25
1.3. Ijtimoiy munosabatlarda gender muammolarining psixologik taxlili.
Gender farqlar ijtimoiy muhit, tarbiya, tashqi ta’sirlar mahsulidir. Shuning
uchun go‘dak avvalo sotsiogenez ta’sirida o‘zining jins ekanligini anglaydi. Lekin
bu filogenez va ontogenez ta’sirini rad etmaydi; sotsiogenez jinsiy tasavvurlarning
shakllanishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan tabiat
o‘z kuchini ko‘rsatadi, ya’ni filogenez va ontogenezda jins o‘zining belgilarini
namoyon eta boshlaydi. Shuning uchun sotsiogenez ta’sirini mutlaqlashtirish
mumkin emas. Gender falsafasi, yuqoridagi omillardan tashqari psixogenez
natijalari va xulosalariga ham tayanishi kerak.
XX asrgacha ayolga bolajon, pazanda, o‘choq qo‘riqlovchisi, badiiy-estetik
timsol sifatida qarash mavjud edi. Feministik harakatlar ayolni ijtimoiy-siyosiy
hayotning teng huquqli sub’ektlariga aylantirdi. Bu borada Yevropa ayoli namuna
bo‘ldi. Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi qit’alaridagi ayollar ham feministik
harakatlarni qo‘llab-quvvatlay boshladilar. To‘g‘ri, islom qadriyatlari hukmron
davlatlarda hali patriarxal munosabatlar ayollarning teng huquqli yashashiga
xalaqit berayapti.Ammo bugungi ayol XX asrgacha yashagan ayol emas .
Ayollar ijtimoiy munosabatlarni emas, gender munosabatlarni o‘zgartirish
tarafdorlaridir. Ular ijtimoiy munosabatlarning xususiyati bilan qiziqmaydilar;
gender tenglik ular uchun erkak egallagan amallarni egallab, erkak bilgan
narsalarni bilib, oilasini ta’minlab yashashdir. Feministlar hech qachon jamiyat
taraqqiyotini belgilab beruvchi, strategik ahamiyatga ega ijtimoiy-siyosiy
konsepsiyalarni ilgari surmagan. Ular ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirmay
gender tenglikni ta’minlab bo‘lmasligini xayoliga keltirmagan. Gender tenglik ayol
va erkak munosabatlarida teng huquqlilikni ta’minlashgina emas, u butun ijtimoiy
munosabatlarni o‘zgartirishga qodir voqelikdir. Gender tenglikni eski ijtimoiy
munosabatlar ustiga qurib bo‘lmaydi, u insoniyatni yangi ijtimoiy munosabatlar
tizimini yaratishga undaydi.
Birinchi Xalqaro xotin-qizlar jamiyati 1867 yili Londonda tashkil etilgan.
Hayratli tomoni shundaki, uning prezidenti etib erkak –taniqli sotsiolog D.S.Mill
saylangan. Uning ayollar masalasini qanday o‘rgangani va hal etgani ma’lum
26
emas. Agar meni erkak intutsiyasi aldamasa, u ayollar muammosiga aralashganiga
pushaymonlar qilgan bo‘lsa kerak.
Ha, mehnat taqsimoti gender munosabatlarini keltirib chiqargan bosh
omillardan biridir. Vazifalarning differensiallashuvi gender munosabatlarini
yanada chuqurlashtirgan. Biroq gender notenglikning yuzaga kelishi faqat mehnat
taqsimoti natijasi emas.Antik davrda intellektual mehnat bilan aslzodalar,
jismoniy mehnat bilan quyi tabaqa shug‘ullangan.Lekin aslzodalar o‘z ayollariga
nisbatan yuqori, ijobiy fikrda bo‘lavermaganlar. Masalan, antik davr faylasuflari
/Platon Aristotel ) ayollar borasida diskriminatsion fikrlarni bildirganlar. Demak,
gender munosabatlari boshqa omillar –psixologik, madaniy, siyosiy, ijtimoiy –
iqtisodiy munosabatlar ta’sirida ildiz otgan. Shuning uchun ham XX asrdagi
siyosiy –huquqiy vositalar ayollar diskriminatsiyasini bartaraf etolmadi. Ular
yetarli emas.
Gender ta’lim-tarbiya ayol va erkak o‘rtasidagi farqlarni izlashdan emas, balki
ayol va erkakni inson ekanini ochib berishdan boshlanishi darkor. Gender
munosabatlari avvalo inson munosabatlaridir. Gender ta’lim-tarbiya ushbu
munosabatlar negizidagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib ularga muvofiq usul
va vositalarini tanlashi kerak.Gender maqsad va vazifalarning o‘ziga xosligi inkor
etilmaydi. Ammo ular “o‘zi o‘zi uchun” mavjud bo‘lolmaydi. Insonning yaxlitliligi
va butunligiga raxna soluvchi, shubha uyg‘otuvchi nazar, g‘oya, tarbiya insonga
xizmat qilmaydi. Gender ta’lim –tarbiya ayol va erkakdagi insonga xos sifatlarni,
fazilatlarni yanada ko‘paytirishga xizmat qilganidagina o‘zining gumanistik
vazifasini bajaradi.
Oila, ijtimoiy muhit, jamiyat gender dimorfizmini yoqlab, hatto qo‘llab –
quvvatlab keladi. Diskriminatsiyaga qarshi keskin kurash olib borgan, birorta
davr, birorta jamiyat, birorta oila bo‘lgani tarixga ma’lum emas. Nahotki, insoniyat
diskriminatsiyasiz rivojlana olmasa, jinslararo ekspulatatsiya taraqqiyot sharti
bo‘lsa? Hattoki, diskriminatsiyaga qarshi qonunlar qabul qilingan, ko‘pgina jamoat
tashkilotlari kurash olib borayotgan davlatlarda ham diskriminatsiya to‘la bartaraf
etilmagan. Demak, ijtimoiy va kishilararo munosabatlar hali insoniylashmadi.
27
Bozor munosabatlari, raqobat, boylik to‘plashga intilish, egoistik sa’y-harakatlar
munosabatlarning insoniylashishiga olib kelishi qiyin. Ijtimoiy va kishilararo
munosabatlar yangi bir andozalarga, ideallarga qurilishi zarur. Ularni Shri
Aurobindo “mental munosabatlar” deb atagan. Balki umumiy ma’naviy yaqinlikni
shakllantirmay diskriminatsiyani bartaraf etish mushkuldir.
Hokimiyat va gender masalalarini tadqiq etish gender falsafasining eng
qiziqarli yo‘nalishidir. Umuman ayol va hokimiyat, erkak va hokimiyat
muammolarini o‘rganish tor mavzular doirasida amalga oshirilmoqda, ammo
ularning yuqori pog‘onadagi ko‘rinishlari hali e’tiborga tushmadi. Yuqori
hokimiyatga takabburlik, zo‘rovonlik, nafs va fahshga moyil erkaklar da’vogar
bo‘lib kelayotgani g‘oyat hayratlidir. Ulardagi qattiqo‘llik, fitnalar va soxta
fidoyilikni uyushtira olish, o‘zini haqiqatparvar, elparvar ko‘rsata turib, xususiy
niyatlariga yetish makri ayollarda deyarli uchramaydi. Toj–taxt uchun o‘z
yaqinlarini, hatto onasi va otasini o‘ldirish hollari erkaklarga xosdir. Ayol yuqori
pog‘onaga ko‘tarilganida ham ayollik rollarini bajarishni kanda qilmaydi.
Erkakdagi bosqinchilik ayolga yotdir.

28

29
II.bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixik rivojlanishi va gender
Dostları ilə paylaş: |