1.2. Gender muammolarining ilmiy nazariy o‘rganilish tarixi.
Bugun ilmiy adabiyotlarda, tadqiqotlarda va bahs-munozaralarda «gender»
atamasi, u bilan bog‘liq “gender munosabatlar“, “gender tenglik”, “gender
madaniyat“, “gender taraqqiyot“, “gender sotsiologiya”, “gender psixologiya” kabi
iboralar ko‘p ishlatilmoqda. Keyingi yigirma yilni “gender izlanishlari davri“ deb
atash mumkin. Ha, bugungi ilm-fan chuqurlashish yo‘lidan rivojlanmoqda. Ammo
bu umumlashtirishni, analiz va sintezni ham taqozo etmoqda. Gender
munosabatlarini sun’iy tarzda chuqurlashtirish, gender tadqiqotlarini boyitsa ham,
taraqqiyotga xizmat qilmaydi, balki, aksincha, jinslar stratifikatsiyasini
kuchaytiradi. Shuning uchun gender tadqiqotlari mudom jinslararo aloqalarni
mustahkamlash maqsadidan kelib chiqishi lozim.
“Gender“ tushunchasi jinslar, jinslararo munosabatlar ma’nolarini anglatsa-
da, u keyingi yillarda deyarli barcha fanlarga taalluqli ijtimoiy voqelikka
aylanmoqda. Demak, insoniyat diskriminatsiyani bartaraf etishni shu paytgacha
xayoliga keltirmagan. “Ayollar huquqlari Deklaratsiyasini e’lon qilgan Olimpiya
de Guj /XIII asr/ gacha ayollardan foydalanish, ularni kamsitish, zo‘rlash inson
sha’nini toptovchi hodisa ekani hech kimning o‘yiga kelmagan.Olimpiya de
Gujdan keyin ham ahvol o‘zgarmadi. Yevropa ayollari o‘z erki uchun hanuzgacha
tinmay kurashib keladilar”. Erk in’om etilmaydi uni kurashib qo‘lga kiritadilar”
degan hikmat haq ekan.
Gender falsafasi jinslararo munosabatlarni tadqiqot ob’ekti qilib oladi.Uning
strategik maqsadi jinslararo munosabatlarni yanada mustahkamlashdir. Maxsus
tadqiqotlarda jinslar dimorfizmi filogenez, ontogenez va sotsiogenez asosi sifatida
qayd etilsa-da, u, ya’ni dimorfizm jinslararo munosabatlardagi uygunlikni,
yaqinlikni rad qilishga qaratilmagan. Ha, gender psixologiyasida jinslar
dimorfizmiga keng e’tibor beriladi, bu borada nihoyatda ko‘p kuzatishlar
o‘tkazilgan. Biroq ushbu farqlar, har xillik insonning yaxlitliligiga, butunliligiga
raxna
solmasligi
lozim.
Gender
dimorfizmini
o‘rganish jinslarning
psixologiyasini, ularda zarur fazilatlarni shakllantirishning samarali usullarini,
yo‘llarini topish,aniqlash uchun zarurdir.
21
“Biologik yondashuv ham, sotsiologik yondashuv ham gender muammolarini
to‘la yoritolmaydi. Ayniqsa ular bir-birini rad etganida muammoning qanchalik
murakkab ekanini aniqlaymiz.”
1
Ularni uyg‘unlashtiradigan yangi yondashuv,
aniqrog‘i, gender falsafasi zarur. Gender falsafasi quyidagi xususiyatlari bilan
yuqoridagi yondoshishlardan ustun turadi:
-gender munosabatlarini insonning yaxlitligi, butunligi nuqtai nazaridan kelib
chiqib o‘rganadi;
-gender munosabatlariga inson munosabatlari deb qaraydi;
-ijtimoiy munosabatlarning determinizimidan kelib chiqadi;
-ayol va erkak munosabatlarining murakkabligini tan oladi, lekin shu bilan
birga ularning ijtimoiy munosabatlardan farq qiluvchi jihatlari borligini unutmaydi;
-ayol va erkakning borliqdagi o‘rni, vazifalari aynanligidan, ya’ni olam va
odam o‘rtasidagi garmoniyani asrashdan, inson manfaatlarining ustuvorligidan
kelib chiqadi, taraqqiyot normalarining barchaga teng taalluqliligini e’tirof etadi.
Gender tadqiqotlari insonga tabiatan har xillikka, rang-baranglikka,
plyuralizmga intilib yashash xosligini ham isbotlaydi. Inson nafaqat aqlan yoki
ruhan, xuddi shuningdek, tabiatan, sotsiogenez rivojlanishi nuqtai nazaridan ham
rang-baranglikka moyildir. Ammo ushbu rang-baranglik, turfa xillik uning
butunligiga xavf tug‘dirmasligi kerak. Ayrim gender tadqiqotlarida, ming afsuski,
insonning ushbu yaxlitligi, butunligi unutiladi, asosiy e’tibor gender farqlarni
e’tirof etishga, asoslashga qaratiladi. Demak, gender tadqiqotlar falsafaning yo‘l-
yo‘riqlariga, xulosalariga muhtojdir.
Ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlarni ontogenez nuqtai nazaridan
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Hozir gender falsafasi mavjud psixologik
izlanishlarni to‘plash va umumlashtirish bilan band.Aslida esa u gender
tadqiqotlaridan oldinda yurishi zarur edi. Ha, falsafa ba’zan ayrim fanlarning
izlanishlari va xulosalariga ehtiyoj sezadi, ularni umumlashtirish orqali
shakllanadi. Gender falsafasini ilm sohasi sifatada shakllantirishga ehtiyoj
1
Кешми Г. Ф. Основы современной сексологии. СПб., 2000. 61 стр.
22
mavjud. Ammo ushbu ehtiyoj 27 asr davomida shakllangan olam va odam, shaxs
va jamiyat, xususiy va umumiy o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish borasida
to‘plangan gnoseologik xulosalarga tayanishi zarur. Agar u ushbu xulosalardan
ayrimlarining xatoligini isbotlasa, rad etsa, bu ilm-fan uchun foydalidir.
O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har
tomonlama
kamol
toptirish,
uning
ongi,
dunyoqarashi,
e’tiqodini
o’stirish,jamiyat ravnaqi va rivojlanishi yo’lida fidoiy ruxi bilan singdirilgan
xulq-atvorini tarkib toptirish maktabgacha tarbiya yoshi psixologiyasi oldida
turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. Xususan har tomonlama
rivojlangan
barkamol insonni tarbiyalashning maqsad yaa vazifalari manaviy boylik, axloqiy
poklik, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni
tarbiyalashni taqozo etadi. Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha
insonning maktabgacha tarbiya yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda
bolada kelgusidaqanday xarakter xislatlari paydo bo’lishi belgilanadi va axlokiy
xarakterning asoslari yuzaga keladi D.B. Elkonin takidlaganidek, bola jamiyat
a’zosi va shaxs sifatida shakillanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib olamni
aks ettirish xususiyati go’daklikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va
takomillashib boradi
Ijtimoiy
hayotimizdagi
o‘zgarishlar
mustakillik,
respublikamizdagi
demokratiyaning tantanasi, xukukiy davlat tuzimiga intilish psixologiyaning
qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o‘rganish hamda ulardan turmushda
foydalanishni talab kiladi Bola inson sifatida tashki jixatdan katta yoshli odamlarga
uxshasa ham, o‘ziing psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarning
mazmuni jixatdan katta yoshli odamlardan keskin fark kiladi. Ma’lumki, bola
shaxsi va uning psixologik xususiyatlari kandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz
ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omilning qonuniy ta’sir etishda
tarkib toptiradi. Ana shu muxim qonuniy tarzda ta’sir kiladigan omillarni ochish va
isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shugullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar
shaxsi va shaxsiy psixologik qonuniyatlarning tarkib topishi kabi muxim ilmiy
malakalarni o‘rganib, mamlakatimizda yangi tipdagi odamlarni tarbiyalab
23
yetishtirish qonuniyatlarini ochib beradi. Pisixik rivojlanishdan biologik va
ijtimoiy omillar bolani psixik rivojlanishida shaxs, inson muammosi
psixologiyaning markazida turgan eng qiyin muommolardan bo‘lib hisoblanadi.
XX asrning boshida mashhur psixoanalitik Zigmund Freyd “Anatomiya – bu
taqdir” deb aytgan edi. O‘g‘il bolalar tarbiyasi an’anaviy ravishda tajovuzkor
xususiyatga ega, chunki erkak ayolga nisbatan kuchli, shijoatli va qat’iyatli bo‘lishi
kerak. Erkaklarga tarix va madaniyat bunyodkori bo‘lish roli berilgan. Qizlarga
kichikligidanoq bo‘lajak ona roli singdiriladi, u shaxsiy qiziqishlarga ega
bo‘lmasligi, o‘z hayotini oilasiga – eri va bolalariga bag‘ishlashi kerak. Qizlar
jismoniy jihatdan ham, psixologik jihatdan ham himoyasiz qilib tarbiyalanadi. Bu
esa o‘z ustidan zo‘ravonlikni qabul qilishga qulay asos yaratadi. Ayollarga uy
ishlari va bolalar tarbiyasi ishonib topshirilgan uy bekalari roli ajratilgan. Erkaklar
va ayollar roli bunday biologik jihatdan belgilab qo‘yilgan yondashuv (biologik
determinizm) bugungi kunda genderni ijtimoy shakllantirish tarafdorlari
tomonidan tanqid qilinmoqda. Shuni aytish joizki, biologik determenizm
yondashuv sifatida nafaqat gender tengsizligi mavjudligini tabiatan berilgan deb
oqlaydi, balki turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi asrlar davomida shakllangan
tengsizlikni ham yoqlaydi. Xususan, turli jamiyatlarda tana rangi yoki kelib chiqish
insonning muayyan ijtimoiy guruhga mansubligini – podshoh, qul, muayyan urug‘
vakili ekanligini belgilar edi. Ierarxik tabaqalanish ijtimoiy stratifikatsiya
jarayonida sodir bo‘lar edi. Biroq, har qanday jamiyatga xos bo‘lgan
stratifikatsiyaning universal modeli gender stratifikatsiyasidir, bunda ierarxiya
jinsiy mansublikka ko‘ra belgilanar va bunda doimo erkak ustun hisoblanar edi.
«Tarix shuni ko‘rsatdiki, haqiqiy hokimiyat doimo erkaklar qo‘lida bo‘lgan,
patriarxal davrining eng boshidan ular ayollarni qaram ahvolda saqlash foydali deb
hisoblagan, ularning qonunchiligi ayolga qarshi qaratilgan: va shu tariqa u O‘zga
deb belgilangan edi... Ayol bo‘lib tug‘ilmaydilar, ayol bo‘lib shakllanadilar»
2
Gender falsafasi ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlardagi farqlarni, o‘ziga
2
Симона де Бовуар. Второй пол. М. «Прогресс», СПб.: «Алетейя». 1997.
24
xosliklarni o‘rganish bilan cheklanib qolmasligi zarur. Ijtimoiy taraqqiyot uchun
ayol va erkak o‘rtasidagi farqlar emas, balki ularni bir ijtimoiy mavjudot sifatida
yashashini asoslaydigan, ayol va erkak o‘rtasidagi yaqinlikni, uyg‘unlikni
mustahkamlaydigan nazariyalar, yondoshishlar lozim. Kishilarni ijtimoiy, siyosiy,
mulkiy va jinsiy bir-biriga qarama –qarshi qo‘yish, farqlash fojiali oqibatlarga olib
kelishini anglashimiz darkor. Gender farqlarni o‘rganish ayol va erkakni yanada
chuqurroq bilish uchun zarur, xolos. Ammo ushbu farqlar mudom nisbiy, va
tarbiyaviy omillar ta’sirida zarur tomonga o‘zgarishi mumkinliligini unutib
bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |