Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi



Yüklə 38,55 Kb.
səhifə5/11
tarix13.04.2023
ölçüsü38,55 Kb.
#125216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O`zbek va tatar tillarida kiyim-kechak nomlarining qiyosiy tahli

Amoma - salla, dastor (boshga chirmalgan mato). “Layli va Majnun” dostonida
Qaysni kiyintirishgan mana bu o‘rinda amoma so‘zini uchratamiz:
Ham to‘nig‘a etkurub shamoma, Ham boshig‘a chirmatib amoma.
Yuqorida ko‘rsatilgan kiyim nomlarini bildiruvchi arabcha o‘zlashmalardan tashqari burqa’ (yuzga tutiladigan parda, niqob), hulla (bezakli nozik va nafis kiyim; ipakli nafis mato) kabi niqob va libos nomlari ham keng qo‘llangan. SHuningdek, bosh kiyimlardan toqiya (do‘ppi) nomi toqiyafurush qo‘shma so‘zi tarkibida uchraydi.
Tarixiy kiyim nomlari esa bizga turli adiblar, yozuvchilar, tarixchilar asarlari orqali etib keladi. SHu jihatdan Alisher Navoiy asarlari ham nodir manbalardan biri hisoblanadi. Alisher Alisher Navoiy asarlarida kiyim-kechak nomlari o‘z qatlamga oid leksemalar, shuningdek, o‘zlashgan qatlamga oid birliklar bilan ham ifodalangan. Arab tilidan o‘zlashgan libos nomlari ham Alisher Navoiy asarlarida faol qo‘llangan.
Xullas, arab tilidan o‘zlashgan kiyim-kechakka oid leksemalar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: xil’at, qabo, jubba, xirqa, hulla, abo, rido, taylason, toqiya, amoma, burqa’. Bular orasida boshga kiyiladigan yoki o‘raladiganlari: toqiya, amoma; ust kiyimlar: xil’at, hulla, qabo, xirqa, jubba, rido, taylason; din ahliga mansub yopinchiqlar: rido, taylason; shayx, darvesh va qalandarlar kiyimlari: abo, xirqa; yuzga tutiladigan parda: burqa’ deb ataladi.

1.2. O`zbek bosh kiyimi haqida.
Qadimda yosh bolalarning hali tig‘ tegmagan sochi, ya’ni birinchi marta olingunga qadar bo‘lgan sochi “qalpoq” deb atalgan. Hozir ham o‘sib, hurpayib ketgan sochlarga nisbatan “sochi qalpoqday” iborasi qo‘llanadi. Ba’zi manbalarda “qalpoq” so‘zi dastlab “qaplaq” shaklida bo‘lib, uning tub ildizi “qopla” so‘ziga borib taqaladi, deb izohlangan. Yana ba’zi manbalar bu so‘zni “qalibaq” shaklida bo‘lgan va uning tub ildizi “ko‘tarilib turadigan” degan ma’nodagi “qali” so‘zidan olingan deb ko‘rsatganlar”.
Qalpoq so‘zining kelib chiqishi haqida Shoira Usmonova o‘zining “Oltoy tillarida bosh kiyim nomlari” maqolasida quyidagicha fikrlarni bayon etgan:
“Qalpoq– kigizdan tepa tomoni uchli qilib tikilgan ustki bosh kiyim. Bu so‘zning kelib chiqishi xususida turli mulohazlar mavjud. Jumladan, T.Dadaxonova qalpoq so‘zining etimologiyasi haqida fikr yuritib, bu so‘z qoplamoq fe’lidan kelib chiqqan: qalpoqqalpoq shakliga kelgan. Qoploqning o‘zagi qop – kalla qopi, kallani qoplab turuvchi buyumdir” ’’.
“Ravshan “doston matnida telpak leksemasi ham kuzatiladi.
“Qayerda qalpoq bozori,
Qoziqda telpak bozori,
Qatlama, chalpak bozori,
Tupak ham bargak bozori,
Qalpoq bozori qaysidi(r)”.
Bu yerda ahamiyat berishimiz lozim bo‘lgan so‘zlardan biri – telpak. Telpak tepasi yumaloq, doira shaklli, tekis mo‘yna jiyakli issiq bosh kiyimi. Xorazmda cho‘girma, ba’zi joylarda qadimiy bosh kiyimi sifatida bo‘rk deb ham ataladi. Biz o‘rganayotgan xalq dostonida aynan telpak deb atalib, shu nomdagi bosh kiyimi sotiladigan alohida bozor rastasi borligi va o‘sha davrda ham bunday bosh kiyim borligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Yüklə 38,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin