3
Kirish.
Ta`lim tizimi va mazmunini demokratlashtirish - yoshlarni har tomonlama
rivojlangan, yetuk, dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol shaxs qilib voyaga
yetkazishdan iborat. Ona Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning uquvi,
salohiyati, iste'dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog'liqdir. Bu masalani
maktabgacha ta'limdan boshlab amalga oshirish bu-gungi kunning talabi desak
mubolag'a bo'lmaydi. Zero, maktabgacha ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlari
va o'quv-tarbiyaviy rejalariga qo'yilgan davlat talablarini takomillashtirish muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi
"2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707-sonli qarorining asosiy maqsadi maktabgacha
ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar
bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan
yaxshilash,
ta'lim-tarbiya
jarayoniga
zamonaviy
ta'lim
dasturlari
va
texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik
va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat Shuni alohida
ta'kidlash joizki, O`zbekiston o`z mustaqil siyosatiga ega bo`lgan mamlakat
sifatida jahon hamjamiyati bilan har tomonlama manfaatli hamkorlikni yo`lga
qo`ygan, xususan, oila va xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilishga
qaratilgan qator nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda yurtimizda gender tenglikni
kafolatlagan davlatlar sirasiga kiradi. Jumladan, O`zbekiston 1995 yildayoq
“Xotin-qizlar kamsitilishining barcha ko`rinishlari oldini olish bo`yicha CEDAW
Konventsiya”sini ratifikatsiya qilgan va bu boradagi xalqaro talablarni, ushbu
yo`nalishda Milliy Harakat dasturini bosqichma-bosqich bajarib kelayotgan
mamlakatdir. Albatta, fuqarolik jamiyatini birdan, bir kunda qurib bo`lmaganidek,
yurtimizda gender tenglik qonunan to`liq kafolatlanganligiga qaramay, amalda
erkaklar va ayollar tengligini ta'minlashda muayyan qiyinchiliklar yo`q emas. Bu,
4
bir tomondan, milliy an'analarimiz, urf-odatlar va jamiyatimizda jinslararo tenglik
masalasiga qarashlardagi o`ziga xoslik bilan tushuntirilsa, ikkinchi tomondan,
qonunlar, jumladan, Xalqaro normalarning butun Er yuzida birdan va so`zsiz
ijrosini ta'minlashning imkoni yo`qligi bilan izohlanadi. O`zbekiston barcha
rivojlangan mamlakatlar singari jamiyatda gender tengligini ta'minlashda
taraqqiyotdagi tadrijiylik va rivojlanishning bosqichma-bosqich ro`y berishini
inobatga olgan holda odil siyosat yuritadi. Bu kabi masalalarni echishda avvalo,
kelajagimiz vorislari bo`lmish yoshlarda to`g`ri tasavvurlar va bilimlarni
shakllantirish, shu orqali jinslararo muloqotga va oilaviy hayotga tayyorlash
davrimizning eng dolzarb muammolaridan biridir
XXI asr bo’sag’asida juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo
xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub
islohotlar boshlandi. O’zbekiton Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov
asarlarida, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni va
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan har tomonlama yetuk, barkamol
shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan
biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi
psixologik xususiyatlarni xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va
psixologlar, ota– onalar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifalar sarasiga
kiradi. Ushbu tarbiyaviy jarayonda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini
eo’rganish, ularnig har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga ta’lim-tarbiya
ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishga xizmat qiladi.
XX asrda erishilgan yutuqlaridan eng muhimi shu bo’ldiki, inson o’z aqli-
idroki, tafakkuri va ijodiy salohiyati bilan murakkab texnika, elektronika va boshqa
shunga o’xshash global texnologiyalarni kashf etdi. Lekin shu bilan birga ana
shunday murakkab texnologiyalarni yaratgan inson va uning hayoti bilan bog’liq
muammolar kamaymadi. Vaqti kelganda, shunday faktga to’g’ri kelamizki,
murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’z atrofidagilarning
ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, o’zini nochor va kuchsiz
sezishi mumkinligini hayot isbotladi. Shiddat bilan hayotimizga XXI asr kirib
5
keldi. Uning global o’zgarishlar davri bo’lishiga hyech kimda shubha qolmadi,
desak bo’ladi. Chunki bu davrda eng avvalo inson ongi va ruhiyatida evrilishlar
yuz bermoqda. Bu xolat inson va uning ichki dunyosini, zamondoshlarning bir-
birlari ongi va shuurida ro’y berayotgan o’zgarishlarga monand xatti-harakat
qilishlari lozimligini talab qiladi. Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida
har bir soniyada o’ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o’zi uchun xulosalar
chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o’zimizni o’zgalarsiz,
o’z manfatlarimizni o’zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham
psixologiyani bilishga majburmiz. Shaxsning aqliy imkoniyatlarini avvalo to‘g‘ri
baholash va uni rivojlantirishning muhim shart-sharoitlarini yuzaga keltirishi
asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: