BADIIY ASAR TILI
Badiiy til, monolog, dialog, shevaga xos so‘zlar, maxsus leksik
resurslar, badiiy tasvir vositalari, epitet, o‘xshatish, metafora,
metonimiya,badiiy nutq poetikasi,
she’riy san’atlar
Til adabiyotning asosiy quroli. Tilning umumxalq (jonli, milliy),
ma’lum qoidalarga asoslangan adabiy til, badiiy (poetik) til kabi
ko‘rinishlari mavjud.
Til - badiiy obraz yaratish vositasi. So‘z yordamida turli-tuman
manzaralar, his-tuyg‘ular, fikr va hodisalar jonli, ta’sirchan holda
tasvirlanadi. Badiiy asardagi har bir so‘z asar mazmunini ifodalashga
xizmat qiladi. So‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash yozuvchi va shoirning
mahoratiga bog‘liq.
Ijodkor tilning maxsus leksik imkoniyatlari (sinonim va
antonimlar, arxaizm va neologizmlar, dialektizm va jargonizm
professionalizm va varvarizmlar) dan shuningdek,
monolog, dialog,
poliloglardan
unumli foydalanadi. Badiiy asar tilining xususiyatlari,
nazariy asoslari ilmiy adabiyotlarda yoritilgan.
1
Adabiy asarlarning badiiy jihatdan mukammal chiqishida tilning
tasviriy-ifodaviy vositalari (
o‘xshatish, metafora, jonlantirish kabi
),
poetik figuralar (
ritorik so‘roq, murojaat va xitob, takror
kuchaytirish, parallelizm, qarama-qarshi qo‘yish, inversiya kabi
) va
she’riy san’atlar (
tazod, talmeh, istiora kabi
) ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
Adabiyotlar va elektron resurslar
1.
Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. -T.: Xalq merosi
nashriyoti. 2007.
2.
Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil.- T.: O‘qituvchi. 1995
3.
Samadov V. Oybekning til mahorati. – T.: TDPI, 1981
Dostları ilə paylaş: |