Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi: Ma’lumki psixologiya sohasiga doir
barcha yoshga xos bo‘lgan psixologik holat, psixologik hodisalar, psixologik
xususiyatlarni barcha soha olimlari tomonidan turli jixatdan tadqiq etib
kelinmoqda. Dastlabki falsafiy fikrlar kadimgi faylasuflar qarashlarda kuzatilgan
bo‘lsa, jamiyat taraqqiy etishi bilan bog‘liq holda g‘arb psixologlari inson
psixikasidagi
o‘zgarishlar, shakllanishlar, va rivojlanishning psixologik
xususiyatlarini ijtimoiy, pedagogik, falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etganlar.
Jumladan o‘rganilayotgan mavzu negizada ya’ni gender psixologiyasiga doir
tadqiqotlarni g‘rab psixologlaridan Shon Burno ishlari muxim ahamiyatga egadir.
U o‘z tadqiqotlarida insonnning gender xususiyatlarini jinsiy tenglik va
uningijtimoiy munosabatlar bilan bog‘ligini o‘rgangan.U o‘z tadqiqot natijalari
asosida “Gender psixologiyasi” kitobini nashr etadi.Bundan tashkari Ashmore, R.
D., Atkin, 0. J., Bem, S. L, Betz, N rus psixologlaridan Bendas T. V,, Ilin Ye. P,
Kagan V. Ye kabi olimlar o‘z tadqiqotlarida genderlikning o‘ziga xos ijtimoiy
psixologik jihatlarini ochib berganlar. Shuningdek, O`zbekistonda ham gender
masalasi ko`pincha oila muammolari doirasida o`rganilishi an'anaga aylangan.
Qator tadqiqotlarda (E.G`oziev, G`.Shoumarov, V.Karimova, I.Yokubov,
B.Qodirov, S.Mirhosilov, E.Usmonov, N.Sog`inov, F.Akramova, L.Karimova,
7
N.Salaeva, O.Shamieva, O.Abdusattorova va b-q.) oilaviy hamda shaxslararo
o`zaro munosabatlar doirasida alohida ahamiyat kasb etgan gender tafovutlar
o`rganilgan.shunga karamsdan gender psixologiyasining yoshga xos jixatlarini va
maktabgacha yosh davridagi gender xususiyatlari muammolari kam o‘ragnilgan.
Dostları ilə paylaş: |