Agar privatizatsiya chet el kapitalining kirib kelishiga yo'l ochishi zarur bo'lsa, davlat
mulki xorijiylarga berish shaklida amalga oshiriladi. Privatizatsiya usullaridan ayrimlarining ustivorligi
boshqa usullarni ham qo'llashni bildiradi. Masalan, O'zbekistonda
privatizatsiya korxona jamoasiga ustunlik be radi, lekin aktsionerlash ham mavjud, unda chet el kapitali ham is htirok etib, mulkni sotib olishi mumkin. Privatizatsiya sharoitga qarab
pulli, bepul yoki imtiyozli tarzda o'tkaziladi. O'z shakli va
usulidan qat'iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni ta'minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan
nodavlat mulkining hamma shakllari va turlari rivojlanadi. Privatizatsiya davlat mulki monopoliyasini
tugatishga qaratilgan, ya'ni antimonopol xarakterga ega, mulk sohiblarini, binobarin, mustaqil tovar
ishlab chiqaruvchilami ko'paytirib, sog'lom konkurentsiyaga yo'l ochadi.
Xususiylashtirishning pirovard maqsadi mulkiy mas'uliyatni ishga solish orqali iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash, xalq farovonligini oshirishdir. Chunki, xususiylashtirish yangi tadbirkorlar sinfmi vujudga keltiradi.
Ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga, maxsulot sifatini yaxshilashga natijada foyda olishga va uning
darajasini oshirishga manfaatdordirlar.
O'zbekistonda xususiylashtirishning o'ziga xos tomonlari. O'zbekiston Respublikasida
xususiylashtirish jarayoni o'z yo'li bilan amalga oshirilmoqda. Unda regionlarni sotsial- iqtisodiy
xususiyatlari, xususiylashtirishga real tayyorgarlik darajasi va xar xil tomonlami manfaatlari hisobga
olinayapti. Bu sohada Rossiyada
juda qisqa vaqt ichida aholini sotib olish qobiliyatini hisobga olmay, puxta o'ylangan
xarakat dasturiga ega bo'lmay turib o'tkazildi.
Rossiyada
xususiylashtirishga iqtisodiy va moliyaviy