O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Xulosa………………………………………………………………………………



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə2/8
tarix31.03.2022
ölçüsü1,84 Mb.
#115055
1   2   3   4   5   6   7   8
Suv sathini kuzatish natijalarini maxsus qayta ishlash

Xulosa……………………………………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………….……


Kirish

Ma’lumki, daryolarda suv sathi vaqt davomida, ayniqsa toshqin davrida keskin o ‘zgarib turadi. Uni bilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Ushbu kurs ishida daryolarda kuzatilgan suv sathini maxsus qayta ishlash usullarini bayon etishga, xarakterli suv sathlari va moslashgan suv sathlarini aniqlashga, ular orasidagi bog’lanishlarni grafikda ifodalash usullarini yoritishga hamda ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ko‘rsatib berishga bag‘ishlanadi.

Odatda, O‘zgidromet ko‘rsatmasiga asosan gidrologik stansiyalarga qo‘shimcha vazifa topshiriladi. Bu daryolarda kuzatilgan suv sathini maxsus qayta ishlab chiqish vazifasidir. Bu vazifani bajarishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

1) suv sathining yillik o‘zgarish grafigini chizish;

2) grafikda xarakterli suv sathlarini belgilash;

3) suv sathining takrorlanish va ta’minlanish grafigini chizish ;

4) moslashgan suv sathlarini aniqlash;

5) moslashgan suv sathlari orasidagi bog‘lanish grafigini chizish .

Yuqorida qayd etilgan ishlarni bajarishda suv o‘lchash postlarida amalga oshirilgan kuzatishlar natijalari asosida tuzilgan kundalik suv sathlari yillik jadvalining ko‘p yillik ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda asosiy e’tibor xarakterli suv sathlarini aniqlashga qaratiladi.

Xarakterli suv sathlariga o‘rtacha o‘n kunlik, o‘rtacha oylik, o’rtacha yillik suv sathlari, ularning maksimal va minimal qiymatlari, daryoda muzlash hodisalari kuzatilgan davrdagi yoki muzdan xalos bo‘lgandagi suv sathlari, daryoda kema qatnovini yo‘lga qo‘yish mumkin bo’lgan suv sathlari va hokazolar

kiradi.

I-bob. Chuqurliklarni o‘lchash va chuqurlik o‘lchash ma’lumotlarini qayta ishlash

Mazkur bobning asosiy maqsadi chuqurliklarni o‘lchash va chuqurlik o‘lchash ma’lumotlarini qayta ishlash usullari bilan tanishtirishga qaratilgan bo‘lib, unda quyidagi masalalar yoritiladi: chuqurlik o‘lchash ishlaridan ko‘zda tutilgan maqsad, chuqurlik o‘lchash asbob-uskunalari va jihozlari, eng oddiy asbob-uskunalar (nametka, qo‘l loti, mexanik lot, gidrometrik lebedkalar va yuklar, exolotlar), chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarish usullari, chuqurlikni ko‘ndalang va bo‘ylama qirqimlar bo‘ylab o‘lchash, qiya burchak ostida va aralash usulda o‘lchash, ko‘llar va suv omborlarida chuqurlik o‘lchashning o‘ziga xos xususiyatlari, chuqurlik o‘lchash ma’lumotlarini qayta ishlash, suv o‘lchash daftarchasini qayta ishlash, daryo (ko‘l, kanal) o‘zani ko‘ndalang qirqimlari chizmasini tuzish va uning shakl va o‘lcham (morfometrik) ko‘rsatkichlarini hisoblash, chuqurliklarni shartli (srezkali) suv sathiga keltirish, daryo (kanal, ko‘l, suv ombori) o‘zani planini gorizontallarda (izobatlarda) tuzish, daryo o‘zanining bo‘ylama qirqimi(profili)ni tuzish va boshqalar.

1.1. Chuqurlik o‘lchash ishlarining maqsadi, vazifalari


Daryo va boshqa suv obyektlarining chuqurligini bilmasdan turib, biron bir gidrotexnik inshootni loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Ushbu mavzuda chuqurliklarni o‘lchash, unda bajariladigan ishlar tarkibi, chuqurlik o‘lchash ishlarining maqsadi, vazifalari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati yoritiladi.

Chuqurlikni o‘lchash deganda, ma’lum nuqtada suv yuzasi­dan o‘zan tubigacha bo‘lgan vertikal masofani o‘lchash tushuniladi.

Chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarishdan kutilgan asosiy maqsad daryo, ko‘l, suv omborlari va boshqa suv obyektlarining suv osti relyefi xarakterini aniqlashdir. Shu maqsadda bajariladigan chuqurlik o‘lchash ishlari suv obyektlarida suvning miqdori kam bo‘lgan davrda olib boriladi. Chunki bunda o‘zanning ko‘p qismini oddiy ko‘z bilan ko‘rishimiz mumkin.

Daryolarda chuqurlik o‘lchash ishlari suvning oqish tezligini yoki suv sarfini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda, ya’ni daryolarda chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarish natijasida biz o‘zanning planini izobat yoki gorizontallarda tasvirlab berishimiz, daryoning ko‘ndalang va bo‘ylama profilini tuzishimiz mumkin bo‘ladi.


1.2. Chuqurliklarni o‘lchashda bajariladigan ishlar tarkibi


Chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarish katta mehnat talab qiladi va ancha murakkabdir. Shuning uchun ham o‘zan tubi relyefini aniq ko‘rsatib berish imkoniyati cheklangan.

Daryolarda chuqurlik o‘lchash ishlari quyidagi holatlarda ma’lum maqsadlarni ko‘zlab, amalga oshiriladi:

1) daryolarni gidrografik jihatdan o‘rganish maqsadida;

2) daryolarda kema qatnovini yo‘lga qo‘yish va yog‘och oqizish maqsadida;

3) gidrotexnik inshootlarni loyihalash va qurish vaqtida;

4) ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish vaqtida;

5) daryolarda maxsus gidrometrik ishlarni (tezlikni o‘lchash, suv sarfini aniqlash) bajarish vaqtida.

Chuqurliklarni o‘lchash vaqtida dastlab qo‘yidagi ishlar bajarilishi lozim:

1) suv sathini kuzatib borish;

2) chuqurlik o‘lchanayotgan nuqtaning koordinatasini aniqlash;

3) shu nuqtada chuqurlikni o‘lchash.

Chuqurlik o‘lchanayotgan nuqtaning koordinatasini quyidagi asboblar va usullar yordamida aniqlash mumkin:

1) ruletka yoki lenta yordamida;

2) qirg‘oqdan turib burchak o‘lchaydigan asboblar yordamida;

3) qayiqda turib, yuqoridagi ikki usuldan birini qo‘llash asosida.

Yuqorida qayd etilganidek, chuqurliklarni o‘lchashdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri suv ostini, ya’ni o‘zan tubi relyefini izobatlarda tasvirlashdan iboratdir.


1.3. Chuqurlik o‘lchash qurilmalari, asbob-uskunalari va jihozlari


Hozirgi vaqtda daryolarda hamda nisbatan chuqur bo‘lmagan ko‘l va suv omborlarida chuqurliklarni o‘lchashda gidrometrik usul qo‘llaniladi. Gidrometrik usulda chuqurlikni o‘lchashda namyotka, shtanga, suv o‘lchash reykasi, gidrometrik lotlardan foydalaniladi. Bunda qaysi bir asbobni tanlash daryo, ko‘l yoki suv omborining chuqurligiga, suvning oqish tezligiga bog‘liq.

Namyotka – yog‘ochdan ishlangan, uzunligi 5-7 m, diametri 4-5 sm ga teng bo‘lgan asbobdir. U har biri 10 sm dan bo‘lgan katta bo‘laklarga, 2 sm dan iborat kichik bo‘laklarga bo‘linadi. Namyot­kaning suvga tushiriladigan pastki qismiga temirdan qoplama kiydiriladi. Qoplamaning og‘irligi- 0,5-1 kg atrofida bo‘lishi kerak. Uning vazifasi namyotkani cho‘ktirish va, asosan, uni yemirilishdan saqlashdir. Namyotka bilan chuqurlikni o‘lchashda 2-5 sm xatolikka yo‘l qo‘yiladi .




1-rasm. Chuqurlik o‘lchash usullari va ularda qo‘llaniladigan asboblar

Shtanga bilan ham chuqurlik o‘lchash mumkin. Lekin, aksariyat hollarda, unga tezlik o‘lchaydigan asbob o‘rnatilib, suvning oqish tezligi o‘lchanadi.

2-rasm. Gidrometrik shtanga (6 m).


3-rasm. GR-56M markali gidrometrik shtanga (3 m).

Suv o‘lchash reykasi bilan kichik soylar, buloq suvlari oqadigan o‘zanlar va ariqlarning chuqurligi o‘lchanadi.

Gidrometrik lotlar. Suvga cho‘kadigan har qanday jismni ipga bog‘lab, oddiy lotni yasash mumkin.

Gidrometrik lotlar ikkiga bo‘linadi:

1) qo‘l loti;

2) mexanik lot.

Qo‘l lotidan daryolar va boshqa suv havzalarida suvning oqish tezligi kichik bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Ular 2 qismdan iborat bo‘ladi: 1) og‘irligi 3-5 kg bo‘lgan yukcha; 2) tros yoki kopron shnur. Hozirgi kunda qo‘l loti standart shaklda maxsus zavodlarda ishlab chiqariladi. Ana shundaylardan biri LPR-48 tipidagi og‘irligi 4,5 kg, diametri 5,8 sm, uzunligi 35 sm bo‘lgan qo‘l lotidir. Ular bilan chuqurlik o‘lchashda yo‘l qo‘yiladigan xatolik 10 sm atrofida bo‘ladi. Qo‘l loti yordamida daryolarda 25 m, ko‘llarda 100 m gacha bo‘lgan chuqurliklarni o‘lchash mumkin .



4-rasm. Oddiy chuqurlik o‘lchash asboblari. a) namyotka; b) qalqib turuvchi namyotka; v) lot; g) ma’lum qismlari belgilangan, ipga bog‘langan lot.


5-rasm. Zavodda tayyorlangan LPR-48 tipidagi standart qo‘l loti.

Mexanik lotdan daryolarda suvning oqish tezligi juda katta yoki chuqurliklar 25 m dan ortiq bo‘lganda foydalaniladi. U 3 qismdan iborat: 1) g‘altak; 2) sim yoki ip; 3) tosh yoki yuk.

G‘altak yordamida lot suvga tushiriladi va tortib olinadi. Lot – toshning og‘irligi turlicha bo‘ladi. “Neva” lebyodkasidagi toshning og‘irligi 50 kg gacha, “Luga”da esa 30 kg gacha bo‘ladi.

Mexanik lotlarda chuqurlik o‘lchanganda xatolik ancha katta bo‘ladi. Ular yordamida o‘lchangan haqiqiy chuqurlikni topish uchun kiritiladigan tuzatma manfiy ishora bilan beriladi va quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

   ( )  a,

bu yerda a – suv yuzasi bilan lot tushirilayotgan nuqta orasidagi masofa, l-a  hfik-2 hhaq., l-simning uzunligi, <100 bo‘lsa, tuzatma kiritmaymiz. Agar a>1 bo‘lsa, tuzatma quyidagicha aniqlanadi:

1) a ga tuzatma olamiz;

2) suv osti qismiga tuzatma olamiz: l1-1  l2, l2-2  hhaq.

6-rasm. Burilish mexanizmi bilan ta’minlangan GR-36 tipidagi lebyodka. “Neva” (a) va “Luga” tipidagi lebyodkalar


7-rasm. Lebyodkalarning boshqarish mexanizmlari. Standart tipdagi gidrometrik yuklar

Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan zamonaviy ultratovush usuli bilan chuqurlikni o‘lchash aniq natija beradi. Bu usul yordamida chuqurlikni qisqa vaqt ichida juda tez aniqlash mumkin. Unda qo‘llaniladigan asbob exolot deyiladi va u, asosan, dengiz, okean va qisman ko‘llarda ishlatiladi .

Daryolar sayoz bo‘lgani uchun chuqurliklarni o‘lchashda bu asbob qo‘llanilmaydi. Exolot bilan 1 soatda 20 km gacha bo‘lgan masofadagi chuqurlikni aniqlash mumkin. Biroq suvning loyqaligi, sho‘rligi, harorati chuqurlikni o‘lchash aniqligiga salbiy ta’sir qiladi. Aniqlikni oshirish maqsadida o‘lchangan chuqurlikka tuzatma kiritiladi. Ultratovushning suvda tarqalish tezligi 1 sek da 1462 m ga teng. Bu usulda xatolik 1 % dan oshmaydi.



8-rasm. IREL tipidagi exolotlarning markaziy qurilmasi: 1 – qog‘ozni harakatlantiruvchi valik; 2 – qog‘oz lenta; 3 – yozuv chizig‘i; 4 – exolotni torirovkalash vinti.


1.4.Chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarish usullari


O‘zan tubi relyefini tasvirlash maqsadida va mahalliy sharoitlar hisobga olingan holda daryolarda chuqurlik o‘lchash ishlari qo‘yidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:

1) ko‘ndalang profil – qirqim bo‘yicha;

2) bo‘ylama profil bo‘yicha;

3) qiya burchak ostida;

4) aralash usullarni qo‘llash asosida.

Daryolarda chuqurlik o‘lchash ishlarini ko‘ndalang profil – qirqim bo‘yicha bajarish aniq natija beradi. Buning uchun daryo o‘zanida ko‘ndalang ravishda kesmalar belgilanadi, ularning soni daryoning kengligiga bog‘liq holda aniqlanadi. Masalan, daryoning kengligi 100 m gacha bo‘lsa, kesmalar oralig‘i yoki V masofada olinadi, bu yerda V -daryoning kengligi. Agar daryoning kengligi 100 m dan ortiq bo‘lsa, kesmalar oralig‘i yoki V qiymatda olinadi.

Daryoning kengligi 10 m dan 50 m gacha bo‘lsa, ko‘ndalang kesimda chuqurlik o‘lchanadigan nuqtalar soni 10 tadan 20 tagacha olinadi. Kenglik 100 m dan 300 m gacha bo‘lsa, nuqtalarni 20-30 tagacha olish mumkin. Daryoning kengligi 1000 m gacha bo‘lganda 40-50 ta nuqtalar olinadi.

Daryo keng bo‘lsa, chuqurlik o‘lchash ishlarini bajarishda uning 2 qirg‘og‘iga mahkamlangan arqonda harakatlanadigan qayiqlardan foydalaniladi. Agar o‘lchash olib borayotgan joy juda keng bo‘lsa, chuqurlik o‘lchanayotgan nuqtaning o‘rnini belgilash maqsadida burchak o‘lchaydigan asboblardan foydalanish mumkin.

Chuqurlikni bo‘ylama profilda o‘lchashda daryo uzunligi bo‘­yicha bo‘ylama kesmalar belgilanadi. Kesmalar soni daryoning kengligiga bog‘liq holda tanlanadi.

II.Bob. Daryolarning suv sathi rejimi va suv sathini o’lchaydigan asbob-uskunalar
2.1. Daryolarning suv sathi rejimi va uni kuzatish

Gidrometriyada daryo va boshqa suv obyektlarining suv sathini kuzatishga, aniq o‘lchashga alohida e’tibor beriladi. Bu mavzuda asosiy e’tibor suv sathining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va uning tebranish xususiyatlarini yoritishga qaratilgan.

Daryolar va boshqa suv ob’eklaridagi suv miqdori vaqt mobaynida o‘zgarib turadi. Natijada suv sathi ham tebranib turadi. Mana shu o‘zgarish jarayonini kuzatish, uning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochish, o‘zgarishga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash muhim hisoblanadi.

Suv sathining tebranish xarakteri va qiymatlari bir qancha tabiiy geografik omillarga bog‘liqdir. Vaqt nuqtayi nazaridan suv sathining tebranishini quyidagi muddatlarga bo‘lib o‘rganish ancha qulaylik keltirib chiqaradi:

1) suv sathining ko‘p yillik tebranishi;

2) suv sathining yillik tebranishi;

3) suv sathining fasliy tebranishi;

4) suv sathining kunlik tebranishi.


Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin