xususiyatlarining shakllanishi.
2.1. Maktabgacha yosh davri psixik rivojlanish xususiyatlari.
Inson ontogenezida uning 1 yoshdan 3 yoshgacha o‘sish davri alohida ahamiyat
kasb etadi. Chunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, xarakter xislati,
atrof-muhitga, o‘zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks
ettirishning turli ko‘rinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar
kurashi ostida tarkib topadi.
Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashg‘ul bo‘lish
imkoniyaglari kengayishi, uning kattalarga bevosita tobeligi, ularga bog‘liqligi
nisbatan kamayishiga olib keladi. Binobarin, uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratiladi.
R.Ya.Abramovich-Lextshnning tadqiqotlarida ifodalanishicha, bir yoshli va bir
yoshu ikki oylik bolada turli narsalar bilan harakat qilishning oddiy turi jadal
rivojlanadi. Boshqacha aytganda, unda jismlar bilan muayyan harakatni amalga
oshirishning nisbatan barqaror usullari shakllana boradi. Shunday harakatlar tobora
ortadi va murakkablashadi, ularning mohiyati borgan sari chuqurlashadi.
D.B.Elkonin fikricha, bolalarda keng ko‘lamli va ko‘p miqdordagi
predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyatlarini o‘zlashtirish ehtiyojining
ortishi katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish mayli, tuyg‘usi va istagini
kuchaytiradi. Shunday bo‘lsa-da, bu muammo bola shaxsiy o‘yin faoliyatini tashkil
qilishda hali kattalarning madadiga va yordamiga muhtojligini ko‘rsatadi.
Bir
yoshli
va
undan
sal
oshgan
bolaning
har
xil
harakatli o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ko‘zlagan ishni bajarishidagi
noxush kechinmalar uning ruhiy dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuyg‘u va
hisni vujudga keltiradi.
Shuningdek,
faoliyatida
uchraydigan
ko‘ngilsiz voqealarga shaxsiy
munosabatini bildirish aks ettirishning yangi shakli ta’sirlanish (reaksiyaga
kirishish)ni tarkib toptiradi.
30
Achchiqlanish, jahl qo‘zg‘alishi, qahru g‘azab tuyg‘ularining xususiyatini tadkiq
qilgan T.Ye.Konnikova ma’lumotlariga binoan, bir yoshli bolada ko‘pincha
bezovtalanish, xatti-harakatdagi portlash, qahri qattiqlik yuzaga keladi. Olimaning
fikricha, uning psixikasida paydo bo‘layotgan xulq hosilasi tirishqoqlikning o‘ziga xos
urinishidan iborat bo‘lib, u o‘zi yoqtirgan narsani tezroq qo‘liga olish xohishi bilan
uzviy bog‘liqdir.
Odatda, affektiv holatga berilishni yoki affektiv ta’sirlanishi bola kattalar bilan
muloqotda psixik jihatdan qoniqmasligi hosil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra,
portlash, lov etish xususiyatiga ega bo‘lgan affekt quyidagi sabablar bilan vujudga
keladi:
1) kattalar bolaning xohish-istaklarini tushunmasligi, imo-ishorasi va yuz-chehra
harakatlariga, pantomimikasiga(yuz bilan tana harakatlari qo‘shilishi)
e’tiborsizligi;
2) bolaning ixtiyorsiz xatti-harakatiga batamom qarshilik ko‘rsatishi, shuningdek,
uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi;
3) boladagi o‘zgarishlarga oid bilishardan bexabarligi, bu o‘zgarishlarni oldindan
seza olmasligi va boshqalar.
Jazavaga tushishning xususiyati va darajasi bolaning yashash sharoiti hamda
unta kattalarning munosabatida o‘z ifodasini topadi va mahalliy mezonlar yordami
bilan aniqlanadi. N.A.Menchinskaya o‘z kundaliklarida bir yarim yoshli o‘g‘lining
o‘jarligini shunday ta’riflaydi: «Mumkin emas!» degan ta’qiqlashga javoban Sasha
o‘jarlik qilar, sho‘xligini yana zo‘r berib davom ettirishga urinar edi; uning o‘jarona
xohishini boshqa ob’ektga tortish bilangina bartaraf qilsa bo‘lar edi: ko‘pincha
ta’qiqlashga qarshi yig‘lab injiqlik qilar, hatto, o‘zini polga otar, qo‘l va oyoqlarini
tapillatar, ammo bunday «jazava» uning xulqida juda kam sodir bo‘lib, uni bunday
sho‘xliklaridan tez va oson chalg‘itish mumkin edi.
Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy va ularning shogirdlari olib borgan
ishlardan ko‘rinadiki, bolada paydo bo‘lgan dastlabkn so‘z-ibora go‘daklik davridan
ilk bolalik davriga o‘tishning eng muhim jihati va sharti hisoblanadi. Harakat bilan
31
so‘zning bog‘lanishi bolaning mustaqilligi va mustaqil faoliyatni amalga oshirishi
uchun zarur sharoit yaratadi.
Yirik psixologlar V.Shtern, K.Byuler va boshqalarning tadqiqotlarida bayon
qilinishicha, bola qo‘llaydigan dastlabki so‘zlar ikkita muhim xususiyatga egadir: birinchi
xususiyati ular kattalar nutqdagi so‘zlarda fonetik jihatdan keskin farqlanishidir;
ikkinchi xususiyati esa o‘zining qamrovi bilan ko‘p-ma’noli ekanidir. Boshqacha
aytganda, mazkur so‘zlar, iboralar ma’lum predmetni emas, balki qator narsalarning
nomini, hatto, guruhlarini anglatadi.
Yuqoridagi mulohazalarning dalili sifatida T.Ye.Konnikova tajribasidan
namuna keltiramiz. Olimaning nuqtai nazaricha, kattalar bilan (bolalar muloqotida
ishlatiladigan so‘zlarning farqlari turli manbaga va asosga bog‘liqdir: a) bolalar
nutqida shunday so‘zlar qo‘llanadiki, ular hech qachon katta odamlarda shunday
ma’noni bildirmaydi(adiga- baliq moyi, ika - sharf, gili-giliga - qalam); b) ko‘pincha
bola nutqidagi so‘zlar kattalar so‘zlashuvining ma’lum bo‘lagini emas, balki uning
o‘zagini tashkil qiladi, xolos( «is» - issiq, «di» - keldi); v) bolalar kattalar
qo‘llaydigan so‘zlarni buzib talaffuz qilsalar-da, lekin predmetning timsoliga
asoslanib, ularning umumiy fonetik va ritmik jihatlarini saqlaydilar( «ti-ti» - soat, «pa-
pa» - mashina, «ling-ling» - radio, televizor); g) taqlidiy so‘zlar( «vov-vov» - it, «mu-
mu» - sigir, «ba-ba» - qo‘y kabilar).
D.B.Elkonin tajribasida bir yoshu uch oylik Galya uchun aka degan
tushuncha(sun’iy bo‘lsa-da) ho‘l mevalar, konfet, qand, zoldir singari narsalarni
anglatgan. T.Ye.Konnikova tajribasida esa xuddi shu yoshdagi Nonna «kx-kx»
deganda mushuk, soch, mo‘ynani atagan. Bu misollarni psixologik nuqtai nazardan
tahlil qilsak, ularda umumpsixologik qonuniyatga va xossaga mos keluvchi ikkita
xususiyat haqiqatan mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
Juda ko‘p yirik psixologlar fikriga va kuzatishlarimiz natijalariga ko‘ra,
bolaning nutqi ixtiyorsiz birdaniga vujudta kelish xususiyatiga ega bo‘lib, kattalarning
mazmunli nutqi ta’sirida nochor ahvolga tushib qolib, o‘z faolligini yo‘qotadi. Hatto
zarur shart-sharoit yaratilgan taqqirda ham bola o‘zining nutq boyligidan unumli
foydalana olmaydi.
32
Bolada dastlabki faol nutqning shakllanishi muammosi bilan shug‘ullangan
F.I.Fradkina ilmiy-amaliy ahamiyatga molik ko‘p ma’lumotlar to‘plagan. Uning
tajribasida tabiiy muloqot paytida bola biror so‘zni bir kunda o‘zlashtirgan, biroq
sun’iy sharoitda esa 10-11 kun davomida o‘sha so‘z bildirgan predmetning timsolini
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan. F.I.Fradkinaning ma’lumotiga ko‘ra, bolaning
nutq boyligi 10 oylikda tadan 5 tagacha, 11 oylikda 3 tadan 8 tagacha, 12 oylikda 7
tadan 16 tagacha; ya’ni juda cheklangai bo‘ladi. Bundan tashqari, olima harakat
jarayonida so‘zlarni talaffuz qilish imkoniyati kengligini bayon qilgan.
Shunday qilib, nutqning dastlabki rivojlanish bosqichida so‘z bilan predmet, so‘z
bilan harakat o‘rtasidagi uzviy aloqa faqat muloqotga ehtiyoj tug‘ilgan taqqirda
paydo bo‘ladi va bu ehtiyoj kattalarning bevosita rahbarligi hamda hamkorligidagi
faoliyat orqali vujudga keladi. O‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunish hamda
undan unumli, faolroq foydalanishning eng muhim sharti bolada nutq orqali muloqot
ehtiyojining mavjud bo‘lishidir. Nutq orqali muloqot ehtiyojining paydo bo‘lishi bo-
laning psixik jihatdan o‘sishida muhim turtki vazifasini bajaradi va uni mustaqillik
sari yetaklaydi.
Ko‘pchilik chet el psixologlari bolaning nutqida so‘zlar paydo bo‘lishining
xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o‘rganadilar. Ana shunday tadqiqotchilardan
T.Ye.Konnikovadir. Bola nutqida so‘zlar paydo bo‘lishining ikkita muhim xususiyati
mavjudligini aytadi. Birinchi xususiyat bola, so‘z bilan bog‘liq narsalarni yorqin
emotsional bo‘yoqlarda idrok qilishida o‘z ifodasini topadi. Masalan, birinchidan,
bolalar bitta buyumni bir qancha nomda atashlari hamda kuchli va yorqin alomatlari
bilan ko‘rishlari; ikkinchidan, bola muayyan bir ashyoni har xil sharoitda har xil
atashi. Bola nutqida yangi so‘zlar paydo bo‘lishining ikkinchi xususiyati uning
mazkur vaziyatga faol va dadil kirib borishidan iboratdir.
Bola dastlabki so‘z va atamalarni o‘zlashtirishi uchun kattalar unga qiziqarli
yo‘l-yo‘riq va ish-harakatlarni ko‘rsatishlari lozim. Harakatlar va buyumlarning
yangiligi bolaning faoliyatini muayyan yo‘nalishga burib yuborishi mumkin, buni
vujudga kelgan ichki mexanizmlar taqozo etadi. Maxsus o‘tkazilgan tajribalar asosida
33
so‘zlar ko‘p ma’noliligi bo‘yicha bir nechta guruhga mansub, deya xulosa chiqarish
mumkin:
1)
biror vazifani bajarishiga ko‘ra yaratilgan so‘zlar: «- gugurt, pechka, chiroq,
sham, primus kabilar;
2)
predmetlarning yondoshlik belgisiga qarab nomlash: «an-na» -devorga
osilgan jami narsalar, qo‘shni xonadan eshitilgan ovozlar;
3)
tashqi belgisiga asoslanib nomlash: « - mushuk, soch, mo‘yna, telpak, namat
va boshqalar;
4)
predmetlarning tovush chiqarishiga qarab yaratilgan so‘zlar: «lya-lya» - telefon,
pianino, radio, musiqa asboblari va hokazolar.
Psixologiya fanida to‘plangan ma’lumotlarga tayanib bir ma’noli va ko‘p
ma’noli so‘zlarning hosil bo‘lishi o‘rtasida keskin tafovut yo‘q, deya xulosa chiqarish
mumkin. Chunki bola uchun har qanday so‘zni ham talaffuz qilish juda qiyindir.
D.B.Elkoninning fikricha, so‘zlarning hosil bo‘lishi va bolaning nutqiga
aylanishi, eng avvalo so‘zning ma’nosini tushunib va idrok qilishga bevosita bog‘liqdir.
Buning natijasida, birinchidan, bolaning lug‘at boyligi keskin ko‘payadi, ikkinchidan,
nutqida ikkita so‘zdan iborat gap tuzish imkoniyati vujudga keladi va uchinchidan,
predmetlarning nomiga qaratilgan savollar tug‘iladi. Mazkur jarayon bir yarim
yoshdan oshgandan so‘ng boshlanadi va bolada kattalar bilan muloqotning yangi
bosqichi paydo bo‘lganini bildiradi. Nutq orqali mana shu yoshdagi bolalarga
vaziyat va holatni emas, balki predmetlarni anglatuvchi so‘zlar o‘rgatiladi. Go‘daklik
davridan ilk bolalik davriga o‘tish uning faoliyatida va kattalar bilan muloqotida
jiddiy olg‘a siljish bilan ajralib turadi. Ana shu siljish bolada atrofdagi odamlar va
narsalarga tabaqali munosabatni shakllantiradi. Biroq bu munosabatlar faqat
kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyat orqali amalga oshadi. Kattalar bilan
hamkorlikdagi yoki mustaqil predmetli harakatlarni egallashdagi yutuq yoki
muvaffaqiyatsizlik,
omadeyzlik
hollari
bolada
turli
qayg‘u
va
kechinmalarni(quvonch, tashvish, achinish, qayg‘urish, samimiylik, loqaydlik va
hokazolarni) vujudga keltiradi. Shaxsning faolligi, harakatchanligi, tashabbuskorligi,
34
intiluvchanligi, bilishga ishtiyoqmandligi, dadilligi asosan yuqoridagi omillarga uzviy
bog‘liqdir va bunga befarq qaramaslik kerak.
Erkaklar va ayollar rollaridagi jiddiy bo‘lmagan farqlar ularning biologik
xususiyatlariga taalluqlidir. Masalan, faqat ayollar homilador bo‘lishi va bola
tug‘ishi mumkin, faqat erkaklarda sperma hosil bo‘ladi. Biroq, erkaklar va ayollar
o‘rtasidagi biologik farqlardan tashqari o‘z tabiatiga ko‘ra biologik bo‘lmagan
sabablarga asoslanuvchi ko‘plab farqlar bor. Ya’ni, ijtimoiy rollar, faoliyat
shakllarining
bo‘linishi,
xatti-harakat
va
individlarning
psixologik
xarakteristikalarida farqlar mavjud. Ta’kidlanganidek, erkaklar va ayollar
o‘rtasidagi biologik, tabiiy farqlar bilan erkaklar va ayollarning xatti-harakatini,
ijtimoiy va madaniy xarakteristikalarni aniqroq farqlash uchun gender atamasi
qabul qilingan. Gender tushunchasining kiritilishi eng umumiy ma’noda ikki
tushuncha - biologik va ijtimoiy jins tushunchalarini farqlashga yordam beradi.
Gender (inglizcha gender – “zot”dan) jins tushunchasini fiziologik voqelik
ustqurmasi bo‘lgan ijtimoiy konstruksiya sifatida belgilaydi. Antropologlar
tadqiqotlari gender ijtimoiy tashkil topganligining ishonarli isboti bo‘ldi . Ular
o‘zlari o‘rgangan jamiyatlarda ota va ona rollari, ijtimoiy ierarxiyada erkaklar va
ayollar mavqei qay tarzda belgilanganligini kuzatgan. An’anaviy ravishda
ayollarga xos deb hisoblangan passivlik, mehribonlik, bolalarga muhabbat va
nazokat bir urug‘da erkak mijoziga xos xususiyatlar deb belgilansa, ayni paytda
boshqa urug‘da ular aksariyat ayollar va erkaklar tomonidan qabul qilinmas edi.
Keyin paydo bo‘lgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, an’anaviy erkaklarga
xos va ayollarga xos deb hisoblangan tasavvurlar hatto bir jamiyat rivoji tarixi
davomida ham o‘zgarishi mumkin. Bunday tadqiqotlar biologik jinsga mansublik
harakatlarining an’anaviy jihatlarini soddalashtirilgan tarzda tushuntiruvchi ko‘p
asrlik amaliyotni shubha ostiga oldi. Shaxsning erkaklarga yoki ayollarga xos deb
hisoblangan xususiyatlari bugungi kungacha jamiyat tomonidan u yoki bu jinsga
nisbat beriladigan kiyim, odatlar, bosh kiyim kabilar jinsga kam darajada
taalluqlidir. Shunisi muhimki, biologik va ijtimoiy xususiyatlardan tashqari
genderga madaniy xususiyatlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Eng keng ma’noda
35
madaniyat – insoniyat tomonidan dunyo Gender tushunchasi haqidagi bilimlarni
anglash va tartibga solish davomida vujudga kelgan narsalar. Aynan shular insonni
hayvonot dunyosidan ajratib turadi. Madaniyat o‘z ichiga quyidagilarni qamrab
oladi – “til, urf-odat, turmush tarzi, harakat me’yorlari, tafakkur, bilim, qadriyatlar,
afsonalar
va
san’atda
dunyoning
ramziy
qabul
qilinishi
(ifodalanishi)”O.Voroninaning fikricha, inson mentalitetida erkaklarga xoslik va
ayollarga xoslik quyidagi madaniy ramziy qatorlar elementlari sifatida mavjud
bo‘ladi: erkaklarga xoslik - ratsional – ma’naviy – ilohiy - ... – madaniy; ayollarga
xoslik - hissiyotga oid – badanga xos – gunohli - ... – tabiiy. Jinsning biologik
xususiyatidan farqli o‘laroq ijtimoiy va madaniy ramziy xususiyatlarda “erkaklarga
xos” deb hisoblanadigan yoki unga o‘xshatiladigan barcha tushunchalarda ijobiy,
ahamiyatli va ustun deb belgilanadigan qadriyatli yo‘nalishlar mujassamlashgan
bo‘ladi. “Ayollarga xos” deb hisoblangan xususiyatlar esa salbiy, ikkilamchi va
bo‘ysunuvchan deb qaraladi5 . Kundalik hayotimizda jins bilan bog‘lanmagan
ko‘plab tushunchalar “erkaklarga xos” yoki “ayollarga xos” deb hisoblanadi.
Ya’ni, o‘ziga xos “jinsiy”, gender xususiyatga ega bo‘lib qoladi. “Erkaklarga xos”
yoki “ayollarga xos” tushunchalarni aniq farqlash uchun “feminlik” (ayollik) va
“maskulinlik” (erkaklik) tushunchalari qabul qilingan. Yangi tushunchalarning
kiritilishi erkaklarga xoslik va ayollarga xoslikning biologik ziddiyatini bartaraf
etish, va tegishli ravishda e’tiborni turli madaniyatlar shakllanishining ichki
mexanizmlarini gender nuqtai nazaridan ochishga qaratish imkonini berdi. Ijtimoiy
stratifikatsiya va gender. Gender fanida gender farqlarning tashkil topish jarayoni
odatda ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog‘lanadi. Ijtimoiylashuv- sotsializatsiya
(sotsializatsiya – lotincha socialis – ijtimoiy) bu individ tomonidan jamiyatning
to‘laqonli a’zosi sifatida faoliyat yuritish imkonini beruvchi bilim, me’yor va
qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashuv o‘z ichiga maqsadli
ta’sirning ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonlarini qamrab oladi. Masalan, tarbiya,
yoki uning shakllanishiga ta’sir qiluvchi tabiiy jarayonlar. Ijtimoiylashuv asosiy
institutlari va agentlari sirasiga oila, maktab, tengdoshlar guruhi, atrofdagilar, shu
jumladan, qo‘shnilar, tanish-bilishlar, do‘stlar, ota-onalar va hokazolar va ayni
36
paytda ommaviy axborot vositalari kiradi. Umuman olganda bu tegishli madaniy-
me’yoriy andazalarni o‘zlashtirish, qabul qilish va ifodalash jarayoni sodir
bo‘ladigan muhitdir. Xususan, jinsiy-rolli yoki boshqacha aytganda, gender
ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda qabul qilingan madaniy me’yorlarga muvofiq
ravishda erkak yoki ayol gender o‘zlikning shakllanishi sodir bo‘ladi (identity –
o‘zlikni anglash). Ijtimoiylashuvning turli jihatlari psixologiya, ijtimoiy
psixologiya, sotsiologiya, tarix va etnografiya, pedagogika fanlari tomonidan
o‘rganiladi. Gender o‘zlik - muayyan madaniyatda amal qiluvchi erkaklarga xoslik
va ayollarga xoslik bilan o‘zining bog‘liqligini anglashdir. O‘zini erkak yoki ayol
sifatida identifikatsiyalash – bu ushbu jamiyat tomonidan ularning biologik
jinsidan kelib chiqqan holda belgilangan psixologik sifatlar va harakatlar modelini
qabul qilish demakdir.
|