2.3. Gender munosabatlarining yoshga xos xususiyatlarini aniqlash usullari.
Bolani jinsiy identifikatsiyasida kattalarning tutgan o‘rni. Bolani o‘z mohiyatini
tushunishida uning kattalar bilan aloqasi katta ahamiyatga ega. Bu aloqa unda
buyumlar dunyosiga, barcha tirik mavjudotlarga, odamlarga va o‘ziga bo‘lgan
ma’lum munosabatga qaratiladi. Kattalar bola uchun o‘zi haqidagi ma’lumot
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolaga o‘zini qaysi jinsga mansubligini
aniqlashda ham yordam beradilar.
Ilk yoshning oxirlarida bola o‘z jinsini tushunadi, lekin hali «o‘g‘il» yoki «qiz
bola» so‘zlari qanday ma’noga ega ekanligi- ni bilmaydi. Kattalar ongli yoki
ongsiz ravishda, bolaga hamma qabul qilgan andaza tarzida o‘g‘il yoki qiz bola
nima ekanligini tushuntiradilar. O‘g‘il bolalarga jahlni ko‘proq namoyon qilishga
ruxsat beradilar, faollikni va tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlaydilar, qiz
bolalardan samimiylik, emotsionallik va ta’sirchanlikni kutadilar. Bolada o‘z
jinsining ahamiyati haqidagi tushuncha asosan oilada hosil qilinadi. Har bir ota-
ona o‘z jinsining xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Masalan,
samimiylik, ta’sirchanlik va emotsionallik ayollarga xos fazilat; jasurlik,
qat’iyatlilik, dadillik erkaklar ega bo‘lgan fazilatlardir.
Xalqlar madaniyatida bola tarbiyalashda qo‘llaniladigan mustahkam qoliplar
mavjud. Kichkina bolaga: «Yig‘lama. Qiz bolamas, o‘g‘il bolasan» deyishadi.
Shundan keyin bola ko‘z yosh to‘kmaslikni o‘rganadi. Qizlarga: «Urishma, devor,
daraxtlarga chiqma. Sen qiz bolasan» deb o‘rgatishadi. O‘yinqaroq qiz o‘zini
tiyishiga to‘g‘ri keladi, nima qilsa ham qiz bolada! Jinsga qarab xulq-atvor
qoidalarini belgilash shundan boshlanadi.
Bevosita erkak va ayollar xulq-atvorini kuzatish orqali, va shuningdek, san’at
orqali bola psixologiyasiga ayol va erkakning yurish-turish tarzi singib boradi.
Birinchi navbatda bola ayol va erkaklarning kiyimida va o‘zini tutishida tashqi
farqni aniq
-
laydi. Insonning shaxsiy xususiyatlarini bola ba’zida ma’lum jins
xislati deb qabul qiladi. Masalan, kuzatishlarda besh yoshli o‘g‘il bola tanish
bo‘lgan yosh erkak kishiga taqlid qila boshlaydi, bolaning bunga g‘oyatda
berilganini ko‘rgan erkak kishi hazillashib: «Haqiqiy erkak, mana bunday qilishi
51
kerak» deb chaqqonlik bilan va ko‘z zo‘rg‘a ilg‘aydigan harakat bilan boshini
orqaga tashlaydi. Haqiqiy erkakning bunday fazilatidan hayratlangan bola boshini
uzluksiz orqaga tashlaydigan bo‘ladi.
Bola barcha narsaga taqlid qiladi: atrofdagilarga foyda keltiradigan axloq
qoidalari turlariga, kattalar uchun andaza bo‘lib qolgan ijtimoiy zararli odatlarga
(so‘kishlar, chekish va boshqalar). Bola hali bu «botirlik ramzlaridan» amalda
foydalanmasada, ularni o‘yin mundarijasiga kiritadi.
Dostları ilə paylaş: |