60
- markaziy qismida liftli yoki zina-lift uzeli mavjud seksiyali tuzilmaga ega
bo„lgan turar joy qavatining rejasi; har bir seksiya ikki tomonida nomerlar
joylashgan va perimetri bo„yicha yopiq yo„lakka ega bo„lishi mumkin;
- rejaviy tuzilmalarning turlicha kombinatsiyalari asosida shakllangan turar
joy qavati.
Rejaning geometrik shakli ham turlicha bo„lishi mumkin :
-
to‘g‘ri to‘rtburchakli
: qavatlar soni va uzunligi turlicha bo„lgan
mehmonxona binolarida qo„llaniladi. Bunda turar joy qavatlarining yo„lakli yoki
galereyali tuzilmalari va vertikal kommunikatsiyalar hamda nomerlarga xizmat
ko„rsatuvchi navbatchi xodimlar uchun mo„ljallangan xonalar joylashishining
turlicha variantlaridan foydalaniladi; rejaning bu kabi shakli asosida plastina yoki
parallelopiped shaklidagi ixcham hajmlar yaratiladi.
- rejaning ixcham shakli (aylana, ellips, kvadrat, uchburchakka o„xshash)
minora turidagi mehmonxona binolarini qurishda foydalaniladi; vertikal
kommunikatsiyalar uzeli, odatda, binoning markaziy qismida joylashtiriladi;
qavatlardagi yo„laklar siqilgan; ixchamligi (kompakt bo„lgani) tufayli qavatdagi
nomerlar soni 10 dan 27 tagacha cheklanadi;
- turar joy qismining
murakkablashtirilgan
rejasi: rejaning “uchbarg”,
“xoch”, V-, L-, Z- va G-simon shakllari, egri chiziq va elpig„ich ko„rinishidagi
kompoziyalar; odatda, nomerlargacha masofani qisqartirish uchun zina-lift uzeli
binoning markaziy qismida joylashtiriladi.
Jamoat xonalarining murakkab tizimini guruhlanishi turli
atrium
bo„shliqlar
asosida amalga oshirilishi mumkin. Rejaning atriumli shakli bitta qavatda
joylashtiriladigan nomerlar sonini oshirish imkoniyatini beradi. Bunda
atriumning orayopmalari zamonaviy fazoviy kontsruksiyalardan foydalanib,
odatda, yorug„ o„tkazadigan shaffof materiallarni qo„llagan holda bajariladi.
Qishki bog„ sifatida bir qismi faol ko„kalamzorlashtirilgan atrium hovli o„rta
asrlarga xos karvonsaroy metamorfozasini emas, balki kompozitsion-badiiy
yechimlari landshaft arxitekturasi vositalari yordamida amalga oshiriluvchi bog„-
pationi eslatadi.
Dostları ilə paylaş: