirlanadi. Masalan, tekislik bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta nuqta, to‘g‘ri chiziq va unda yotmagan bitta nuqta, o‘zaro kesishuvchi, o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlarning proyeksiyalari orqali tasvirlanishi mumkin. Bulardan tashqari tekislik uning proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishuv chiziqlari yani izlari bilan ham berilishi mumkin. Endi tekislikka fazoda joylashgan biron nuqtadan perpendikulyar tushirish uchun to‘g‘ri burchakning ortogonal proyeksiyalari xususiyatlaridan foydalanish kerak bo‘ladi. Agar to‘g‘ri burchakning bir tomoni proyeksiyalar tekisligiga parallel bulib, ikkinchi tomoni unga perpendikulyar bo‘lmasa to‘g‘ri burchak bu tekislikka to‘g‘ri burchak bo‘lib proyeksiyalanadi. Shuning uchun ham to‘g‘ri burchak proyeksiyalarining bu xususiyatlariga asosan tekislikning gorizontal va frontal (gorizontal shu tekislikda yotgan va gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel to‘g‘ri chiziq frontal esa frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel to‘g‘ri chiziq) to‘g‘ri chiziqlari o‘tkaziladi. Endi berilgan nuqtaning frontal proyeksiyasidan tekislik frontalining frontal proyeksiyasiga, uning gorizontal proyeksiyasidan esa tekislik gorizontalining gorizontal proyeksiyasiga perpendikulyar o‘tkaziladi. Bu yasashlar to‘g‘ri chiziqning ortogonal proyeksiyalarda perpendikulyarlik shartini to‘liq ta’minlaydi.
Lekin shuni ham aytish joyizki fazoviy geometrik shakllarning tekis aniqrog‘i shartli tasvirlari (ortogonal proyeksiyalari) bo‘yicha ular orasidagi pozitsiyaviy va metrik munosabatlarni tekshirish uchun avvalom bor bu shartli tasvirlarga xamda ular bilan olib boriladigan grafik operatsiyalar bo‘yicha, ularning ortogonal proyeksiyalari orqali tasvirlariga xos xususiyatlari bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish kerak bo‘ladi. Fazoviy geometrik shakllarni biron tekislikda to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash usuli yordamida tasvirlaganda ularning tekis shakllariga ega bo‘linadi. Agar uni o‘zaro perpendikulyar ikki tekislikka proyeksiyalasak masalan, konusning to‘g‘ri burchakli proyeksiyalari uchburchak va aylanadan iborat bo‘ladi. Tekislik uni fazoda shaklini va holatini ta’minlaydigan geometrik elementlar bilan(bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta nuqta, bitta to‘g‘ri chiziq va unda yotmagan nuqta, o‘zaro kesishuvchi ikki yoki o‘zaro parallel ikki to‘g‘ri chiziq ) tasvirlanadi. Agar doyraviy konusning tekislik bilan kesishuv chizig‘ini yasash uchun birinchi galda kesuvchi tekislikning konus o‘qiga va yasovchilariga nisbatan qanday joylashishiga bog‘liq kesim chizig‘i -aylana, ellips, parabola, giperbola, o‘zaro kesishuvchi, va ustma-ust tushgan ikki to‘g‘ri chiziq bo‘lishligi hisobga olinib, uning shakliga avvaldan nazariy jihatdan tashxiz qo‘yilib aniqlanadi. Masalan, u misoldagi berilgan kesuvchi tekislikning holatiga bog‘liq ellips hosil bo‘lsin deyaylik. Bu xol agar kesuvchi tekislik konus o‘qiga nisbatan og‘ma holda bo‘lib, uning xamma yasovchilarini kesib o‘tganda sodir bo‘ladi. Unday bo‘lsa uning gorizontal va frontal proeksiyalari umuman ellips ko‘rinishida bo‘ladi. Ellips shaklidagi kesim chizig‘ini yasash uchun unga tegishli qator nuqtalarni aniqlab, ular qo‘lda birlashtiriladi.U chizmada silliq ellips bo‘lishi uchun ma’lum ko‘nikma va malaka talab qilinadi. Agar bunday ko‘nikma bo‘lmasa u silliq elipsning o‘rniga “kartoshka”ning konturi chiqib qolishi mumkin. Lekin biz ellipsni uning katta va kichik o‘qlari ma’lum bo‘lsa uni chizish usullarining biri orqali aniqroq chiza olish imkoniyatiga(usullariga) ega ekanligimizni bilamiz. Unday bo‘lsa kesim chizig‘i bo‘lgan bu ellipsning gorizontal va frontal proyeksiyalari ellips bo‘lib, ularning katta va kichik o‘qlarining yo‘nalishlari hamda ularning qiymatlarini aniqlash masalasi qalqib chiqadi. Kesim chizig‘ini yasashga bunday yondashish ayni vaqtda kompyuterda chizish uchun ham tayyorgarlik bo‘ladi chunki kompyuterga joylashtirilgan avtomat chizish dasturi ellipsni uning faqat katta va kichik o‘qlari mavjud bo‘lgandagina “chizib” bera oladi. Shuning uchun ham bu, yani bajarilayotgan ellipsning katta va kichik o‘qlarining qiymatlarini aniqlash galdagi muammoli vaziyat bo‘lib, u talabalarni ijodiy izlanishga yo‘naltiradi. Endi talaba buning uchun adabiyotlarni titkilashi kerak bo‘ladi. Lekin albatta buni u birinchi galda ustozidan yoki kursdoshlaridan so‘raydi. Bu masalani talabalarining bilimiga va kuchiga qarab, o‘qituvchining o‘zi hal qiladi.

Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin