O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/22
tarix19.02.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#114585
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
gulhayo

O‘z jinsini ajratish.  Bolada bu yoshga kelib odam tanasiga va o‘z tanasining 

tuzilishiga  qiziqish  paydo  bo‘ladi.  O‘zini  qaysi  jinsga  mansubligini  anglash 

«shaxs»ning tuzilishiga ulanadi. Kattalardan: «Sen o‘g‘il bolasan!» yoki «Sen qiz 

bolasan!»  degan  so‘zlarni  eshitgach,  bola  bunday  tushunchalar  uning  jinsiy 

xislatlari bilan bog‘liqligini anglay boshlaydi. Bola o‘z tanasiga va jinsiy organiga 

nisbatan  qiziquvchan  bo‘ladi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ulg‘aygani  sari 




 

 

53 



begona  odamlar  oldida  yechinishda  o‘zlarini  noqulay  sezadilar.  Xijolatlik,  uyat 

hissi tarbiyaviy ta’sir natijasidir. 

Ko‘p hollarda hozirgi bolalar qiz va o‘g‘il bola tanasiga xos bo‘lgan belgini 

ancha  erta  o‘zlashtirmoqda.  Bundan  tashqari  ular  kattalarning  tanaga  bo‘lgan 

munosabatini ham o‘zlashtirmoqdalar. Aksariyat kattalar kiyimsiz tanaga qarash- 

ni  taqiqlaydilar,  o‘zlari  esa  bunday  tomoshalarni  bola  oldida  ko‘raveradilar. 

Go‘yoki bola hali hech narsani tushunmaydi deb o‘ylaydilar. Agar ota-ona kiyim 

almashtirishda  boladan  xijolat  tortsa,  bu  xislat  bolaga  ham  o‘tadi.  Agar  ota-ona 

o‘zini  tabiiy  tutsa,  bola  ham  yalang‘och  tanani  ko‘rganda  xijolat  bo‘lmaydi. 

Ammo  bu  holda  hammaning  o‘z  chuqur  o‘ylangan  yondashuvi  bo‘lishi  kerak. 

Jinsiy  tarbiya  erkin  yo‘lga  qo‘yilgan  ba’zi  oilalarda,  shifokorlar,  rassomlar, 

hayvonlar  hayoti  bilan  tanish  bo‘lgan  qishloq  bolalarida  ba’zan  jinsiy  organlarni 

rasmda aks ettir- ganlarini ko‘rish mumkin. O‘g‘il bolalar hayvonlar va erkaklarni 

jinsiy organlarini qizlarga qaraganda ko‘proq chizadilar. Bu holatni o‘g‘il bolalar 

o‘z  tanasining  jismoniy  ko‘rinishiga  o‘xshatadilar.  Ko‘p  maktabgacha  yoshdagi 

bolalar  odamlarning  jismoniy  ko‘rinishidagi  farqini  nafaqat  xayollariga 

keltiradilar, balki bu farqni kiyimsiz naturaga qaraganda ham ko‘rmaydilar. 

Maxsus  tajriba  o‘tkazilganda  har  bir  boladan  kiyimsiz  (o‘g‘il  va  qiz  bola) 

qo‘g‘irchoqning  rasmini  chizish  so‘raldi.  Ularni  tana  tuzilishi  o‘g‘il  va  qiz 

bolalarning jismoniy tuzilishiga mos kelishi kerak edi. Ba’zi bolalar qo‘g‘irchoqqa 

qarab  chizishga  harakat  qilishadi,  lekin  shunda  ham  ular  jinsni  farqlovchi 

xislatlarni shunchaki sezmaydilar. Ularning tasvirlarida o‘g‘il bola qo‘g‘irchoq va 

qiz  bola  qo‘g‘irchoq  bir-biridan  hech  farq  qilmaydi.  Masalan,  «Biz  yaqinda  bir 

qizni  yuzini  yasadik  va  chizdik.  Lekin  menimcha  libosdagi  qizni  chizgandik. 

O‘xshamasachi?  O‘g‘il  va  qiz bolalar o‘xshaydilar.  Ular  jingalak soch bo‘ladilar 

va  ayyorona  jilmayadilar.  O‘g‘il  bola  bilan  qiz  bolaning  farqini  topish  kerakmi? 

O‘g‘il bolalar ko‘z rangi to‘q, qizlarniki och bo‘ladi. Fe’li har xil bo‘ladi: haqiqiy 

erkak yig‘lamaydi. Boshqa farqni men ko‘rmayapman». Ba’zi bolalar oilada jinsiy 

tarbiya  haqi-  dagi  tushunchadan  shunchalar  «himoya  qilinganlarki»,  kiyimsiz 

naturada jins farqiga e’tibor berib, to‘g‘ri chizishni so‘rashganda ham, jins farqini 




 

 

54 



ko‘rmaydilar.  Bolalarni  boshqa  qismi  umrida  birinchi  marta  kiyimsiz  o‘g‘il  bola 

va  qiz  bola  qo‘g‘irchoqni  ko‘rib,  darhol  uning  jismoniy  qiyofasidagi  farqiga 

e’tibor qaratadilar. Bunda bir xil bolalar xotirjamlik bilan o‘g‘il va qiz bolalarning 

tasvirini tushirishga, boshqalari esa, qo‘g‘irchoqni ko‘rinishidan uyalib, ko‘zlarini 

yashiradilar.  E’tirof  etish  kerakki,  bolalar  ulg‘aygani  sari,  ular  orasida  kiyimsiz 

qo‘g‘irchoqlarni  ko‘rganda  uyat  hissi  kuchayadi.  Bolalar  qiqirlashni,  teskari 

qarashni,  qo‘llari  bilan  ko‘zlarini  yopishni  boshlaydilar.  Odatda  bunday  bolalar 

talab qilingan naturani hech ham chizishni xohlamaydilar  




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin