materiali bo‘lib xizmat qiladi, o‘yin sujetining rivojlanishiga yordam beradi va
52
Maxsus tajriba vaqtida bolalarga to‘rt xil to‘plamdagi o‘yinchoqlardan
ikkitasini erkin tanlash sharti taklif qilindi. To‘rt patnisda quyidagi o‘yinchoqlar
turi taklif qilindi: mashina, turli idish-tovoqlar, kubiklar, qo‘g‘irchoqlar. Boladan
barcha o‘yinchoqlarga nom berishni, ko‘proq yoqtirgan o‘yinchoqlar joylashgan
ikki patnisni olishni va bu o‘yinchoqlarni o‘ynash so‘raldi. Ularning barcha
harakatlari yozib borildi. Oqibatda o‘g‘il va qiz bolalarda to‘rt yoshdan boshlab,
o‘yinchoq tanlashda farq yuzaga kelishi aniqlandi. Mashina, kubiklar asosan o‘g‘il
bolalar tomonidan, qo‘g‘irchoq va turli idishlar qizlar tomonidan tanlanishi
ma’lum bo‘ldi.
Maktabgacha davr oxiriga kelib bola jinsga mansublik abadiy ekanligini
tushunadi va shunga qarab o‘z xulqini shakllantiradi. Bu vaqtda bolalarda boshqa
jinsdagilarga nisbatan o‘ziga xos munosabat yuzaga keladi. Bunday munosabatlar
har bir bolada o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, o‘g‘il bola tengdosh qizni
yoki kattaroq yoshdagi chiroyli qizni ko‘rganda, xursand bo‘lishi, munosabatga
intilishi mumkin. Kattalar bolaning his- tuyg‘ulariga hurmat bilan qarashlari
lozim. Bunday instinktlar kichik yoshdayoq ko‘zga tashlanadi. Chiroyli qizlarni
sochidan tortish, o‘ziga yoqqan qizni himoya qilish, avaylash, mehr ko‘rsatish
kabilar tabiiy ravishda shakllanib boradi. Kattalarning «Guruhingda eng chiroyli
qiz kim?» kabi savollari ham bunga turtki bo‘ladi. Lekin bolaning
qiziquvchanligini kuchay- tirib yuborish ham to‘g‘ri emas, aksincha, uning
e’tiborini boshqa narsaga, uning tuyg‘ulari va xayolini yangi kuch bilan o‘ziga jalb
qila oladigan narsaga qaratish lozim.
Yosh bolalarga xos qiziquvchanlik, yoqtirish maylini kattalarning sevgi,
uylanish va bolalik bo‘lish haqidagi tushuncha- laridan ajrata olish lozim.
Dostları ilə paylaş: