61
6.4. Mehmonxona binolarining konsruktiv yechimlari
Mehmonxonaning turar joy qismi, odatda, turar joy binolariga xos bo„lgan
konstruktiv tizimlar va parametrlar
asosida loyihalashtiriladi; binoning jamoat
qismini konstruktiv tizimi jamoat binolariga xos konstruktiv parametlardan
foydalangan holda bajariladi. Turar joy nomerining konstruktiv o„lchamlari,
odatda, mavjud konstruktiv tizimlardan foydalanishga asoslangan loyihaviy
yechimga ega mehmonxona sxemasi uchun asosiy modul bo„lib xizmat qiladi.
Mehmonxonalarni
qurishda
qo„llaniladigan
ko„tarib
turuvchi
konstruksiyalar yirik panelli, karkasli,
monolit betonli, hajmli bloklardan,
mahalliy qurilish materiallaridan (g„isht, tabiiy tosh va hk.) bajarilishi mumkin.
Binoning konstruktiv sxemasi ishlatilayotgan qurilish materillarining turiga
muvofiq bo„lishi zarur.
Mehmonxonaning g„ishtin binolari, odatda, 9-10 qavat balandlikda qilib
quriladi. Bunday holatlarda, asosan, 4,8; 5,4; 6,0: 6,3 va undan kattaroq qadamli
ko‘ndalang ko‘tarib turuvchi devorlar
qo„llaniladi. Yirik panelli binolarning
balandligi 25 qavatgacha bo„lishi mumkin, bunda ko„ndalang devorlar qadami,
odatda, katta bo„lmaydi, chunki ko„ndalang devorlar qadami katta (6,3 va undan
katta) bo„lsa, u holda nomerlararo tovush izolyatsiyasini bajarish
murakkablashadi. Osmon o„par mehmonxona binolari, odatda,
monolit
variantlarda bajarilib, bunda
karkasli konstruksiyalardan
foydalaniladi.
Bugungi kunda qurilayotgan osmon o„par binolarning aksariyatida
ventilyatsiya qilinadigan ko„p qatlamli osma fasadlar qo„llaniladi. Binoning
jamoat qismini qurishda aksariyat hollarda
karkasli konstruksiyalar
ishlatiladi.
Karkasli binolarning ko„pchiligi – ko„p qavatli. Karkas kolonnalarining qadami
4,8 dan 7,2 metrgacha qilib, har 60 sm dan keyingi gradatsiyada qabul qilinadi.
Hozirgi kunda
karkassiz, monolit beton konstruksiyali
binolarni
qurish keng
tarqalib, rivojlanib bormoqda. Bu kabi binolar konstruktiv turiga qarab
monolit
va
yig‘ma-monolit
konstruksiyalarga ajratiladi: yig„ma-monolit konstruksiyalarda
ichki ko„tarib turuvchi devorlar monolit qilib, tashqi devorlar va orayopmalar
esa – turli variantlarda bajariladi; monolit konstruksiyalarda
barcha devorlar va
orayopmalar – monolit temir betondan bajariladi. Tashqi devorlar o„rnida yig„ma
beton panellar, yog„och karkasli asbotsement panellar, vibrog„ishtli panellar yoki
donali materiallar (g„isht va tabiiy tosh), vitrajlar (po„lat, alyuminiy, yog„och
yoki boshqa bog„lanishlar bilan) qo„llanishi mumkin.
Monolit imorat bunyod etishning karkassiz tizimlari ko„p qavatli
mehmonxona binolari qurilishida qo„llaniladi. Bunday tizim murakkab geologik
sharoitlarda ratsional monoblok binolar qurish imkoniyatini beradi. Me‟moriy-
fazoviy yechimlarning keng imkoniyatlari orayopmalarni qattiqlik yadrolari
62
bo„yicha ko„tarishda qo„l keladi va orayopmalarni rejadagi ko„rinishini
o„zgartirishga, mehmonxona binosining turar joy qismidagi jamoat xonalari
joylashtirilishi bo„yicha yechimlarni oson hal qilishga yordam beradi.
Bunda
umumiy foydalanishdagi xonalar binoning istalgan qavatida joylashtirilishi
mumkin bo„lib, bu maqsadda qavatlarning eng maqbullari tanlanadi.
Hajmli bloklardan qurilgan mehmonxonalarning ham variantlari mavjud
bo„lsada, aksariyat hollarda, turli konstruktiv yechimlarning afzal jihatlarini
mujassamlashtirgan kombinatsiyalangan loyihalar bo„yicha
mehmonxona
binolarini qurish keng tarqalgani.
Bunda metall va yig„ma temir-beton, monolit va yig„ma monolit, karkasli
tizim va sxemalar, qattiqlik yadrolari yoki qirralarining yengil bloklar bilan birga,
soyabonsimon tuzilmalar va orayopmalarning vantali osmalar bilan birga
qo„llanilishini uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: