yana Aktsionerlik jamiyati tuzish g'oyasi paydo bo'ldi. Chunki kapitalistik mamlakatlarda Aktsionerlik jamiyatini
avfzalliklarini to'g'ri tushunilishi tufayli u keng qo'llaniladi.
Eng muhim avfzalligi aktsionerlami
shaxsiy kapitalini jalb qilish hisobiga investitsiyalami sezilarli ko'paytirish imkoniyati mavjudligidadir.
Ikkinchi avfzalligining mohiyati aktsioner bo'lgan xodimning foyda olishidadir. Aktsiya egalari ya'ni
korxonani ishchilari uni samarali ishlashiga ham ma'naviy ham moddiy manfaatdordirlar. Bu o'z
navbatida kapitalni ko'payishiga, foydani va natijada dividendni oshishiga olib keladi. Bularning
hammasi ishlab chiqarish intizomini mustahkamlanishiga kadrlarni ko'nimliligiga va umuman
jamiyatni barqarorligiga olib keladi.
O'zbekistonda kichik xususiylashtirish bosqichi tugagandan so'ng kiyingi bosqich ya'ni o'rta va
yirik ishlab chiqarish korxonalarini aktsiyalashtirish asosidagi yangi mulkchilik shakliga o'tish davri
boshlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentini
1995 yil 12 iyundagi Farmoniga binoan davlat
korxonalarini aktsiyalashtirish jarayonini tezlashtirish ko'zda tutildi. Unda isloh qilishdagi barcha
chegaral ashlar olib tashlandi. Respublikada korxonalarni aktsiyalashtirish jarayoni bozor
munosabatlarini rivojlantirishni ob'ektiv ifodasi bo'ldi. Bozor iqtisodiyotini aktsiyalashtirish shaklisiz
tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki u kapitalni demokratizatsiyalash uchun sharoit yaratadi, Fan texnika
taraqqiyoti rivojlanishini ta'minlaydi, natijada ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligi oshadi va
o'zgarib turadigan bozor talablariga mos kelishini ta'minlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmonini rivojlantirish maqsadida respublika
Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qilib davlat korxonalarini ochiq holdagi AJga aylantirishni
tartib qoidalarini tasdiqladi. Unga ko'ra korxona raxbari 3 kun ichida xususiylashtir ish to'g'risida
xujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzish to'g'risida buyruq chiqaradi. Mazkur komissiya