O`zbek va tatar tillarida kiyim-kechak nomlarining qiyosiy tahli
Qapton (xafton) lug‘atlarda shunday izohlangan: 1. Ustdan kiyiladigan hashamatdi to‘n. 2. Zirih (urush kiyimi) ostidan kiyiladigan paxtali to‘n, kaftan. Bu so‘z “Devonu lug‘atit turk”da qaftan shaklida qayd etilgan bo‘lib, to‘n, ustki kiyim ma’nolarini anglatgan3. Rus tiliga o‘zlashib ketgan bu so‘z kaftan shakliga ega.
Abo arabchadan o‘zlashgan kiyim nomi hisoblanadi. Bu so‘z “Alisher Navoiy asarlari lug‘ati”da shunday izohlangan: Abo - (a.) darvesh va qalandarlar kiyadigan, jun matodan tikilgan, kalta engil chakmon”. “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da bu so‘z “engsiz ust kiyim” deb izohlangan va “Hayratul abror”dan misol keltirilgan:
Turfa aboyi anga istab ko‘ngul, Rangi saqarlot bila dolu gul4. Darhaqiqat, mazkur dostonning o‘n oltinchi maqolatida “xudnamo muxannasvashlarning dunyo ziynati iktisobida hiynlasozliqlari...” fosh etilgan o‘rinda turfa aboyi birikmasidagi abo(yi) aynan ust kiyimni anglatgan. Ikkinchi misradagi saqorlot – kiyimlik mato ham buning libos ekanidan dalolat beradi. Aslida abo – ko‘chmanchi arablar, xususan, badaviylarning milliy kiyimi bo‘lib, tuya junidan tayyorlangan, qo‘llarni chiqarish uchun yirtiqlar hosil qilingan uzun libosdir. Lekin shuni ham qayd etish kerakki, shoir g‘azallarida uchraydigan “besh oliy abo” birikmasi tarkibida bu so‘zning ma’nosi o‘zgachadir. Masalan: Bo‘lmag‘ay erdi muyassar «Xamsa», ya’ni panj ganj Qilmasa erdi madad holimg‘a besh oliy abo5.
Ma’lumki, arab tilida abo – ota, otalar ma’nosiga ega. YUqoridagi baytda hazrat Alisher Navoiy o‘zidan olidin o‘tgan besh oliy zotni tilga olmoqda. YA’ni shoir “Xamsa” – besh xazina o‘ziga besh oliy abo (besh buyuk donishmand) madadi bilan muyassar bo‘lganini aytmoqda. Besh oliy abo adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi: Muhammad rasulolloh, uning qizi bibi Fotima, kuyovi Ali, nabiralari imom Hasan va imom Husayn. Ayrim tadqiqotchilar bular besh buyuk payg‘ambar: Zardusht, Budda, Moniy, Muso va Muhammad bo‘lishi kerak, deb hisoblaydilar.
Quyidagi baytda ham shoirning panohi bo‘lgan oliy abolar haqida gap ketmoqda:
Necha pashminag‘a urdumki, erur - Ey Alisher Navoiy, panahim oliy abo. Demak, shoir asarlari tilida uchraydigan abo leksemasi omonimik qatorni tashkil etadi. Rido - 1. SHayxlar, darveshlar elkasiga yopib yoki tashlab yuradigan choyshab narsa. 2. Darveshlaring ustki kiyimi. Bu so‘z Alisher Navoiy asarlarida juda ko‘p qo‘llaniladi. Bu so‘z Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlarini ifodalash uchun ko‘plab g‘azallarida, jumladan, dostonlarida qo‘llangan. CHunonchi: Dayr piri ilgidin may durdi istarmen, valek Roziy erman ichkali zohid ridosidin suzub. Alisher Navoiy asarlarida darveshlarnnng ustiga yopinadigan libosi taylasonham qayd etilgan:
Fano taylasonini qilg‘ay kafan, Kafan bas anga, balki gardi mihan. SHoir asarlari uchun tuzilgan lug‘atlarda arab tilidan o‘zlashgan rido va taylason ma’nodosh so‘zlar kabi izohlangan. Ammo Alisher Navoiyninig mana bu baytida bu kiyimlarning o‘zaro farqi borligi anglashiladi:
O‘zi malakvash, kiyimi hullason, Xoh rido bil ani, gar taylason6.
Alisher Navoiy asarlarida bosh kiyimiga mansub salla, dastor leksemalariga ma’nodosh bo‘lgan arabcha amoma kabi bosh kiyim nomi ham foydalanilgan: Boshig‘a qo‘ydilar amoma dog‘i, Anda sandal bilan shamoma dog‘i.