imtiyozli bo'ladi.
Oddiy aktsiyalarga dividend olinadigan foydaga qarab beriladi, lekin aktsiya egasi aktsionerlar
majlisida ovoz berish huquqiga ega bo'ladi.
Imtiyozli aktsiyalarga dividend - olingan foydaga qarab emas balki zayomga to'langani kabi
oldindan belgilangan qat'iy foizlarda beriladi, ammo aktsiya egasi aktsionerlar majlisida ovoz berish
huquqiga ega bo'lmaydi. Bunday aktsiyalar qoidaga ko'ra Aktsionerlik jamiyati ustav fondini 10%idan
ortiq chiqarilishi mumkin emas. Jamiyat (korxona) birinchi navbatda imtiyozli aktsiya egalari bilan
hisob-kitob qilganidan keyin qolgan mablag' oddiy aktsiya egalariga taqsimlanadi. O'zbekistonda 90-
yillarni boshlarida Aktsionerlik jamiyatlarining erkin sotiladigan aktsiyalari chiqarila boshlandi.
Aktsiyalar nazorat paketi - aktsiya egasiga Aktsionerlik jamiyatida amaldagi xukumronligini
ta'minlaydigan aktsiyalar miqdori chiqarilgan aktsiyalarni umumiy summasida bir shaxs, kompaniya
yoki davlatni yirik hissasi. Aktsionerlik jamiyatining yig'ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo'lish
huquqini beradi (bunda jami aktsioner kapitalni 51%ga emas, balki 20-30%, ba'zan undan ham kamroq
hissaga ega bo'lish kifoya). Aktsiyalarning nazorat paketiga egalik qilish amalda aktsioner jamiyatini
xo'jaini bo'lish, uning qolgan a'zolari kapitalni boshqarish imkoniyatini beradi.
Aktsionerlik jamiyati 1600 yillarda
Angliyada, keyin Gollandiya, Frantsiyada tashkil topgan. и
qarib 2 asr davomida tadbirkorlikni tashkil qilish uslubi bo'lib xizmat qilgan. Uning intensiv
rivojlanishi XIX asrni 30 yillarida
temir yo'l qurilishini boshlanishi bilan bog'liqdir.
Rossiyada Aktsionerlik jamiyati 1757 yildan boshlangan (Rossiya Konsta ntinopol
savdo kompaniyasi)da 1917
yilga kelib Aktsionerlik jamiyati soni 2.9mingni tashkil qilgan. Revolyutsiyadan keyin korxonalami
natsionalizatsiyalash oqibatida Aktsionerlik jamiyatlarining faoliyati to'xtatilgan. Faqat NEP davrida
davlat tadbirkorligining faoliyatidagi chegaralashlar olib tashlangan. Natijada Rossiyada yana
Aktsionerlik jamiyatilar tashkil qilina bashlagan. 1922 yilga kelib 20 ta Aktsionerlik jamiyati tashkil
qilingan 1922 yilning fevralida uni soni 161 taga etdi. Aktsionerlik jamiyat i kapitalini asosiy faoliyati
savdo va sanoat maxsulotlari savdosiga yo'naltirilgan edi. 20-yillarning oxiri va 30-yillaming
boshlarida Aktsionerlik jamiyati sekin asta tugatila boshlandi va bu korxonalar davlat korxonalariga
aylantirildi.
105
Shunday qilib SSSRda Aktsionerlik jamiyati rivojlanishi tarixi tugadi. SSSIlni tarqalib ketishi
va iqtisodiyotni isloh qilinishi va bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan