1.3. Oʻzbek tilida kiyim-kechak nomlarida sharqonalik,milliyona ruh.
. Oʻzbekiston hududida mahalliy Kiyim qadimdan iqlim, turmush sharoitlari va urugʻ-qabila anʼanalari asosida shakllangan. Respublika hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, devoriy rasmlar, yozma manbalar, qoʻlyozmakitoblarga ishlangan moʻʼjaz tasvir (miniatyura)larda oʻzbek milliy Kiyimining boy tarixi namoyon boʻladi.Sharq Uygʻonish davrida barcha sohalarda boʻlgani kabi liboslarga tus berishda ham gʻoyat ilgarilab ketilgan. Kishi qomatining goʻzalligini aniq koʻrsatadigan beli qisma liboslar tarqalgan. Biroq Kiyimning kishi qomatiga qarab bichish usuli bu yerda uncha rivojlanmagan. Kiyim shakli estetik ideal, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, xususan, din, axloq bilan chambarchas bogʻliqdir. 19-asr Kiyimlari (toʻn, koʻylak, yaktak, chopon va b.) keng, uzun, yaxlit bichimi, odam qomatini berkitib erkin toʻkilib turishi kabi qad. xususiyatlarni saqlagan. Qishki va yozgi, erkak, ayol va bolalar Kiyimlari bir xilligi, shakli va bichimi yaqinligi bilan ajralib turadi: oq yoki malla boʻzdankoʻylak, qalami yaktak yoki toʻn, olachi chopon, doʻppi oʻzbek erkaklari uchun, ayollar uchun keng koʻylak, uzun lozim, nimcha, kaltacha asosiy milliy Kiyim hisoblangan. Turmushga chiqmagan oʻzbek qizlari bilan ayollari Kiyimlari bichimida ayrim tafovutlar boʻlgan. Mas., qizlar koʻylagi yoqasi koʻndalang ochilib, chetlariga boshqa rangli matodan oʻqa yoki jiyak hoshiya tikilgan; ayollar koʻylagi yoqasi taxminan 25 sm uzunlikda boʻylama ochilgan. Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshib olingach, tik yoqa (noʻgʻoy yoqa)li koʻylaklar paydo boʻldi (Zarafshon vodiysidaqozoqi koʻylak deb yuritilgan). Yosh juvonlar birinchi farzandlarini tuqqunlariga qadar parpara yoqali (yoki jimjima tik yoqali) koʻylak kiygan. 19-asr oxirlarida koʻkrak burma ayollar koʻylaklari paydo boʻldi, bunday bichimli koʻylaklar hozir ham milliy Kiyim sifatida asosiy oʻrin tutadi. Erkaklar toʻgʻri bichimli koʻylak, yaktak, toʻn, chakmon kiygan. Toʻnlar avraastarli yoki paxta solib qavilgan, oldi ochiq, uzun boʻlgan. Astarli toʻnlar baʼzi xrllarda kalta va keng yenglik qilib ham tikilgan. Toʻnlar avrasibeqasam, kimxob, baxmal, shoyi, qora satin, chit va b. matolardan, astari chit yoki satindan tikilgan. Turli viloyatlarda turlicha toʻnlar kiyilgan. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va b. joylarda toʻnlar qimmatbaho matolardan tikilib, yokasi, etagi, yeng uchlariga turli xil rangdagi zariplarda kashta tikib, atroflariga toshlar qadab bezatilgan. Bunday toʻnlarni xon va amirlar boy va amaldorlarga yaxshi xizmatlari eva-ziga inʼom etishgan. Umuman hurmatli kishilar — ustozlar, qudalar, kuyovlar va sh.k.ga toʻn kiygazish udumi hozirgi koʻngacha saqlangan.
Aslzodalarning bayram Kiyimlarida belbogʻ — kamarlari toʻqali, baxmaldan tayyorlangan yoki zardoʻzi kashtalar bilan tikib bezatilgan. Kundalik Kiyimlar ustidan uzun qoʻshoq va chorsi qiyiklar bilan bogʻlangan. Erkaklar ishtoni keng, uzun boʻlib, pochasi tomon torayib borgan. Bosh Kiyimlardan doʻppi, kuloh kiyilgan, ustidan salla oʻralgan, (aslzodalarning bosh Kiyimlari zar va kumush iplar bilan bezatilgan). Qish faslida moʻynali telpaklar kiyishgan.
Oʻzbek xalqi orasida eng koʻp tarqalgan yengil bosh Kiyim doʻppidir. Asosan, baxmal, sidirgʻa shoyi, satin kabi matogʻa ip, ipak, zar bilan kashta tikib tayyorlangan. Oyoq Kiyimlaridan uzun qoʻnjli, poshnasiz, tag charmi yumshoq boʻlgan kavush bilan kiyiladigan mahsi, zodagonlar orasida uch qismi qayrilgan baland poshnali etik kiyish urf boʻlgan.
Ayollar Kiyimlari koʻylak, lozim, kamzul, nimcha va sh. k. toʻgʻri bichimli boʻlgan. Ayollar lozimi keng, uzun, past (pocha)ga tomon torayib boruvchi shaklda boʻlib, ochiq rangli matolardan tikilgan. Lozimning pochasi jiyaklar bilan bezatilgan. Kelinchaklar oʻzgacha jiyak taqishgan. Bosh Kiyim sifatida asosan roʻmol oʻralgan. Yoshi va mavqeiga, oilaviy ahvoliga qarab turli xil roʻmol — doka roʻmol, shol roʻmol, gʻijim roʻmol va b. xil roʻmollar oʻralgan, oʻralish usuli ham turlicha boʻlgan. Qizlar uchun qulay bosh Kiyim doʻppi hisoblangan. Doʻppilardan iroqi chorgul, yoʻrmadoʻzi, munchoq gulli, zardoʻzi, iroqi doʻppilar mashhur. Bosh Kiyimlari ustidan chiroyli naqshlar bilan bezatilgan tillaqosh, boʻyinga ularga mos boʻyintumor, zebigardon, qoʻlga bilaguzuk, uzuk va b. taqinchoqlar taqilgan. Ayollar odmi matodan tikiladigan, ayol qomatiga yopishib, koʻylak etagidan bir oz yuqoriroq turadigan avra-astarli paxtalik chopon ham kiyishgan. Choponning yoqa oʻymasi chuqurroq, bagʻri tugmachasiz boʻlgan. Ayollar shariatga koʻra, begona kishilardan oʻz yuzlarini yashirishgan. Shuning uchun ular chodra, keyinchalik paranji yopinishgan.
Bolalar Kiyimi, asosan, kattalar Kiyimi shaklini takrorlaydi. Chaqaloqning birinchi Kiyimi "chilla koʻylak" boʻlgan. 2—3 yoshidan boshlab koʻylak-ishton, choponcha kiydirilgan. Bola 6—7 yoshga kirgandan soʻng uning Kiyimi kattalar Kiyim i bichimida tikilgan. Ayrim urugʻ, tuman, viloyatlarning Kiyimlari (doʻppi, roʻmol, chopon va b.)da va uning bezaklarida ham farq boʻladi. Viloyatlardagi aholining kundalik Kiyimlarigina emas, bayram Kiyimlari ham farqlangan. Zarafshon vodiysi ayollarining yalang qavat delegay, rumchasi, toshkentliklarning mursagi, Shahrisabzning kaltachasi bayram va tantanalarda kiyiladigan kishilik liboslari hisoblangan.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida qariyb barcha viloyatlarda kamzul, nimcha urf boʻldi, biroq turli viloyatlardagi xotin-qizlar ularni oʻziga xos bezaklar bilan boyitishgan. Hozir takomillashgan Kiyimlarda ham mana shu oʻziga xoslikni farqlash mumkin. 19-asrning 80-yillarigacha Kiyimlar toʻgʻri bichimli shaklni saqlagan. Kiyim shakllari milliy yoʻl-yoʻl, sidirgʻa va gulli matolar bilan moslashgan, oldi, etagi, yeng uchi, yoqasi gulli jiyaklar bilan hoshiyalangan.
80—90-yillarda boy xonadonlarning Kiyimlarida qomatga moslab bichish kabi nafis oʻzgarish kuzatiladi. Shu davrda urf boʻlgan burama (koketkali —koʻkrak burma) koʻylaklar hozirgi kunda ham barcha oʻzbek ayollar koʻylagining asosini tashkil qiladi. Shuningdek, rus va tatarlar Kiyimi taʼsirida bichimning qomatga mos shakli yuzaga keldi, bichim murakkablashdi, biroq keng omma orasidagi Kiyim shakli kam oʻzgarishlarga uchradi, avvalgidek erkin toʻgʻri bichimli shakl saqlanib qoldi. Oʻzbek milliy Kiyimlari bichimi, asosan, 3 turga boʻlingan: Buxoro — Samarqand; Fargʻona — Toshkent; Xorazm turlari. Bu turlar bichimining keng-torligi, yengining uzunqisqaligi va b. bilan birbiridan farq qiladi.
20-asrning 20—30-yillarida Kiyim bichimi oʻzaro bir-biriga yaqin boʻlgan 2 yoʻnalishda oʻzgarib bordi. Oʻzbekiston shahar va qishloqlarida yevropacha bichimda tikilgan Kiyim-bosh rasm boʻla boshladi. Milliy Kiyimga yevropa Kiyim xususiyatlarining kiritilishi milliy koʻylakni shim b-n, ayollar koʻylaklarini nimcha bilan kiyilishiga olib keldi. Kiyimdagi avvalgi uygʻunlik yoʻqoldi. Bu tarixan hayot sharoitininng oʻzgarishi va ommaviy sanoat i.ch.ning hunarmandlikdan ustunligi tufayli kelib chikdi. Shu bilan birga qadimdan iqlim va ijtimoiy hayot sharoitlari belgilagan milliy Kiyim shakllari ham oʻsib bordi. Milliy bichimdagi Kiyimlar qomatning nisbatlariga yaqinlashdi, ayol koʻylaklari torayib va kaltalashib bordi, ilgariroq yuzaga kelgan koʻkrak burma (koketkali) va qaytarma yoqali koʻylaklar hayotga muqim kirib bordi, yengi kaltalashdi. Roʻmol bilan bir qatorda bosh Kiyim sifatida chiroyli doʻppilar keng tarqaldi.
Erkaklarning ish Kiyimida ham oʻzgarishlar boʻldi. Umuman olganda, ommaviy milliy Kiyim tarkibiga kura soddaroq va chiroyli boʻlib bordi.
Shuningdek, xalq orasida muqim saqlangan anʼanaviy milliy Kiyim shakli ustida ham ishlanmokda. 20-asr Boshida yuzaga kelgan yangi shaklli ayollar koʻylagi ayrim qismlaridagina oʻzgardi. Anʼanaviy milliy Kiyimning saqlanib qolishida tabiiy iqlim sharoitiga mosligi, har bir ayol uchun ijro usulining qulayligi, bichimining soddaligi, tikilishining osonligi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek modelyer rassomlari ishlarida andazalashda milliylik va baynalmilal xususiyatlar oʻz uygʻunligini topmoqda.