69
➢ ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro
bog‘liqligi;
➢ bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu
jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
➢ bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
➢ o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
➢ bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi
uchun qulay muhit
yaratish;
➢ bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
➢ MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
➢ Milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar
madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati
– Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-
quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha
ta’limtashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, to‘g‘ri ixtisosdagi
mutaxassislarni jalb
etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual
rejasini tuzadi.
Farzandni barkamol va ma’naviy yetuk qilib o‘stirish uchun, eng avvalo ota-
onaning o‘zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday muhim va
istiqbolli muammolarni hal qilishda mamlakatimizda ota-onalarga yordam
ko‘rsatish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilgan. Bu borada
maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan ota-onalar hamkorligining ahamiyati katta.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ota-onalar bilan suhbat chog‘ida
dastur talablariga tayanadi, ota-onalarning pedagogik
layoqati va oilaviy tarbiya
xususiyatlarini hisobga olgan holda maktabgacha tarbiya haqidagi kitoblarda
berilgan maslahatlar, tavsiyalardan ijodiy foydalanadi.
Suhbat bu ikki tomon – tarbiyachi bilan ota-onaning muloqotidir. U fikr
almashishga, muhokama qilinayotgan masalalarda o’zaro hamjihatliko’rnatilishiga
yordam berishi kerak. Bunda muhimi, tarbiyachi tomonidan xayrixohlik,
erkinlik
muhitining yaratilishidir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila uyg’unligida bola tarbiyasi samarali
kechadi, agarda, birinchidan, Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya
jarayonining optimal variantlari yaratilgan bo’lsa, ikkinchidan, ota-onalar bolalar
tarbiyasining quyidagi ma’naviy jihatlariga e’tibor berilsa:
➢ oila ma’naviyati;
➢ sog’lom oilaviy muhit;
➢ oilada bolaga ma’naviy – immunologik tarbiya
berish omillari;
70
➢ oilada bola tarbiyasiga oid munosabatlar;
➢ oilada bola tarbiyasiga oid salbiy holatlarga qarshi munosabatlar;
➢ oilada bolani ma’naviy jihatdan tarbiyalashga bag’ishlangan tadbirlar,
marosimlar, urf-odatlar, milliy va oilaviy bayramlardir.
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim
tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi
mumkin:
• ota-onalarning maktabgacha ta'lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga
olish;
• ilk rivojlanish masalalarida
ota-onalarga bilim berish;
• ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
• ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash.
Shuni ta’kidlash joizki, bola tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullangan ota-onalarning
farzandlari ta’lim tashkilotida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida
qiynalmasdan ko‘rsata oladi. Oila va ta’lim tashkilotlarining uzluksizligi bolani
nafaqat jismoniy va
aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uning ma’naviy
shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-
onalar uchun vaqti-vaqti bilan trening, munozara, test, so‘rovnomalar o‘tkazib
turilsa, ayniqsa maktab yoshidagi 6–7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini
aniqlashda ota-onalar ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‘ulot farzandining
nimaga qodir ekanini anglashiga yaqindan yordam beradi
va bolalarni maktabga
tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshadi. Ta’lim tashkilotlarida ota-onalar
va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozara bolalarni maktabning ilk
bosqichiga yengil qadam qo‘yishida hamda sog‘lom bola va sog‘lom muhit
sharoitini mustahkam yaratishga imkon beradi. Treninglar maktabgacha ta’lim
tashkiloti
uslubchisi,
maktabgacha
tayyorlov
guruhi
tarbiyachisi
va
tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf tarbiyachilari
ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: