Jinsga mansublik va o‘yinda rol tanlash. Maktabgacha yoshda o‘g‘il va qiz
bolalarning o‘zaro munosabatlarida farq paydo bo‘ladi va rivojlana boshlaydi va
o‘z jinsiga mansub bolalarga nisbatan go‘yo samimiy adolatsizlik aniqlanadi:
o‘g‘il bola o‘g‘il bolalarni tanlaydi, qiz bola qizlarni. O‘zligini anglash rivojlanadi
va uning asosiy tarkibiy qismi sifatida o‘zini o‘g‘il bola — erkak yoki qiz bola —
ayol sifatida his qilish paydo bo‘ladi.
«Oila» o‘yinini o‘ynashda ham bolalar o‘z jinslaridan kelib chiqqan holda rol
tanlaydilar. O‘yin paytida bolaning emotsionalligi namoyon bo‘ladi va ayol yoki
erkakka mos keluvchi yurish-turish tarzi o‘rganiladi. Qiz bolalar yuzaga kelgan
vaziyat- ga tezroq ko‘nikadilar, yangi sharoitga xotirjamroq, tezroq va osonroq
kirishadilar. O‘g‘il bolalar ko‘p shovqin ko‘tarishadi. Rolli o‘yinlarda o‘g‘il
bolalar kattalarga taqlid qilib, haydovchi, kosmonavt, harbiy askarlar rolini
tanlaydilar, qizlar bo‘lsa ona, shifokor, tarbiyachi rolini o‘zlariga oladilar.
Tanlangan rollar har xil jinsdagi bolalarning ijtimoiy intilishlarini aks ettiradi.
O‘g‘il bolalar qiziqishlari texnikaga, g‘alabaga, yutuqqa va peshqadamlikka
yo‘naltirilgan musobaqa o‘yinlariga qaratilgan. Kuchli, jasur va tashabbuskorlarni
o‘g‘il bolalar lider deb qabul qiladilar. Oila muhiti o‘yinlari ko‘pincha qiz bolalar
o‘yinida aks etadi. Qiz bolalarning qiziqishlari ko‘proq shaxslararo
munosabatlarga qaratilgan. Qizlar yumshoq fe’lli, quvnoq va ko‘ngilchan
tengdosh qizlarni yoq- tirishadi.
Dostları ilə paylaş: |