3-bob. Ta’lim dasturi tuzilmasi 5. O‘quv yili uchun ta’lim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan
iborat ta’lim elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi kengashi
tomonidan tasdiqlanadi. Ta’lim dasturi auditoriya mashg‘ulotlari, ilmiy loyihalar,
mustaqil ta’lim, ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa ta’lim elementlaridan iborat
bo‘lishi mumkin.
6. Ta’lim dasturi tuzilmasi uning har bir ta’lim elementiga mos keladigan
ta’lim olish natijalari (kamida 6 ta ko‘rsatkich)ni ko‘rsatgan holda bir akademik
o‘quv yiliga 60 kredit mos kelishini hisobga olib ishlab chiqiladi. Ta’lim dasturida
kreditlarning miqdori o‘quv yuklamasi asosida ko‘rsatiladi.
7. Talabalarning ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi hamda talab
qilingan malakaga ega bo‘lishi uchun talablar aniq belgilanadi. O‘zlashtirish
qoidalari tanlangan ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitishning turli bosqichlari uchun
belgilangan kreditlar miqdorida yoki kreditlar oralig‘ida ifodalanishi mumkin.
8. Ta’lim dasturining talabalar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishiga
yordam berish uchun oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘linmalari va xodimlari,
shu jumladan, ta’limning kredit tizimini boshqarishga mas’ul boshqarma yoki
bo‘limi, guruh murabbiyi tomonidan maslahat va tushuntirishlar berib boriladi.
Maslahat doirasida talabalarga ta’lim olish natijasida erishgan yutuqlar va tajribani
tan olish imkoniyatlari tushuntiriladi.
9. Oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi katalogi va o‘qitish sharoitlari
to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar hamda dolzarb axborotni oliy ta’lim muassasasi
veb-sahifasiga qulay yuklanadigan formatda o‘quv yili boshlanishidan kamida bir
oy oldin joylashtirishi va e’lon qilib borishi shart.
10. Ta’lim dasturi va uning elementlarini amalga oshirishga mas’ul
o‘qituvchilar ta’lim dasturida ko‘rsatilgan o‘qitish natijalari bilan dars berish va
baholash jarayoni o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashlari lozim. O‘qitish natijalari,
dars berish va baholash jarayoni o‘rtasidagi ushbu konstruktiv bog‘liqlik ta’lim
dasturlariga qo‘yiladigan muhim talab hisoblanadi.
67
Ta’lim elementlarining amalga oshirilishiga mas’ul professor-o‘qituvchilar
ta’lim dasturida ko‘rsatilgan natijalar bilan ta’lim berish hamda baholash jarayonlari
o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashi lozim.